Materikling ekvator atrofidagi qismlarida havo massa-larinilg bir yarimshardan ikkinchi yarimsharga ko’chishi juda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda materikning sharqida boshqa yarimshardan passatlarning o’tib kelishi shu yarimshardagi yoz paytida ro’y beradi. G’arbda esa bosim gradienti Janubiy Atlantika maksimumidan Afrikaning shimoliy subkontinenti tomoniga doimiy yo’nalgani uchun butun yil davomida janubiy passat (janubiy-g’arbiy musson) shimoliy yarim sharga o’tib turadi. Shuning uchun 17° sh.k. bilan 20° j.k. orasidagi polosada har ikkala yarimsharda o’z paytida beqaror sernam ekvatorial havo olib keladigan va seryomg’ir davrni vujudga keltiradigan ekvatorial mussonlar ta’sir etib turadi. Materikning subtropik mintaqalar ichiga kirib boradigan chekka shimol va janub qismlari har ikkala yarimsharda qish paytida o’rtacha kengliklardagi g’arbiy sirkulyatsiya sharoitidabo’ladi.
Havo massalarining sirkulyasiya sharoiti yog’in-sochin va temperaturalarning taksimlanishi yanvar va iyul oylarida har ikkala yarimsharda bir xil emas.
Yanvarda materikning janubiy qismi issiq bo’ladi, shimoliy qismi esa ancha salqin keladi. Shuning uchun yo’qori bosimli subtropik mintaqa Saxroi Kabirning shimolini kesib o’tadi va Shimoliy Atlantika maksimumi bilan qo’shiladi. Materikning chekka shimoliy-g’arbi qishda o’rtacha kengliklardagi g’arbiy siklon sirkulyasiyasi ta’sirida bo’ladi.
Afrikaning deyarli butun janubiy qismida, hususan ichki rayonlarida bu davrda havo quruq bo’ladi, chunki bu yerda bosim baland bo’lib, passat ta’siri susayib qoladi. Kap oblasti bundan mustasnodir, chunki bu yerda siklon faoliyati kuchlidir.
Afrikaning asosiy qismida, butun yil davomida temperaturaning baland bo’lishi quyoshning gorizontdan juda baland turishi va insolyasiyaning kuchli bo’lishi bilan bog’lik. Materikning anchagina qismida yillik o’rtacha temperatura +20˚ dan yo’qori bo’ladi. Afrikaning shimoliy qismi yaqlit bo’lib, katta territoriyani o’z ichiga oladi, shuning uchun ham bu qism janubiy qismga nisbatan juda qiziydi va bu yerda oylik o’rtacha temperatura eng yo’qori
(+35-40°C) bo’ladi, shuningdek Yer sharidagi eng maksimal temperatura (+ 58°C gacha) ham shu yerda qayd qilingan. Afrikaning baland tog’liklari yonbag’irlariga mo’l-ko’l yog’in olib keladi, yog’in miqdori materik ichkarisiga tomon keskin kamaya boradi va Kalahari cho’lining markaziy qismida yog’in ayniqsa kam yog’adi.
Afrikaning g’arbiy soxili Janubiy Atlantika antisiklonining sharqiy chekkasi ta’siridadir. Janubdan esadigan shamollar ta’sirida baland kengliklardan keladigan ancha sovuq havo massalarining issiq materik ustiga kelishi natijasida G’arbiy soxildan to ekvatorgacha cho’zilgan polosada yog’in xosil bo’lmaydi.
Atlantika havosi Hind okeanidan keladigan havo massalari bilan to’qnashgan rayonda front xosil bo’ladi. Ana shuning uchun ham Kalaharining g’arbida materikning ancha g’arbiy va sharqiy rayonlaridagiga nisbatan yog’in bir oz ko’proq bo’ladi.