66.Jamoatchilik nazoratiningshakllarihaqida ma’lumot bering? 6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar; davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik fikrini o‘rganish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish. . Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. 68.Jamoatchilik muhokamasidegandanimanitushunasiz? 9-modda. Jamoatchilik muhokamasi Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish jamoatchilik muhokamasidir. Jamoatchilik muhokamasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari o‘tkazishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan yoki daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ommaviy va ochiq o‘tkaziladi. Jamoatchilik muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘z fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. Jamoatchilik muhokamasi ommaviy axborot vositalari orqali va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham o‘tkazilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasining tashkilotchisi jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalar, muhokamani o‘tkazish muddati va tartibi to‘g‘risidagi axborotni oldindan e’lon qiladi. Bunda tashkilotchi o‘z ixtiyoridagi, jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalarga taalluqli bo‘lgan materiallardan jamoatchilik muhokamasining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini ta’minlaydi.