Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki asoslari yaratiladi. Bunda ustuvor yo’nalish qilib shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini rivojlantirish belgilangan edi. Ular ixtiyoridagi yer maydonlari 1989 – 1995 yillarda ikki barobarga ko’paydi.
Natijada aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda barqarorlikka erishildi.
Tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. Jumladan, 1066 ta davlat xo’jaliklari (sovxozlar)
tugatilib, ular negizida jamoa xo’jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida “Yer kodeksi”, “Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar va tegishli Hukumat
qarorlari qabul qilinib, me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi.
Bunday huquqiy bazaning yaratilishi agrar islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning xalqaro andozalar va xalqimiz mentalitetiga mos keladigan - shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklaridan iborat modeli tanlandi.
Shirkat xo’jaliklarida ishlab chiqarish oila
pudrati asosida tashkil etildi, pudratchilarning o’z mehnati natijasidan manfaatdorligini oshiradigan va mas’uliyatini ta’minlaydigan tizim yaratildi. Qishloq xo’jaligida tovar etishtiruvchilar faoliyatini erkinlashtirish bosqichma- bosqich olib borildi, xalqimiz uchun strategic ahamiyatga ega bo’lgan paxta va dondan boshqa barcha mahsulotlarga davlat buyurtmasi bekor qilindi.
Yer munosabatlarida yangi tamoyillar joriy qilindi. Shirkat xo’jaliklarida
ekin maydonlarini, bog’ va tokzorlarni oila pudratchilariga tanlov asosida uzoq muddatga ijaraga berish amalgam oshirila boshlandi. Yerni fermer xo’jaliklariga 50 yilgacha vа dehqon хо'jaliklariga umrbod foydalanishga berish tizimi yaratildi.
Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina
mamlakatlarda jumladan, bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor bahosi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbayi bo’lib xizmat qiladi.