muallif r e m a r k a lardagina bera oladi. Biroq remarka hech qachon muallif izohi
bo`la olmaydi.
Dramatik turda qahramonlarning kechinmalari, nasriy voqealar ham
qahramonlarning nutqi orqali beriladi. Bu narsa san’ator imkoniyatlarini ancha
cheklab qo`yadi. Dramatik turning qiyinligi ham shundadir.
Dramatik turning yana bir xususiyati - unda inson eng keskin holatlarda
beriladi. Unda harakatgina emas, fikrlari, kechinmalari ham keskinlik kasb etadi.
Dramatik turda voqealar har tomonlama keng ko`rsatilmaydi, xarakterlarning
asosiy konfliktiga taalluqli tomonlarigina ko`rsatiladi. Taqdirlar ham dramada
siqiqlik bilan beriladi. Dramatik asarlarda konflikt kuchli bo`lishi kerak,
to`qnashuvlar keskin bo`lishi talab etiladi. SHuning uchun ham dramatik asarlarning
ta’sir kuchi zo`r bo`ladi.
Dramatik tur asosan uch janrga bo`linadi: tragediya, komediya, drama.
Tragediya. Dramatik tur janrlari orasida o`zining ulug`vorligi bilan ajralib
turadi. Unda insonning kuchli ehtiroslari, katta qurbonlar talab qiluvchi yuksak
maqsad yo`lidagi kurash va intilishlari tasvirlanadi. SHuning uchun ham yuksak
ma’naviy qudratga ega bo`lgan Shaxslargina tragediya qahramonlari bo`la oladilar.
Bu kabi qahramonlar o`zlari tanlagan yo`lning qanchalik fojialiligini bilsalar ham, o`z
yo`llaridan qaytmaydilar, qat’iyatli Shaxslar bo`ladilar. Ular oliy niyat, ezgulik uchun
kurash yo`lida halok bo`ladilar. SHuning uchun ham ularning o`limi kishini
umidsizlantirmaydi.
Tragediyaning oxiri fojia: bir yoki bir necha qahramonning halokati bilan
tugaydi. Lekin doimo o`lim bo`lishi Shart emas. Qahramon taqdiri biror dahShatli
yakun bilan tugashi ham mumkin. Masalan, Edip ko`zini ko`r qilib, mamlakatdan
bosh olib ketadi, Medeya o`z ikki farzandini o`ldirib, osmonga uchib ketadi.
Dostları ilə paylaş: