354-modda. Shartnoma tuzish erkinligi Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin. Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma bo‘yicha taraflarning munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada bo‘lgan shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi. Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonunchilikda ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasno. Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli qo‘llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning qo‘llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi. Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
16.O‘zbekistonRespublikasiningfuqaroliginiolishqandayasoslardaamalga oshiriladi? 13-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish asoslari O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: tug‘ilganlik bo‘yicha; bola farzandlikka olinganda; O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin.