Redaktirovanie/Edit – bu menyuda tahrirlashning asosiy buyruqlari
joylashgan.
Izobrajenie/Image – menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan. Uning buyruqlari ko‟pgina amallarda qo‟llaniladi.
Sloy/Layer – qatlamlar bilan ishlash.
Videlenie/Select – rasm qismini ajratish (soha tanlash) va o‟zgartirish.
Filtr/Filter – bu menyuda filtrlar ko‟rsatilgan bo‟lib, bir qancha funktsiyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo‟shimcha modullaridir.
Vid/View –interfeysni sozlashning turli ko‟rinishi bo‟lib, foydalanuvchi o‟ziga mos ravishda qo‟llaydi.
Okno/Window – Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar panelini va hujjatlarning joylashuvini o‟zgartirish mumkin.
Pomosh/Help – tizim haqida ma`lumot beruvchi buyruqlar to‟plami.
Uskunalar paneli. Dasturning ushbu elementi boshqa barcha buyruqlarga nisbatan ko‟piro‟q qo‟llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo‟lib, barcha asosiy amallar ular yordamida bajariladi. Ko‟pchilik uskunalarda strelka belgisi ko‟rsatilganligiga e`tibor bering. Bu esa o‟z navbatida, uning tagida qo‟shimcha uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini sichqoncha bilan belgilab ma`lum vaqt bosib turish lozim. Ushbu paneldan biron uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil bo‟ladi. Bu usul panel hajmini qisqartirish maqsadida bajariladi.
Adobe Photoshop 7 uchun, Adobe Photoshop CS5 uchun.
Xususiyatlarpaneli. Bu erda joriy uskuna xususiyatlarini o‟zgartirish va ular bilan ishlash mumkin bo‟ladi.
Asosiyishoynasi. Bu oynada bir vaqtning o‟zida bir nechta oyna bilan ishlash imkoniyati mavjud.