Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)



Yüklə 10,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/50
tarix18.09.2023
ölçüsü10,45 Mb.
#145258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
 
Rastrli
(
nuqtali) 
grafika deb - bir xil o‟lcham va yacheykalarga ega bo‟lgan 
nuqtalar (piksellar) to‟plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. 
Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‟ljallangan ko‟pgina grafik muxarrirlar asosan 
tasvirlarga ishlov berishga mo‟ljallangan. Rastrli grafika muxarrirlariga misol kilib 
Adobe Photoshop va Paint
dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda 
rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika holatida rasmni xosil 
qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan 
ishlash uchun foydalaniladi.
Rastrli grafika 
– multimediya va poligrafik nashrlarni yaratishda keng
qo‟llaniladi. Rastrli grafika vositasi asosida yaratilgan tasvirlar kamdan-kam 
holatda kompyuter dasturlari orqali qo‟lda yaratiladi. Ko‟proq bu maqsadda 
tasvirlar skanerlanadi. Rastrli tasvirning asosiy elementi bu nuqta xisoblanadi. 
Agar tasvir ekranli bo‟lsa, u holda bu nuqta piksel deb ataladi. Tasvirning o‟lchami 
bilan uning imkoniyati o‟zaro bog‟liq. Bu parametr nuqta-dyuymga nisbatan 
o‟lchanadi.
Yuqorida takidlangandek, rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - 
piksellardan tashkil topgan bo'lib, har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular 


 

majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov 
berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir 
shunchalik yuqori sifatli bo'ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi 
DPI
(Dot Per Inch - 
dyuymdagi nuqtalar soni) deyiladi, ya'ni bir dyuymda (
1 dyuym=2,54 sm
) nechta 
nuqta joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro'znomalarda mazkur 
ko'rsatkich odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va 
kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. Ekranda tasvirlanadigan rasmlar 
uchun esa 72 dpi sifat ko'rsatkichi yetarli hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, 
mazkur ko'rsatkichni belgilash yoki tanlashda rasional yondashuvdan kelib chiqish 
kerak, chunki har bir nuqta xotirada bir bit (agar tasvir oq-qora bo'lsa) joy 
egallaydi va ular tasvirda ko'payganida tasvirning xotirada egallaydigan hajmi 
ancha katta bo'ladi.
Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari 
mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga 
kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, 
lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli 
grafik muharrirlaridan foydalanish kerak bo'ladi: Adobe Photoshop, Corel 
PhotoPaint va hokazo. 
Adobe Photoshop muharrirlari hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo 
mutaxassislari tomonidan tan olingan. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng 
imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar 
va tizimlar bilan ishlashi. 
Fraktal grafika
– bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. 
Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz 
xar-xil tasvirlarni olish mumkin. 
Fraktal grafika
bilan ishlovchi dasturiy 
vositalarga misol qilib 

Yüklə 10,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin