Bosh oynaning elementlari.
Demak, Adobe Photoshop tahrirlagichini o‟rnatdingiz va ro‟yxatdan samarali o‟tib, birinchi marta uni ishga tushirdingiz. Ekranda dasturning asosiy oynasi hosil bo‟ladi. Oynaning markazida asosiy ish bajariladigan hujjat o‟rni mavjud bo‟lib, unda grafik fayl ishga tushiriladi.
Ushbu interfeys Adobening barcha tahrirlagichlari uchun standart hisoblanadi va Photoshopda interfeysdan foydalangandan so‟ng esa, shu firmaning boshqa dasturlarini o‟rganishda olingan ko‟nikmalarni qo‟llash mumkin.
Photoshop tahrirlagichidan birinchi marta foydalanayotgan bo‟lsangiz, boshqa
dasturlar bilan ham ishlay olmaysiz va natijada uni o‟rganish mushkul ko‟rinadi. Aslida hecham qiyin emas – balki bir necha vaqt o‟tgandan so‟ng Photoshop muhitida ishlashni o‟rganib olasiz.
Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumot
Adobe Photoshop Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‟lib, rastrli grafikada tahrir qiluvchi, foydalanishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur bo‟lgan dasturdir. Adobe Photoshop tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo‟shimchalar kiritish, ulardagi dog‟larni o‟chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‟shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosurtaga olib o‟tish, surtdagi ranglarni o‟zgartirish, almashtirish mumkin.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so‟ng ekranda dastur oynasi hosil bo‟ladi. Oynaning yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so‟ng menyu satri joylashgan.
Dasturning asosiy oyna tarkibini ko‟rib o‟tamiz.
Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun dunyo bo‟ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo‟lib, Photoshop ham bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi.
Fayl/File – Ushbu menyu asosan ishning boshida va so‟ngida qo‟llaniladi, chunki uning ko‟pchilik funktsiyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog‟liq.
Dostları ilə paylaş: |