qolmaydi. Uning vazifasi to`la ravishda xarakterlarning to`qnashuvlariga yuklanadi.
SHekspir tragediyani sotsial va psxologik jihatdan chuqurlashtiradi, unga kulgililik,
tubanlik unsurlarini ham olib kirdi. SHiller esa tragediyani siyosiy tendentsiyalar
bilan boyitadi, uni inqilobiy isyonkorlik g`oyalari targ`ibotchisiga aylantiradi.
Pushkin esa «Boris Godunov»da cheklanmagan saltanat uchun kurashgan, o`zi
tanlagan yo`lning xatarli ekanligini his qilib, o`zining ojizliklarini ham anglab etgan
hukmdor fojiasini ko`rsatgan. Biroq V.Belinskiy aytganidek, bu asar ko`proq epiklik
kasb etgan. «Xasis ritsar», «Motsart va Salperi» asarlari bilan Pushkin yangicha
kichik tragediya janriga asos solgan. Bu asarlarning birinchisida xasislik, ikkinchisida
- xasad, jinoyatkorona ehtiroslarning halokatli oqibat-larga olib kelishi ko`rsatiladi.
O`zbek adabiyotida tragik konfliktga ega bo`lgan asarlar anchagina. Masalan,
«Xolisxon», «O`tkan kunlar», «Sarob», «Qutlug` qon», «Nurxon», «Alisher Navoiy»,
«Muqanna», «Tohir va Zuhra» va boshqalar. Tragik kolliziyaning yaxshigina
namunasi «CHinor» romanidagi Akbarali qissasi. Biroq bularning birortasi ham
tragediya bo`la olmaydi, balki tragediya elementlaridir. Tragediya namunasi
M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug`bek» asaridir. Biroq bu asar ham, garchi muallif uni
tragediya deb atasada, to`la ma’nodagi tragediya bo`la olmaydi. Asar tragediyadan
ko`ra dramaning yaxshi namunasidir. CHunki tragediya bo`lish uchun «Mirzo
Ulug`bek»da tragik konflikt bor-ku, lekin tragik kolliziya yo`q. Ulug`bekning o`limi
anchagina tasodifiydir. «Qirol Lir»ning qahramoni Lir o`z ahvolining fojialiligini
taxtdan tushganidan so`nggina biladi. Ulug`bek esa o`z ahvolining fojialili-gini, ya’ni
caltanat bilan ma’rifatni kelishtirib bo`lmasligini tushunib etgach, taxtni tashlab,
o`zini ana shu fojiali ahvoldan olib qochmoqchi bo`ladi, natijada o`zi tanlagan oxirgi
yo`lning fojialiligini bilmaydi, josuslar tomonidan o`ldiriladi.
Komediya. Bu janr tragediyadan farqli o`lroq, engil voqealarga quriladi.
Komediyada eskilik, illat, bid’at tanqid qilinadi, hajv etiladi, anglashilmovchiliklar
hal etiladi. Komediya hayotning yumoristik yoki hajviy tasvirini beradi.
Komediya ham qadimgi Yunonda tragediyadan keyinroq rivojlangan.
Komediyaning otasi Aristofandir. Uning komediyalari o`zining siyosiy o`tkirligi,
dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Antik komediya xususiyatlari:
Prolog
-
asar
mavzui,
tuguni
beriladi,
keskin
ikki
qarama-
qarshilik(tendentsiya) belgilab olinadi.
Parod - voqea rivojiga zamin hozirlanadi va agonga olib keladi.
Agon - muhim siyosiy mavzuda bahs beriladi. SHundan so`ng yana parod -
agonning oqibatlari ko`rsatiladi.
Eksod - agon va parodning natijasi - echimdir.
Dostları ilə paylaş: