NAZORAT SAVOLLARI:
1. Tur va janr tushunchasi.
2. Epik tur xususiyatlari.
3. Roman.
4. Epos.
5. Roman-epopeya.
6. Qissa.
7. Hikoya.
8. Novella.
9. Ocherk.
10. Epik tur imkoniyatlari.
11. Lirika atamasini izohlang.
12. Lirik tur xususiyatlari.
13. Epigramma, oda, alpba.
14. Elegiya, gimn, sonet, kansona.
15. G`azal.
16. Qasida.
17. Ruboiy.
18. Qasida, madhiya, marsiya.
19. Muxammas, musaddas.
20. Mustazod, tuyuq, qit’a.
21. Dramatik tur xususiyatlari.
22. Dramatik tur janrlari.
23. Liro-epik tur xususiyatlari.
24. Liro-epik tur janrlari.
25. Tragediya va komediya.
26. Drama, tragikomediya.
27. SHe’riy roman, poema.
28. Doston.
29. Ballada, masal.
30. Misollar bilan izohlang.
TAYANCH IBORALAR
1. Tur va janr. 2. Epik tur. 3. Lirik tur. 4. Dramatik tur.
5. Liro-epik tur.
ADABIYOTLAR
1. I.Sultonov. Adabiyot nazariyasi T.,1980 y.
2. Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik. T.,Fan, 1978,1979.
3. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1981.
4. N.SHukurov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1980.
5. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1985.
6. Adabiy tur va janrlar. T., Fan.
IJODIY MeTOD
ReJA:
1. Ijodiy metod.
2. Realizm.
3. Romantizm.
4. Modernizm.
Har bir yozuvchining o`ziga hos uslubi bo`lishidan tashqari, bir necha
yozuvchi, turli davr va mamlakat yozuvchilari uchun harakterli bo`lgan umumiy
xususiyatlar ham mavjud bo`ladi. Masalan, Balzak, Dikkens, Gogolp, Turgenev,
L.Tolstoy kabilar o`ziga xos uslublariga ega bo`lishlaridan tashqari, ularni birlashtirib
turuvchi umumiy xususiyatlar ham mavjud bo`lishi mumkin, bu narsa hayotni
bo`yamasdan, ideallashtirmasdan, to`g`ri va ishonarli obrazlarda ko`rsatishlarida,
hayotning eng muhim masalalarini ochishga intilishlarida ko`rinadi.
Ijodiy metod voqealarni ifoda etish tamoyili yoki tamoyillar tizimidir. Ijodiy
metod g`oyaviy estetik kategoriyadir.
Metod dunyoqarashga bog`liqdir. Ijodiy metod bir emas, bir necha yozuvchi
uchun umumiy bo`lgan borliqni ko`ra bilish, uni qayta jonlantirish, hayot materialini
tanlash va umumlashtirish, undagi muhim tomonlarni ajratib ko`rsatish tamoyilidir.
Adabiy oqim va yo`nalish ijod usuli (printsipi) emas. Balki ijodiy metodning san’at-
kor dunyoqarashi blan bog`liq xususiyatlaridir. Adabiy oqim bir ijodiy metod ichida
ana shu metodga mansub yozuvchilar o`rtasidagi g`oyaviy yaqinlikdir. Adabiy oqim
bir qator yozuvchilarda namoyon bo`ladigan g`oyaviy-badiiy yaqinlik, ana shu
xususiyatlarning birligidir.
Klassitsizm realizmning o`ziga xos bir davri, oqimidir. U markazlashgan
davlatning, milliy madaniyatning Shakllanishi davrida paydo bo`ldi. Klassitsizm
adabiyoti ratsionalizm, ya’ni maqsadga muvofiqlik falsafasiga asoslanadi. Bu
ta’limotga ko`ra haqiqat go`zal-likdir. Ularning fikricha, haqiqat maqsadga
muvofiqlikdir.
Sentimentalizm - realizmning bir bosqichi, uning oqimidir. Bu oqim yangi
kelib chiqayotgan burjuaziyaning o`z axloq va estetik tomonlarini tasdiqlashga
urinish natijasida kelib chiqdi.
Klassitsizm burchni feodal jamiyat nuqtai nazaridan tushunsa, sentimentalizm
Shaxs manfaatlari ustun qo`yiladi.
Demak, adabiy oqim ijodiy metod taraqqiyotida yuzaga keladigan uning
Shaxobchalari, ko`rinishlaridir. Adabiy yo`nalish u yoki bu davrga talluqli bo`lgan
bir necha yozuvchi, bir necha oqim va ijodiy metod uchun umumiy g`oyaviy-badiiy
xususiyatlarning ijtimoiy-tarixiy birligidir.
Realizm atamasining lug`aviy ma’nosi «moddiy» demakdir. Romantizmdan
farqli ravishda orzu-umidlarni emas, hayotni tasvirlaydi. Realizm hayotni hayot
qanday Shaklda bo`lsa, o`Shanday ifoda etadi.
Romantizm bo`lmag`ur burjua voqeligidan bezor bo`lib, undan g`oyalar,
umidlar (ideal), yorqin orzular olamiga qochdi. Biroq burjua tuzumining ziddiyatlari
borgan sari to`laroq yuzaga chiqa boshladi, orzu qilingani bilan hayot yaxshilanmadi.
SHu Sharoitda hayotni yaxshilash uchun o`Sha burjua voqeligining nimasi
bo`lmag`ur ekanligini, uning illat va ziddiyatlari zaruriyati tug`ildi. CHunki
ta’kidlanganiday, endi odamlar o`z turmushlariga, o`zaro munosabatlariga sog`lom
ko`z bilan qarashga majbur bo`ldilar. Bu borliqni haqqoniy va ro`y-rost tasvirlash
zaruriyatini keltirib chiqardi. Naijada realizm paydo bo`ldi.
Realiz ijodiy metod sifatida XIX asr boshlarida Shakllandi. Realizm ijodiy
metod sifatida Shakllanganiga qadar, uzoq izlanish va rivojlanish bosqichini bosib
o`tdi:
- ibtidoiy (antik) realizm; - uyg`onish davri realizmi; - klassitsizm;
- sentimentalizm; - naturalizm.
Bular realistik tamoyillar taraqqiyotining turli davrlari va darajasi bo`lib,
ularning birortasida ham realistik metod namoyon bo`lmaydi.
Realizm faqat kapitalizm jamiyatiga kelibgina ijodiy metod sifatida Shakllandi
va qaror topadi. Demak, realizm ma’lum tarixiy Sharoit va muayyan ijtimoiy
bosqichdagina ijodiy metod sifatida Shakllanadigan hodisadir. Realizmning ijodiy
metodga aylanishi uning nazariy asoslanishi bilan ham bog`liqdir. Faqat ma’lum
bosqich va tarixiy Sharoitda realizmning qoidalari ishlab chiqilgandagina realistik
ijod tamoyillari san’atkorlarning ongli idrok etilgan tamoyiliga aylangandagina
realizm ijodiy ijodiy metodga aylanadi.
Realistlar romantiklar singari orzularni emas, hayotning o`zini, borliqni, uning
butun ziddiyatlari va murakkabligi bilan haqqoniy tasvirlaydi. Demak, haqqoniylik
realizmning birinchi va asosiy talabidir. Biroq haqqoniylikning o`zi hali etarli emas.
CHunki realizm hayotda nima uchrasa, hammasini, ko`zga o`ringan narsalarning
barini tasvirlayvermaydi.
Realizm detallarning haqqoniy bo`lishidan tashqari, tipik Sharoitlarda harakat
qiladigan tipik xarakterlarning haqqoniyatini ham taqozo qiladi. Demak, realizm
obrazlar, xarakterlar, voqealarning tafsilotlarinigina bermaydi, aksincha, ularni
saralaydi, umumlashtirib, tipiklashtirib tasvirlaydi.
Detallarning haqqoniyligi deganda, asar qimmati unda tasvirlangan
detallarning miqdori bilan emas, ularning asosiy g`oyaviy niyatini ochishda tutgan
o`rni va xizmati bilan baholanadi. Detallar badiiy asrlarda maqsadga aylanib
qolmasligi lozim. Agarda u asosiy narsaga aylanib qolar ekan, badiiy haqiqatga putur
etkazadi.
Realizmning ikkinchi talabi xarakterlarning tipikligidir. SHu bilan birga,
xarakterlar harakat qildigan Sharoit, muhit ham tipik bo`lishi kerak. Realizmning
qahramonlari muayyan aniq-tarixiy davr bilan bog`liq bo`ladi.
YOzuvchi hayotni o`rganish, voqea va dalillarni (fakt) badiiy o`zlashtirish va
ifodalash jarayonida ulardan eng muhim va xarakterlilarini tanlab oladi. Bu esa hayot
haqiqatini ochishga imkon beradi. Xarakter tipik bo`lmasa, voqealar mantiqiy
bo`ladi. Agar xarakterlar tipik bo`lsa-yu, o`Sha xarakter harakat qilgan Sharoit tipik
bo`lmasa, hayot haqiqati buziladi. SHundan realizmga xos uchinchi xususiyat kelib
chiqadi. Bu tarixiy va psixologik determinizm bo`lib, buning ma’nosi asarda
tasvirlangan xarakter bilan Sharoit, qahramonlarning kayfiyati, holati bilan ana shu
kayfiyat va holatni keltirib chiqargan psixologik sabablar o`rtasidagi o`zaro
aloqadorlik va bog`liqlikdir. Romantizmda qahramonlar xarakteri ijtimoiy
qonuniyatlar bilan bog`lanmaydi, ularning xatti-harakatlari badiiy dalillab
o`tilmaydi.
To`rtinchidan, insonni, uning ichki dunyosini har taraflama, universal
tasvirlash.
Beshinchidan, tahliliylik. Voqea-hodisalarni, inson xarakterini tipik tasvirlash
bilangina cheklanmasdan, ularni tahlil qilish hamdir.
Oltinchidan, tarixiylik (istorizm). Voqelik va xarakterlarga tarixiy nuqtai
nazardan qarash, ularni doimiy harakat va rivojlanishda ko`rish, xalqning milliy
xususiyatlari, taraqqiyot qonuniyatlarini hisobga olish; xalqning turmushi, axloqi va
milliy xarakterini ko`rsatish. Bu xususiyatlar ko`p jihatdan romantizm olib kirgan
yangiliklar bilan bog`liqdir. Biroq romantiklar milliylik va xalqchillikni ham
mavxum tushunadilar. Realizm bu xususiyatlarni tarixiy va milliy taraqiyot
xususiyatlari bilan bog`liq xolda talqin qiladi.
ettinchidan, badiiy asar tilining badiiyligi, xalq tiliga yaqinligi, badiiy
vositalarning tabiiy va yorqinligi. SHuning natijasida realizm adabiyotga jonli adabiy
tilni, qahramonlar nutqida esa mahalliy dialekt, kasb-hunar leksikasiga oid unsurlarni
ham olib kirdi. Badiiy til xarakterlarni individuallashtirishning asosiy vositalaridan
biriga aylandi.
Mana shu xususiyatlar realizm adabiyotga borliqni haqqoniy, har taraflama
keng va chuqur,ob’ektiv aks ettirish imkonini beradi.
Romantizm bilan realizm bir-birini imkor etmaydi, aksincha, realistlar
romantizmning eng yaxshi xususiyatlarini rivojlantirib davom ettiradilar. Faqat
romantizmning sun’iy, g`ayritabiiy tomonlarini inkor etadi.
Hayotni hayot Shaklida tasvirlash realizm adabiyotida Shartlilik mavjud
bo`lishini ham imkor etmaydi. Realist yozuvchi mubolag`a, grotesk, fantastika
usullaridan ham foydalana oladi. Bu holda grotesk va fantastika e’tiborni hayotdan
uzoqlashtirishdan emas, xarakterlar va Sharoitlarni yana ham quyuqroq, tipikroq va
qabariqroq qilishga imkon beradi. YOzuvchining munosabatini ham aniq va keskin
qilib beradi.
Realizm voqeliklni ob’ektiv tasvirlab, uning ijtimoiy sabablarini ochadi. Har
bir halq adabiyotida realizm o`Sha adabiyotning milliy an’analari bilan bog`langan,
o`ziga xos milliy xususiyat kasb etgan bo`ladi. Mana bu narsa realizmda uslublarning
rang-barangligini keltirib chiqaradi.
Tanqidiy realizm esa borliqni haqqoniy tasvirlabgina qolmasdan, uni tanqid
ham qiladi. Tanqidiy realizm kapitalistik munosabatlarni feadal jamiyatga nisbatan
olg`a qo`yilgan qadam ekanligini, taraqqiy parvar ekanligini ko`rsatish bilan birga,
uning ijtimoiy ziddiyatlarini ham ko`rsatadi va tanqid qiladi. Tanqidiy realizm
realistik metodning eng to`la namoyon bo`lgan Shaklidir. U faqat tanqid qilibgina
qolmasdan, insonparvarlik, ijtimoiy adolat g`oyasini olg`a suradi.
Tanqidiy realizmning asosiy mavzuiy - burja jamiyatidagi Shaxsning
nomuvofiqligidir. Tanqidiy realistlar ijodida «kichik kishi» va «ortiqcha kishi»
obrazlari keng ishlandi. Tanqidiy realizm adabiyotining asosiy konflikti zolim bilan
ezilganlar va hukmron sinflarning o`z orasidagi ziddiyat asosiga qurilgan bo`ladi.
Tanqidiy realizmda syujet asosan kundalik, oddiy hayotdagi xarakterlarni ochish
asosiga quriladi. Ana shu oddiy, kundalik hayot manzaralari orqali tanqidiy realistlar
voqelikning ijtimoiy mohiyatini, qahramonlar psixologiyasining ijtimoiy sabablarini
ko`rsatadilar. Ular hayotiy jarayonlarni, jamiyat taraqqiyotining qonuniyalarini
to`laroq ifoda eta oladigan janrlarga katta e’tibor berdilar. SHuning uchun ham
tanqidiy realizm adabiyotida ijtimoiy roman janri keng rivojlandi, chunki bu janr
borliqning murakkab va ko`p qirraligini ifodalash imkoniyatiga ega edi. Tanqidiy
realizm lirikasida ijtimoiy adabiyot bilan bir qatorda kulgulilikni ham ifodalash
masalasini o`rtaga tashladilar, adabiyotga xo`rlanganlar taqdirlanganlar obrazlarini
olib kirdilar. Ular sub’ektiv momentga katta e’tibor berish bilan adabiyotni ehtirozli
lirizm bilan boyitdlar, lirik chekinishlarga yo`l ochdilar. Muhit bilan keliSha
olmaydigan isyonkor Shaxslarni qahramon qilib oldilar. SHu bilan ular oliy insoniy
g`oyalar uchun kurashga katta hissa qo`shdilar romantiklar kashf etgan bu yangiliklar
realizm adabiyotiga ham qo`l keldi, realizmni boyitishga ham xizmat qildi.
Biroq romantizm inson va jamiyat hayotining har taraflama xaqqoniy, konkret
tarixiy tasvirlay olmadi, Shaxs bilan jamiyat, muhit o`rtasidagi sababiy
bog`lanishlarni ko`rsata olmadi. Romantiklar jamiyatda Shaxs roliga ortiqcha baho
berib yubordilar, uni muhitga qarshi qo`ydilar. Bu vazifani faqat realizmgina hal eta
oldi, xolis.
Hozirgi o`zbek adabiyoti tarkibida romantik ko`tarinkilik, romantik his etish va
tasvirlashga moyil bo`lgan qatlam mavjud. O`zbek adabiyotida ana shunday romantik
xususiyatlarda ega bo`lgan yozuvchilarga A.Qodiriy, H.Olimjon, A.Muxtor kabilarni
kiritishimiz mumkin. Ularning ijodi o`zbek adabiyoti tarkibidagi romantik oqim
haqida gapirishga imkon beradi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiyotda simvolizm paydo bo`ldi.
Simvolizm ham san’atkorning bo`lmag`ur voqelikdan yuz o`girib, ideal muhitga,
mavhumlik olamiga, diniy tuyg`ular dunyosiga qochishga intilishda ko`rinadi.
Simvolistlar real borliqdan qanoatlanmay, undan yuz o`giri, o`lim, u dunyodan najot
qidirdilar. Ana shu xususiyat-lari bilan simvolizm reaktsion romantizmning ko`rinishi
bo`lib qoldi.
Romantizm «kitobiy» degan ma’noni beradi. Romantizm atamasidan «kitobiy»
degan ma’no anglashilar ekan, bunda o`rta asr ritsarp romanlari ko`zda tutildi.
CHunki ritsarp romanlarida ishonib bo`lmaydigan g`aroyib voqea va holatlar
tasvirlangan. Xuddi realizm singari, romantizm adabiyotining ham ob’ekti hayotdir.
Realizm hayotni hayot Shaklida tasvirlasa, uning haqqoniy, ishonsa bo`ladigan
manzaralarini yaratsa, romantizm hayotning o`zini emas, uning qanday bo`lishi
kerakligini ko`rsatadi, hayot haqidagi sub’ektiv tuyg`ularni tasvirlaydi.
SHunday qilib, romantizm hayotni haqqoniy tasvirlashni o`z oldiga maqsad
qilib qo`ymaydi, balki hayot haqidagi sub’ektiv orzularni beradi. Biroq ana shu
sub’ektiv tuyg`ular romantik san’atkorning o`ziga xos «men»i bilan cheklanib
qolmaydi. San’atkorning sub’ektiv fikrida jamiyatdagi minglab kishilarning orzu-
umidlari o`z tajassumini topadi. Lekin bu sub’ektivlik ko`pincha hayotni
ideallashtirishga olib keladi. Biroq bunday romantizm adabiyotda butunlay hayot
tasvirlanmas ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Unda hayotning real holati va
manzaralarini ko`ramiz. Lekin bu real menzaralar ham sub’ektiv tuyg`uga
bo`ysundiriladi.
Romantizm juda murakkab hodisa bo`lib, har bir san’atkor ijodida o`ziga xos
namoyon bo`ladi. SHuning uchun romantizmni umumiy qoida bilan ta’riflash ancha
qiyin. Lekin uning asosiy belgilarini aniqlash mumkin. Romantizmning asosiy
belgilari quyidagilardir:
1.
Sub’ektivlik.
2.
Barcha g`ayritabiiy, favqulotda, yorqin narsalarga intilish va ularni ma’nosiz
borliqqa qarshi qo`yish.
3. Xarakterlar va ular harakat qiladigan muhitning favqulotdaligi, g`ayritabiiy
holatlar va vaziyatlarga intilish. Buning natijasida borliqning real belgilari ko`zga
tashlanmaydi, qahramonlarning xatti-harakatlari psixologik dalillanmaydi.
4. Asar tilining emotsionalligi va bo`yoqdorligi.
Dostları ilə paylaş: |