Sound Forge — MAGIX (oldinlari Sony Creative Software tomonidan chiqarilar edi) tomonidan taqdim etilgan raqamli audioredaktor hisoblanadi. U oddiy va professional foydalanuvchilar mo’ljallangan yaxshi tovush taxrirlagichdir.
Birinchi versiyasi Sonic Foundry’s Sound Forge LE. Hozirgisi Sound Forge Audio Studio versiyasi boshlang’ich darajadagi raqamli audioredaktorga ega.
Birinchi versiyasi Windows 3.x uchun mo’ljallangan edi. Lekin mazkur versiya Windows 3.0 da ishlamadi. Sound Forge 5.0 versiyasi Windows 95 da qo’llanila boshlandi. 2003 yilda Sound Forge ni ishlab chiqaradigan asosiy kompaniya Sonic Foundry kasodga uchraydi. Boshqa yirik musiqali dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalarning raqobatbardoshligiga dosh berolmaydi. Natijada o;zining ishlab chiqarishini Sony Pictures Digital kompaniyasiga sotadi.
2016 yil 20 mayda Sony ko’plab dasturiy mahsulotlarni sotishga muvaffaq bo’ladi. Ular qatorida MAGIXning Sound Forge ham bor edi. Uning audio soft industrial varianti Samplitude, Sequoia lar bo’lgan, yana zamonaviy audio va video taxrirlagichlagichlar ham bo’lgan.
Sound Forge - tovushli fayllarni yuqori aniqlikda va tezlikda yaratadigan va taxrirlaydigan dastur hisoblanadi. Sound Forge yordamida audio tovushlarni tahlil va taxrir qilish mumkin (qirqish, qismlarga bo’lish, filtr va effektlarni qo’shish va boshqalar), ovozli tugunlarni yaratish, eski tovushlarni o’chirib, o’rniga yangi raqamli tovushlarni qayta tiklaydi, akustik obrazlarni modellaydi, oqimli metafayllarni va master-disklarni yaratadi. Sound Forge 9 ning foydalanuvchi interfeysini to’liq sozlash mumkin. Foydalanuvchi interfeysining asosiy elementlari – markerlar, to’lqinli formalar, oyna hajmi foydalanuvchi tomonidan oson o’zgartirilishi mumkin.
Sound Forge Pro turli xil formatdagi videolarni qayta ishlashi mumkin masalan: AVI, WMV, MPEG-1 va MPEG-2. 720p va 1080i ruxsatli fayllarni HDV bilan birgalikda MPEG-2 shablonlarini ham yozishi mumkin. Hamda WMV kodlanadigan, 720p va 1080p ruxsatli shablonlar ham bor