7
Vektorli grafika
-
shrift va oddiy geometrik elementlarni qo‟llash
imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi.
Vektorli
grafikadagi ma‟lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash
jarayonida ob‟ektlar o‟zining xususiyatini yo‟qotmaydi. Murakkab ob‟ektlarni
vektorli grafikada ularning o‟lchamini kattalashtirib ko‟zdan kechirish mumkin.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi.
Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil
qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha
matematik formulalar
asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan
birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo'shish imkoni bor.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik
figuralarning xosslarini
o‟rganish tashkil etadi. Ma`lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan,
to‟g‟ri chiziq uning kanonik ko‟rinishi
y=kx+b
(bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da,
kesma esa mos ravishda boshlang‟ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi.
Egri chiziqlar ham mos ravishda o‟z tenglamalariga ega.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo‟naltirilgandir.
Vektorli grafika reklama agentliklarida,
loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va
boshqa joylarda keng qo‟llaniladi.
Dostları ilə paylaş: