Fars o`tkir groteskli fosh etuvchi komediya turidir. O`zbek adabiyotida
tragediyaga nisbatan komediyaning namunasi bo`ladigan asarlar anchagina. Masalan,
«Burungi saylovlar», «Toshbolta oshiq», «Oltin devor» kabilar. «Maysaraning ishi»
komediyaning mumtoz namunasidir. «SHohi so`zana» dagi Hamrobuvi bilan Holnisa
xarakterlarida komik kolliziya yaxshi berilgan, lekin bu asarning asosiy konflikti
darajasiga ko`tarilmagan. Asarning asosida esa dramatik konflikt yotadi.
Komediya
deb atalayotgan ko`pgina asarlarda aslida komizm o`Sha asar tabiatidan kelib
chiqmaydi. Ularda ataylab tomoShabinda kulgi qo`zg`otish uchun qiziqchiliklar, turli
maynabozchiliklar beriladiki, bu hali komediya uchun etarli emas.
Drama (yunoncha - harakat, faoliyat) keng ma’noda, borliqni dialoglar hamda
personajlarning harakati asosida tasvirlovchi sahnaga mo`ljallangan asarlar yoki
adabiy turlardan (epik, lirik, dramatik) birining nomi sifatida, tor ma’noda, dramatik
turning keng tarqalgan janrlaridan (tragediya, komediya, drama) birining nomi
sifatida qo`llaniladi.
Drama asosida o`tkir xarakterlar va kuchli ehtiroslarning shiddatli to`qnashuvi
yotadi. Drama ishtirok etuvchi Shaxslarning «harakati va qarshi harakatlaridan»
yasaladi, «unda
hamma narsa bir maqsadga, bir mo`ljalga qarab yo`nalishi kerak»,-
deydi V.Belinskiy. Ikki kishi o`rtasidagi har qanday bahs, munozara drama
bo`lavermaydi. «Bahslashuvchilar bir-birlaridan ustun chiqishi uchun, bir-birlarining
xarakterlarining qanday bo`lmasin biron tomonini bosib qo`yishga yoki ruhning zaif
tomonlarini chertib qo`yishga urinsalar va bu narsa orqali ularning xarakterlari
ochilsa, nihoyat bahslashuvchi ularni bir-birlariga nisbatan yangi munosabatda
bo`lishga majbur qilsa, - bu narsa drama deb atalishi mumkin» (V.Belinskiy).
Dramada
konfliktning keskinligi, xarakterlar qirralarining o`tkirligi, personajlar
nutqining ifodaliligiga katta e’tibor beriladi. Personaj nutqi aytilgan payt, vaziyat va
holat bilan bog`liq bo`lishi kerak, personajning xarakterini yorqin ifodalashi va
maqsadga aniq borib tegishi zarur. O`tkir ijtimoiy muammolar, murakkab sotsial,
psixologik ziddiyatlar drama materialidir. Dramada inson uchun ezgu va yaqin
bo`lgan qadriyatlarning xavf ostida
qolgan holatlari berilib, bu narsa «yuqori
darajada» dramatizmni keltirib chiqaradi.
Drama tragediya bilan komediya o`rtasidagi hodisa bo`lib, unda har ikki
janrning xususiyatlari mujassamlangan. Drama tragediyadan engilroq, komediyaga
nisbatan jiddiyroqdir. Unda tragediyaga qaraganda kolliziya kuchli bo`ladi, lekin
fojia bo`lishi Shart emas,
unda komediyadagi kabi engil, kulgili lahzalar bo`lishi
mumkin. Lekin dramaning kulgili bo`lishi Shart emas. Dramada insonning jiddiy
hayot sinovlari ko`rsatiladi. Unda kechinmalar keskin qilib qo`yiladi. Komediyada
taqdirlar «baxtsizlikdan baxtga», tragediyada «baxtdan baxtsizlikka qarab»
rivojlansa, dramada esa taqdirlarning echimi oldindan belgilanmaydi, unda ko`pincha
qahramonlarning keyingi taqdiri uzil-kesil hal qilinmay, ochiq qoladi.
Drama tragediya va komediyadan keyinroq Shakllangan bo`lib, XU111 asrga
kelib janr holiga kelgandir. Bu davr dramasida oddiy kishining xususiy hayoti
tasvirlangan bo`lib, uni «meshchanlik dramasi» deb ataganlar. Lessingning «Emiliya
Galotti», SHillerning «Makr va muhabbat» dramalari meshchanlik dramasining eng
yaxshi namunalaridir.
Bundan tashqari, janrning oilaviy-maishiy, tarixiy,
qahramonlik, falsafiy, psixologik xillari ham mavjud. XIX asrga kelib drama janri
g`oyaviy-badiiy yuksaklikka ko`tarildi, unga sotsial fosh etuvchi xususiyatlar kirib
keldi. A.P.CHexovning «Olchazor», A.Ostrovskiyning «Sepsiz qiz», G.Ibsenning
«O`yinchoq xonadon» dramalarida burjua voqeligi ichki ziddiyatlari ko`rsatildi.
Keyingi bosqichlarda yaratilgan dramalar ichida G.Xauptmanning «Hayot shomi»,
B.Brextning «Karrar xonim miltiqlari», A.Korneychukning «Front», M.Karimning
«Oy tutilgan tunda», O.Abdullinning «O`n uchinchi rais», D.Pounellning «Ustasi
farang»,
shuningdek,
N.Pogodin,
A.Afinogenov,
A.Arbuzov,
V.Rozov,
A.Gelpmanning dramalari mashhur. Urushdan keyingi bosqichda keng tarqalgan
konfliktsizlik nazariyasi drama taraqqiyotiga
jiddiy zarar etkazdi, yuzakichilik va
sxematizmning kuchayishiga olib keldi. SHu davrlarda G`arb mamlakatlarida
«absurd dramasi» deb nomlangan «bema’ni drama» paydo bo`ldi. Unda ma’nisiz
xarobazor muhit, nursiz hayot, ilojsizlik g`oyalari ifodalanadi. Biroq uning eng
yaxshi namunalarida oddiy insonning g`aribona hayoti, xor-zor va ayanchli qismati
butun dahShati bilan ro`y-rost tasvirlanadi.
O`zbek dramasi asoschilarining
boshida Behbudiy, A.Qodiriy, Hamza
turadilar. Behbudiyning «Padarkush», A.Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Hamzaning
«Zaharli hayot» asarlari o`zbek adabiyotida yaratilgan ilk drama namunalaridir.
Keyingi bosqichlarda Hamzaning «Paranji sirlari», CHo`lponning «YOrqinoy»,
U.Ismoilovning «Rustam», K.Yashinning «Gulsara», H.Olimjonning «Muqanna»,
Uyg`un va I.Sultonning «Imon», S.Azimovning «Qonli sarob», O`.Umarbekovning
«Qiyomat qarz» kabi asarlari janrning sara namunalari hisoblanadi. Hozirda o`zbek
adabiyotida M.Boboev, SH.Boshbekov, E.Vohidov, A.Ibrohimov drama sohasida
jiddiy izlanishlar qilmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: