Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)



Yüklə 8,73 Mb.
səhifə1/44
tarix30.09.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#150954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
aaaaaaaa









Tillayev Azamat Ibragimovich


II-Qism





Toshkent-2015


Mundarija

1.

Kirish




2.

Kompyuter grafikasi, uning turlari va asosiy tushunchalar




3.

Kompyuter grafikasi




4.

Kompyuter grafikasi turlari




5.

Grafik formatlar




6.

Ekran imkoniyati va rang modellari




7.

Ekran imkoniyati




8.

Rang modellari




9.

Adobe Photoshop rasm tahrirlagichi haqida




10.

Adobe Photoshop dasturi, ish oynasi va asosiy tushunchalar




11.

Adobe Photoshop dasturi haqida ma‟lumot




12.

Dastur menyu bo‟limlari haqida




13.

Uskunalar paneli haqida




14.

Tasvir o‟lchami




15.

Adobe Photoshop dasturida Navigator darchasi bilan ishlash




16.

Adobe Photoshopning asosiy tushuncha va iboralari




17.

Adobe Photoshopda yangi tasvir oynasini yaratish




18.

Rasmli faylni Adobe Photoshopda qayta ishlash uchun ochish




19.

Adobe Photoshopda tasvir rang modelini o’zgartirish




20.

Adobe Photoshopda tasvir o’lchamini o’zgartirish




21.

Adobe Photoshopda tasvirda turli shakillardan foydalanish




22.

Adobe Photoshop dasturida tasvirda soha (oblast marquee)
ajratish usullari




23.

LASSO (“Arqonli sirtmoq”) yordamida soha ajratish




24.

“Sehrli tayoqcha” (Volshebnaya palochka- Magic Wand)
yordamida soha ajratish




25.

“Xarakatlanuvchi” (Peremehenie- Move) yordamida ajratilgan
soha ustidan amallar bajarish




26.

Adobe Photoshop dasturning Videlenie (Select) menyusidan
foydalanish




27.

Adobe Photoshop dasturning Filtr menyusining Vichitanie
(Extract) buyrugi yordamida soha ajratish




28.

Adobe Photoshopda qatlamlar bilan ishlash




29.

Adobe Photoshopda bajarilgan amallar bilan ishlash







30.

Adobe Photoshopda oq-qora rasmlar bilan ishlash




31.

Pen uskunasi yordamida sodda shakl yaratish




32.

Pen uskunasi yordamida murakkab shakl yaratish




33.

Rasm ustidan shakllar yaratish




34.

Adobe Photoshopda yangi bo’yash cho’tkasi yaratish




35.

Adobe Photoshopda matn bilan ishlash




36.

Matn ko`rinishi va shrift o`lchamini tanlash




37.

Matnni tahrirlash. Matn qatlami bilan ishlash




38.

Matn bilan ishlash: Olovli yozuv hosil qilish




39.

Matn bilan ishlash: Marmarli yozuv hosil qilish




40.

Ko’zdagi qizil dog’ni yo’qotish




41.

Adobe Photoshopda filtrlardan foydalanish




42.

Adobe Photoshopdagi amallarni klavshalar orqali tezkor bajarish
Qaynoq klavishalar




43.

Qaynoq klavishalar: Hujjat fayli bilan ishlash




44.

Qaynoq klavishalar: Uskunalar bilan ishlash




45.

Qaynoq klavishalar: Qatlamlar bilan ishlash




46.

Qaynoq klavishalar: Klavisha orqali ko‟p bajariladigan amallar




47.

Test savollari




48.

Foydalanilgan adabiyotlar






Kirish


Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo‟nalishlardan biri bo‟lib bormoqda. Hozirda bu yo‟nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug‟ullanmoqda.


Kompyuter grafikasi- kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur
yo‟nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko‟pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo‟llanila boshlandi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‟nalishlarni tinmay o‟rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‟zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‟zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.


Kompyuter grafikasi, uning turlari va asosiy tushunchalar Kompyuter grafikasi


Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ulrga ishlov berish, shuningdek, grafik ob‟ektlar va fayllarda bo‟lgan nografik ob‟ektlar o‟rtasida bog‟lanish o‟rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb ataladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‟zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borlikdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko‟zda to‟tiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasi mustaqil yo‟nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo‟ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‟sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‟rinmas chiziqlarni o‟chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo‟nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo‟naltirilgan edi. 70- yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va

ob`ektlarni o‟rganishga qaratildi. Bu yo‟nalish uch o‟lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o‟lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o‟lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog‟lik masalalarning paydo bulishi uch o‟lchovli grafikaga bo‟lgan ehtiyojni yanada oshirdi.


90-yillarda kompyuter grafikasining qo‟llanish sohalari ancha kengaydi, ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‟liq bo‟lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo‟nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag‟ishlangan. Bu tamoyillarga ko‟ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‟yxatga olish imkoniyati mavjud bo‟lishi kerak. Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‟ldi. Kompyuterlar funktsional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta`minlovchi tizimlar ham yaratilishiga olib keldi.

Kompyuter grafikasi turlari




Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo‟lib o‟rganiladi:
rastrli grafika; vektorli grafika; fraktal grafika.
Ular o‟rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‟tish usulidan iborat. Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog`ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‟ylab bir marta chopib o‟tadi, uning izi esa ekranda keyinga buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Vektorli grafikaning asosiy elementi chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tavirlarni yaratishga mo‟ljallangan. Vektorli grafika muxarrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flashlarni keltirish mumkin. Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari xamda ushbu nuqtalardan o‟tuvchi chiziqlar xamda vektorlar formulalaridan iborat bo‟ladi. Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi.

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin