Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

NAZORAT SAVOLLARI: 
1. SHe’riy nutq. 
2. SHe’riy nutq komponentlari. 
3. SHe’r komponentlarining o`zaro bog`liqligi. 
4. Hijo.
5. Ritm. 
6. Pauza. 
7. Bo`g`in va hijo. 
8. Turoq va rukn. 
9. Misollar asosida bo`g`inlarni ajrating. 
10. Qofiya haqida ma’lumot bering. 
11. Qofiya turlari. 
12. Kesishuvchi va juft qofiya. 
13. SHe’riy nutq xususiyatlari. 
14. Hijo, ritm, pauza. 
15. Band, turoq, misra. 
16. Naqorat, alliteratsiya. 
17. Bo`g`in va hijo. 
18. Qofiya turlariga misollar keltiring. 
19. Oq she’r. 
20. Hozirgi o`zbek she’riyatida qofiya.
TAYANCH IBORALAR: 
1. SHe’riy nutq. 2. Bo`g`in. 3. Ritm. 4. Pauza. 5. Turoq. 6. Misra.
7. Band. 8. Qofiya. 
A D A B I YO T L A R: 
1. U.To`ychiev. O`zbek poeziyasida barmoq sistemasi. 
2. A.Hojiahmedov. Maktabda aruz vaznini o`rganish. 
3. A.Hojiahmedov. Mumtoz badiiyat malohati. Toshkent, 1999. 
 
ADABIY TUR VA JANRLAR 
R e J A: 
1. Adabiy turlar haqida ma’lumot. 
2. Epik tur. 
3. Lirik tur. 
4. Dramatik tur. 
5. Liro-epik tur. 
Adabiyot tarixi ayrim tur va janrlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti tarixidir. 
Bu tur va janrlarning paydo bo`lishi va taqdiri tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan 
bog`liqdir. 


Adabiyotda hayotni badiiy ifodalashning uch turi mavjud: - epik; - lirik; - 
dramatik. 
Adabiyotni bu kabi uch turga bo`lish qadim zamonlardan ma’lum bo`lib, 
hozirgacha davom etib kelyapti. Demak, ana shu uch tur hayotni ifodalash 
vazifalariga to`la muvofiq keladi. CHunki ana shu uch Shaklda badiiy adabiyot 
insonning bir daqiqalik tuyg`u va kechinmalaridan tortib, butun bir tarixiy davr 
voqeligini ifodalashgacha bo`lgan ulkan vazifani uddalay oladi. 
Hozirda ham adabiyot hayotni aks ettirish usuliga ko`ra uch turga bo`linadi. 
Har bir tur, o`z navbatida, hayotni ifodalash vazifalariga to`la muvofiq keladi. 
CHunki ana shu uch Shaklda badiiy adabiyot insonning bir daqiqalik tuyg`u va 
kechinmalaridan tortib, butun bir tarixiy davr voqeligini ifodalashgacha bo`lgan 
ulkan vazifani uddalay oladi. 
Hozirda ham adabiyot hayotni aks ettirish usuliga ko`ra uch turga bo`linadi. 
Har bir tur, o`z navbatida, hayotni ifodalash Shakliga qarab, o`z ichida bir necha 
janrga bo`linadi. Masalan, epik tur: 
- epos, roman, roman-epopeya, qissa, hikoya, ocherk. 
Dramatik tur: 
- tragediya, komediya, drama, tragikomediya. 
Lirik tur: 
- umuman, kichik lirik Shakldagi barcha lirik she’r Shakllarini o`z ichiga oladi.
Bundan tashqari, u yoki bu turga kiritish mumkin bo`lmagan Shakllar ham 
mavjud. Liro-epik tur ana shunday o`rtaliq turlardan sanaladi. 
Liro-epik tur: 
- she’riy roman, doston, ballada, masal. 
Har bir janr hayotiy voqelikni aks ettirish xarakteriga ko`ra o`z ichida bir 
necha turga bo`linadi: tarixiy roman, maishiy roman, psixologik roman, falsafiy 
roman, fantastik roman, sarguzasht roman, satirik roman, sotsial roman va hokazo. 
Bu kabi tur va janr xillari ko`pincha sof holda emas, bir-biriga aralashgan holda 
uchraydi. 
Badiiy adabiyotning bu rang-barang tur va janrlarga bo`linishi tasvir ob’ekti 
taqozosi bilan vujudga kelgandir. 
Biroq san’atkorning roman yoki lirika janriga murojaat qilishi sabablarini 
bevosita hayot voqeligiga bog`lab qo`ya berish adabiy jarayonni vulpgarlashtirish 
bo`ladi. San’atkorning u yoki bu janr Shakllarga murojaat qilishi uning mahoratiga 
ham bog`liqdir. Ba’zi san’atkorlar buyuk iste’dodga ega bo`ladilar va adabiyotning 
barcha tur va janrlarini mukammal egallaydilar. SHuning uchun hayot voqeligi 
taqozosi bilan istalgan janrda asar yarata oladilar. Masalan, Pushkin, Oybek barcha 
janr Shakllarida ham muvaffaqiyat bilan ijod qilganlar. Ayrim san’atkorlar u yoki bu 
janr Shaklida alohida qobiliyat ko`rsata oladilar. Masalan, I.Turgenev barcha 
janrlarda ham yozib ko`rgan, biroq roman va novellada katta mahorat ko`rsatib, shu 
janrlar ijodchisi bo`lib qolgan. A.Qahhor va S.Ahmad asosan, hikoyachilikda 
mashhurdirlar. Hamza esa drama va lirikada, K.Yashin dramaturgiyada, A.Qodiriy 
romanchilikda mahorat ko`rsatishgan. 
Muayyan janr turini har bir xalq adabiyoti, har bir san’atkor o`z tajribasi, milliy 
hamda o`ziga xos xususiyatlar bilan boyitadi. 


Badiiy adabiyotning bu kabi tur va janrlarga bo`linishi uzoq tarixiy taraqqiyot 
natijasidir. Eng qadim zamonlarda san’at sinkretik bo`lgan. U o`zida adabiyot va 
san’atning barcha turlariga xos xususiyatlarni mujassamlagan. Unda san’atda lirik, 
epik, dramatik, teatrlashgan, musiqaga xos xususiyatlar bir paytning o`zida namoyon 
bo`lgan. Keyinchalik bu kabi sinkretizm (aralashlilik) san’atidan san’atning ayrim 
sohalari, ayrim sohalardan esa uning tur va janrlari ajralib chiqa boshlagan. Biroq bu 
taraqqiyot barcha xalqlarda ham bir xil va bir tartibda bo`lavermadi. Bunga har bir 
xalqning tarixiy xususiyatlari, Sharoiti va milliy xususiyatlari taqozo qildi. SHu bilan 
birga, davr taqozosi bilan u yoki bu janr alohida rivojlanadi. SHuning uchun ham u 
yoki bu janr namunalarini tahlil qilganda, uni davr bilan bog`liq holda o`rganish 
kerak. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin