Adabiyotshunoslik asoslar


Obraz, voqea va xarakterlarning Shartli bo`lishi, mavhum tushunchalarni



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
adabiyotshunoslik asoslar

5. Obraz, voqea va xarakterlarning Shartli bo`lishi, mavhum tushunchalarni 
ifodalovchi tiplar yaratish. Romantizm qahramonlari o`zida jamiyatdagi real 
ijtimoiy-sinfiy xususiyatlarni ifodalovchi tiplar bo`lmasdan, ko`pincha yaxshilik va 
yomonlik kabi ham mavhum tushunchalarni ifodalovchi tiplar bo`ladi. 
Jamiyatdagi kurashish ham romantizm asarlarida yaxshilik bilan yomonlik 
kurashi sifatida talqin qilinadi. 
6. Zamondan kuchli, isyonkor, qoniqmagan Shaxslar obrazini yaratish. Bu kabi 
irodali, kuchli Shaxslar zamon bilan murosa qila olmaydilar, yangi, yaxshi hayotni 
orzu qiladilar va shunga intiladilar. Romantik yozuvchilar zamon voqeligiga 
isyonkorona munosabatda bo`ladilar. Ko`pincha ular qahramonlarni kutilmagan 
holatlar, ekzotik muhitga olib borib qo`yadilar.
7. Borliqdan norozilik, idealdan najot izlash. Romantiklar o`zlari inkor etayotgan 
borliqqa ideal orzuni qarshi qo`yadilar. 
8. Tarixiylikning nisbiyligi. 9. Fantastik moyillik.
Biroq romantiklar Shartli, favqulotda holatlar, mubolag`a-lashtirilgan isyonkor 
yakka qahramonlar orqali ham davrining ilg`or g`oya va intilishlarini ifodalay 
oladilar, zamondan uzilib qolmaydilar. 


10. Halq hayotining milliy xususiyatlarini berishga intilish. SHuning uchun 
romantizm asarlarida milliy kolorit, milliy muhit yorqin chiziladi, xalq milliy 
xarakteri, psixologiyasini ochishga harakat qilinadi. Xalq ruhining mukammal 
ifodasini romantiklar folpklordan topadilar. SHuning uchun ham ular folpklor 
asarlariga ko`p murojaat qiladilar. Buning yaxshi tomoni shundaki, ular birinchi 
bo`lib badiiy adabiyotda san’atkorning xalq ijodidan foydalanish masalasini o`rtaga 
tashlaydilar, buning yomon tomoni shundaki, folp-klordan xalq ruhi ifodasini qidirish 
natijasida romantiklar ibtidoiy (patriarxal) munosabatni ideallashtirdilar. 
Romantizm namunasi bo`lgan har bir asarda yuqorida keltirilgan belgi va
xususiyatlarning barchasi mujassam bo`lishini talab etish yoki har bir asardan 
yuqoridagi barcha belgilarni qidirish to`g`ri bo`lmaydi. Hech bir asarda yuqoridagi 
belgilarning hammasi birlikda va to`laligicha uchramaydi. CHunki romantizm ham 
uslublarning o`ziga xosligi bilan bog`liq bo`lib, har bir san’atkorda o`ziga xos 
ko`rinishlarda namoyon bo`ladi va har bir asarda yuqoridagi belgilardan u yoki 
bunisigina uchraydi. Lekin romantizm namunalarining ko`pchiligi uchun umumiy 
bo`lgan narsa-maqsadning voqelikka munosabatining ob’ektivligidir. 
Romantizmning tarixiy ahamiyati shundaki, u klassitsizmning san’at va 
san’atkor imkoniyatlarini cheklovchi, qotib qolgan qoidalariga qarshi kurash 
jarayonida kelib chiqdi va uni inkor etib, yangicha estetik tamoyillarning qaror 
topishida katta o`ringa ega bo`ldi. 
Romantizm adabiyotda turli ijtimoiy tabaqalarning mavjud tartiblardan 
noroziligi ifodasi sifatida maydonga chiqdi. Romantizmning mumtoz namunalarini 
bergan Frantsiyani olar ekanmiz, u erda romantizm XU111 asr Frantsuz burjua 
inqilobiga javob sifatida paydo bo`ldi. Burjua inqilobi butun omma manfaatlarini 
o`zida ifodalagan edi. Bu inqilob olg`a surgan ozodlik, tinchlik, birodarlik g`oyalari 
butun taraqqiyparvar insoniyatni ruhlantirdi, kurashga chorladi. Lekin inqilob g`alaba 
qilganidan keyin bu ozodlik va birodarlik faqat hokimiyat tepasiga kelgan yirik 
burjuaziya uchungina ekani ma’lum bo`lib qoldi. Bu holat mavjud tartiblardan 
qanoat-lanmaslik, norozilik kayfiyatini tug`dirdi. 
SHunday qilib, romantizm aldangan umidlar, uShalmagan orzular sifatida 
dunyoga keldi.
Tarqqiyparvar romanitklar metod va yo`nalish sifatida to`la Shakllanmagan 
bo`lsa ham uning muhim belgilarini Navoiydayoq uchratamiz. Navoiy ijodida 
romantizm realistik unsurlar bilan uyg`unlashib ketadi. Masalan, Mehinbonu, SHirin, 
Iskandar, Farhod obrazlarida davrning, kishilarning ezgu orzu-umidlari ifodalanadi. 
SHu kabi real ijtimoiy xususiyatlarning emas, orzularning ifodasi bo`lgan obrazlar 
romantik obrazlar bo`ladi. Bundan tashqari, Navoiy o`z qahramonlari obrazlarida real 
ijtimoiy xususiyatlarni ifodalasada, ularning taqdirini romantik hal etadi, ularga 
sub’ektiv munosabatda bo`ladi, ularning taqdirini o`z tushunchalariga muvofiq hal 
etadi. Masalan, Mudbir yolg`onchi, ochko`z, ayyor, munofiq Shaxs bo`lib, bu 
obrazda paydo bo`lib kelayotgan real burjuacha xususiyatlar o`z ifodasini topadi. 
Lekin u qorni yorilib o`ladi. Bu esa orzu edi. 
Navoiy ba’zan o`z asarlarida real ijtimoiy guruhlar o`rtasidagi ziddiyatni 
tasvirlasa ham, ularni yaxshilik bilan yomonlikning tashuvchilari sifatida ko`rsatadi. 
Masalan, Jobir dengizda qaroqchilik qilar ekan, podsho va Shahzodalarga azob 


bergani holda, oddiy kishilarni qo`yib yuboradi. Demak, u o`zi chekkan azoblar 
uchun zolimdan qasos oladi, kuraShadi. Navoiy realist sifatida jamiyatdagi sinfiy 
kurashning ayrim belgilarini ifodalaydi. Biroq Navoiy romantik sifatida sinfiy 
kurashni yaxshilik bilan yomonlik kurashi sifatida talqin qiladi. Jobir - jabr qiluvchi, 
barcha yomonliklarning manbai sifatida ko`rsatiladi. Mana bunday ideal, hayoliy 
tiplar romantizm uchun xosdir. Farhod bilan SHirin, Muqbil bilan Mudbir kabilar 
ham ana shunday yaxshilik bilan yomonlikning umumlashmasi bo`lgan romantik 
obrazlardir. 
Romantik xususiyatlarni A.Qodiriyning asarlarida ham ko`ramiz. A.Qodiriy 
garchi realist bo`lsa ham, uning asarlarida ijtimoiy ziddiyatlar ko`proq yaxshilik bilan 
yomonlik kurashi tarzida talqin qilinadi. Bundan tashqari, Qodiriy asarlari uchun xos 
bo`lgan emotsionallik, bo`yoqdorlik, milliy xususiyatlarga e’tiborning kuchliligi, 
qahramonlarni ko`tarinki tasvirlash kabilar romantizm xususiyatlaridir. Masalan, 
G`ulom Zafariyning poemalari xuddi mana shunday romantizmning tipik namunalari 
hisoblanadi. 
Romantiklar adabiyot tarixida birinchi bo`lib, klassitsizmning cheklangan 
qonunlariga qarshi chiqadilar; adabiyotda ijod erkinligini yoqladilar. Ular o`z 
asarlarida milliy xususiyatlarni berishga harakat qildilar, folpklorda haqiqiy xalq 
ruhining ifodasini ko`rdilar va shu bilan yozma adabiyotda folpklor an’analaridan 
foydalanishni boshlab berdilar. Romantiklar adabiyotning tasvir ob’ektini 
kengaytirdilar, adabiyotda go`zallik bilan bir qatorda badbinlik, qahramonlik 
muhitida yaShayotgan Shaxsning ichki dunyosiga katta e’tibor berdilar.
SHuningdek, keyingi davrda milliy adabiyotimizda turli usul va uslublarda ijod 
qilish, asarlar yaratish tamoyili yuzaga kelmoqda. Bu esa albatta mustaqillik bilan 
bog`liqdir. CHunki sobiq tuzum davrida yagona metod asosidagina ijod qilish 
mumkin edi, bunga bo`ysunmaganlar esa turli ig`voyu bo`htonlar bilan qatag`on 
qilindi yoki adabiyot maydonidan chetlashtirildi. Hozirda esa har xil siyosiy qolip va 
mezonlardan 
xalos 
bo`lgan 
milliy 
adabiyotda 
jahon 
adabiyoti 
va 
adabiyotshunosligida ancha oldin tan olingan uslublarda asarlar yaratilmoqda. Bu 
albatta ijobiy hol. CHunki so`z san’ati bo`lgan badiiy adabiyotda siyosat emas, san’at 
xususiyatlari etakchilik qilishi Shart. Yillar davomida bizga yot deb qaralgan ushbu 
metodlarda aslida inson, uning ruhiy tasviri va kechinmalariga asosiy e’tibor 
qaratilgan. SHu ma’noda adabiyotimizdagi bunday har xillikni, turli-tumanlikni faqat 
qo`llab-quvvatlash kerak, xolos. 
Modernizm adabiyotidan yangicha epik rivoya qilish usul va Shakllarining 
o`zbek adabiyotiga kirib kelish yo`llari va ba’zi xususiyatlari, bu sohadagi 
izlanishlarning samaralari tanqidchilik-ning diqqat markaziga chiqmoqda. Buning 
birinchi sababi, endilikda epik nasrimizda, xususan, romanchilikda yaqin o`tmishda 
zararli deb qoralangan modernizm adabiyotining kashf etgan badiiy tasvir va ifoda 
vositalarini oshkora qabul qilib, tajriba o`tkazayotgan adiblarning tobora ko`payib 
borayotganligi bo`lsa, ikkinchi sabab, istiqlol Sharofati bilan sho`ro mafkurasining 
zo`rlik va cheklashlaridan qutulganimiz natijasida adabiyotimizga modernizm 
ta’sirida to`g`risida gapirishning imkoni tug`ilganidir.
Modernizm adabiyotida asosan muallif hikoyasi qahramonning xotirasi, 
tasavvurlari, tush, bosinqirash orqali ifodalanadi, jumlalar sintaktik qoidalarga 


bo`ysunmaydigan konstruktsiyalarda uzundan-uzoq, gapdagi so`z tartibi almashib 
ketadi, faqat vergulning o`zigina ko`pincha jumladagi ma’noni bir qadar tartibga 
solib, yaxlitlashtiradi. Predmet va manzaralar bus-butun holicha ko`rinmaydi, 
voqealar silsilasi, holatlar suvrati munchoqdek tizilib, ko`z oldimizdan o`taveradi, joy 
va vaziyatlarning o`rni almashinib ketadi, vaqt o`lchamlari nisbiylaShadi, hayot bilan 
xayolning, uy bilan tashqari-ning, uyqu bilan bedorlikning chegarasi yo`qoladi. Ichki 
hissiy (sensor) nutq, deb ta’kidlaydi amerikalik tadqiqotchi Melvin Fridman, qariyb 
har doim uzuq-yuluq bo`ladi, unda sintaktik birlik buzilibgina qolmasdan, jumla va 
iboralar, ayrim so`zlar ham to`la aytilmaydi. SHunday qilib, tuyg`u-kechinmalargina 
emas, balki ong qa’ridagi sezgilar yohud inson psixikasining so`z bilan ifodalab 
bo`lmaydigan tomonlarini berish imkoni yaratiladi. Ong qa’ridagi tuyg`ular 
deganimiz insonning butun vujudini qamrab olgan, bir - biriga o`tib turuvchi ongli 
holatni ham, ongsiz holatni ham o`z ichiga oladi. Unda fikr oqimi, qandaydir botiniy 
kuch ta’sirida paydo bo`luvchi g`ira- shira ko`ngilga kelgan narsalar qiynalmasdan 
o`z-o`zidan uzluksiz quyulib kelaveradi. Epik rivoyaning bunday usuli bizga T.Mann, 
Passos, Folkner, Prust, Joys, Kafka, Kamyu, Markesning tasvir usulini eslatadi.
Modernizm adabiyoti poetikasini ijodiy o`zlashtirish tajribasi M.Mansurovning 
«Mangu jang», H.Islom Shayxning «Tutash olamlar», O.Muxtorning «Ming bir 
qiyofa», «Ko`zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu» romanlari, 
A.Saidning «Besh kunlik dunyo» romani, G`.Xotamning hikoya va qissalari, 
O`.Umarbekovning «SHoshma, Quyosh», SH.Boshbekovning «Temir xotin» 
dramalari ana shunday izlanishlar natijasidir. SHuni ta’kidlash zarurki, jaxonda ro`y 
bergan keyingi iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar tufayli hamda istiqlol Sharofati bilan 
mavzular, ijodiy metodlar sohasidagi cheklashlar barham topdi. Bu adabiyotimizning 
erkin rivojlanishiga yo`l ochdi, turli uslub hamda metodlarda izlanishlar olib borish 
uchun imkon yaratdi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin