Adabiyotshunoslik



Yüklə 296,19 Kb.
səhifə2/3
tarix08.03.2022
ölçüsü296,19 Kb.
#53481
1   2   3
barno satiyeva

A dabiyot tarixi

O‘tmish adabiyoti(jahon yoki biror milliy adabiyotni)ni uzluksiz jarayon yoki shujarayonning bosqichlaridan biri sifatida o‘rganadi. Adabiyot tarixining asosida tarixiylik prinsipi yotadi. Mazkur prinsipning mazmun-mohiyati shuki, u adabiy jarayonni konkret ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan «1.2-rasm» bog‘liq hodisa sifatida o‘rganishni taqozo qiladi. Adabiyot tarixchisi sifatida konkret badiiy asar tahlil qilinganida ham o‘sha asar yaratilgan davr sharoiti, davr adabiy jarayoni xususiyatlarini ko‘zda tutish shart qilinadi. Adabiyot tarixini qiziqtiradigan masalalardan yana biri sifatida konkret ijodkor faoliyatini o‘rganishni ko‘rsatish mumkin. Zero, ijodkor faoliyatini o‘rganganda, uning ijodiy o‘sish jarayonini kuzatganda ham asosga qo‘yilgan prinsip tarixiylik bo‘lishi lozimdir. Adabiyot tarixi o‘tmish adabiyoti xususiyatlarini ochib berarkan, bu bilan, birinchidan, o‘tmish adabiyoti tajribalarini bugungi adabiyot xizmatiga safarbar etadi, ikkinchidan, keng ko‘lamli nazariy xulosalar chiqarish uchun zarur material hozirlaydi. Bulardan anglashiladiki, adabiyot tarixi badiiy tafakkur taraqqiyotida ham, adabiy-nazariy tafakkur rivojida katta ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining dastlabki kurtaklari sifatida tazkiralarni ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, qator tarixiy asarlarda ayrim adabiy faktlar, muayyan ijodkor hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar ham qayd etilganligi tayin. Biroq o‘zbek adabiyotini tarixiy aspektda ko‘lamli o‘rganish, demakki, o‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixining mustaqil tarmoq sifatida shakllanishi va rivoji XX asrga to‘g‘ri keladi. O‘zbek adabiyot tarixining shakllanishida A.Fitrat, A.Sa'diy, V.Zohidov, V.Abdullaev, H.Sulaymonov, G‘.Karimov, N.Mallaev, A.Qayumov, A.Xayitmetov, A.Abdug‘afurov singari olimlarning ulkan xizmatlarini alohida qayd etmoq lozim.O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish borasidagi izlanishlar hozirgi kunda ham davom ettirilayotir. Bugungi kun o‘tmish merosimizga munosabatni o‘zgartirishni, qator adabiy hodisalar, faktlar, ijodkor shaxslar taqdiri va faoliyatini yangicha ilmiy talqin qilish zaruratini kun tartibiga qo‘ygani ma'lum. Demak, bugunda saboq olayotgan talabalarni milliy adabiyotimiz tarixini ilmiy xolis o‘rganish, yangi "O‘zbek adabiyoti tarixi"ni yaratishdek ulkan va mashaqqatli, sharafli bir vazifa kutadi.

Yüklə 296,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin