Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan «Badiiy obraz turlari»



Yüklə 151,36 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü151,36 Kb.
#203117
1   2   3   4   5   6   7   8
badiiy obraz 11.12

Ishning predmeti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti sifatida inson obrazining o‘ziga xos jihatlari, adabiy ta’sirning ushbu obrazda aks etishi, ayni shu obraz xususiyatlarini ochishga qaratilgan asarlarning adabiyotda tutgan o‘rni, asoslari va sabablariga diqqat qaratildi. Misol uchun Onore de Balzak “Gobsek” qissasida muallif o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygani borasidagi turli –tuman qarashlar o‘rganilib umumlashtirishga harakat qilindi. Xasis odam psixologiyasi asosiga qurilgan qissa nima haqda –undagi ushbu obrazning bosh qahramon sifatida olinishi tasodifmi yoki bu inson atalmish yaratiqning ochilmagan ming bir qirrasidan birini izlash yo‘lidagi ijodkorning shaxsiy kashfiyotimi?
Uslubining o‘ziga xos soddaligi, xasis obrazining dastlabki yaratilgan yorqin namunasi sifatida jahon adabiyotining eng sara asarlari qatorida turadigan Plavtning “Xumcha” komediyasi o‘ziga xos mohiyat kasb etadi. Malakaviy ishda ushbu asarning mana shu jihatlarining adabiyot olamiga ko‘rsatgan ta’siri tekshirildi.
Abdulla Qodiriyning “ Mehrobdan chayon” romanidagi Solih maxdum, Sadriddin Ayniyning “Qori Ishkamba” qissasidagi Qori Ishkamba,Erkin Vohidovning “Oltin devor” dramasidagi Mo‘min chol obrazlari o‘zbek nasrida yaratilgan xasis obrazining o‘lmas namunasi ekanligi bilan ajralib turadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O‘zbek adabiyotshunoslari obrazlar tasnifiga to‘xtalar ekan, ularni yaratilish usuli, uslub va tasviriy vositalar, ijodiy metod asoslariga ko‘ra, asar qurulishidagi o‘rniga qarab murakkablik va ko‘lamlilik, perdmetlik va umumlashmalik darajasiga, ifoda va tasvir planlari munosabatiga ko‘ra qator turlarga bo‘lib tahlil qilingan. Jumladan H.Umurov adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko‘ra obrazlar quyidagicha tasnifini beradi. 1. Epik obrazlar; 2. Lirik obraz; 3. Dramatik obraz; 4. Xayoliy-fantastik obrazlar; 5. Afsonaviy obrazlar; 6. Mifologik obrazlar; 7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar; 8. Kinoyaviy (allegorik) obraz; 9. Satirik obraz; 10. Yumoristik obraz kabi turlarini tahli qiladi. Yuqoridagi obraz turlari tasnifi T.Boboyevning "Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida ham deyarli umumiy yondashuvlarni ko‘rishimiz mumkin. Bulardan farqli ravishda D.Quronovning “Adabiyot nazariyasi asoslari” darsligida obrazlar tasnifi bo‘yicha boshqacha yondashuv mavjud.

Yüklə 151,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin