1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri - bu bozor munosabatlariga asoslangan agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy negizini shakllantirish, mulkiy munosabatlarni takomillashtirish, faol tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishdir. Bu esa qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur'atlarini ta'minlashga, qishloqda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga, mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda agrar sektor muhim rol o’ynaydi. YaIM tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 25 %ni tashkil etdi. Agrar sektor oxirgi yillar davomida barqaror sur’atlarda rivojlanib kelmoqda. Barcha mulk shakllarida yaratilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarning umumiy hajmi 5395,5 mlrd so’mni tashkil etdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 % o’sish taminlandi.
1 ga uchun hisoblangan differensial renta II, ming so’m
А
8
800
-
20
Б
6
600
200
30
В
5
500
300
40
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo'lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o'zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o'simlik "oziqlanishi" mumkin bo'lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta'siri natijasida, ya'ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun'iy yo'l bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang
Yerga bo'lgan talab
Yuqoridagilarning barchasi.
Yerni iqtisodiy resurslarning boshqa turlari (kapital, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati)dan farqlovchi asosiy omil nima?
Miqdorning nisbatan cheklanganligi
Tabiat mahsuli ekanligi
Miqdori doimiyligi (qayd qilinganligi)
Bahoga ega emasligi
Yuqoridagilarning barchasi.
Agrar munosabatlarning xususiyatlarini nima belgilab beradi?
Yerning asosiy mehnat vositasi vа predmeti hisoblanishi
Iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlari bilan bog'lanib ketishi
Ishlab chiqarish vaqti bilan ish davri o'rtasidagi farqning nisbatan kattaligi
Ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterda bo'lishi
Yuqoridagilarning barchasi.
Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlaridan kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi?
Absolyut renta
Yuqoridagi barcha nom bilan.
Quyidagi yer uchastkalarining qaysi birida differensial renta hosil bo'lmaydi?
Unumdorligi juda yuqori
Unumdorligi yuqori
Unumdorligi o'rtacha
Unumdorligi past
Yuqoridagilarning barchasi.
Yerdan intensiv foydalanish, ya'ni ularning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan renta qanday nom bilan ataladi?
Absolyut renta
Differensial renta I
Differensial renta II
Monopol renta
To’g’ri javob yo’q
Yerga bo’lgan xususiy mulkchilik, ularning unumdorligidagi farqlardan qat'iy nazar yer egalariga qanday rentani olish imkonini beradi?
Monopol renta
Differensial renta I
Differensial renta II
Absolyut renta
Yuqoridagilarning barchasi.
Yerning tabiiy sharoitida noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish imkonini berganda qanday renta hosil bo’ladi?
Absolyut renta
Differensial renta I
Differensial renta II
Monopol renta
Yuqoridagilarning barchasi.
Differensial renta qaysi sohalarda hosil bo’ladi?
Qishloq xo’jaligida
Qurilishda
Undirma sanoatda
Qazib oluvchi sanoatda
Yuqoridagilarning barchasida.
Quyidagi omillardan qaysi biri yer bahosining o’sib ketishiga olib keladi?
Renta miqdorining o’sishi
Noqishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yerga bo’lgan talabning o’sishi
Yuqoridagilarning barchasi.
Agrosanoat integratsiyasi nima?
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari majmuasi
Ishlab chiqarishning to’planishi va kapitalning markazlashishi
Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi
Qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni
To’g’ri javob yo’q.
Oxirgi besh yilda ilk marotaba paxtadan eng ko'p 3,5 mln tonna hosil yetishtirildi. Bunga qulay ob-havo sharoitlari, ekin maydonlarining ko'payishi, agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi, hosildorlikning oshganligi hamda fermer хо'jaliklarida paxta yetishtirishning ortganligi natijasida erishildi. Joriy yilda o'tgan yilga nisbatan don mahsulotlari 532,1 ming t., kartoshka 28,5 ming t., sabzavotlar 181,4 ming t., poliz mahsulotlari 42,8 ming t., mevalar 97,6 ming t., uzum 52,5 ming tonnaga ko'paydi. Chorvachilikda ham o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ko'rinib turibdiki, qishloq хо'jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari vа sanoat tarmoqlari uchun хоm ashyo ishlab chiqariladi. Aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq хо'jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy aloqa vа munosabatlar sodir bo'ladi.
Agrar sektorda iqtisodiy faoliyat jarayonida yuz beradigan barcha munosabatlar eng asosiy omil bo'lgan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish vа undan unumli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlar ob'ekti yer, sub'ekti esa yer egalari, хо'jalik yurituvchi va mehnat qiluvchilar hisoblanadi. Agrar munosabatlarining xususiyatlari, birinchi navbatda, yerga bo'lgan mulkchilik bilan bog'liqdir. Bizning mamlakatimizda yer davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatga foydalanishga berilmoqda.
Yer maxsus resurs. U boshqa omillardan tubdan farq qiladi.
Tengi yo'q ishlab chiqarish vositasi ekanligi tufayli uni boshqa biror narsa bilan almashtirib bo'lmaydi.
Yer miqdori cheklangan, shuning uchun yer taklifi noelastik hisoblanadi. Yerni xohlagan sharoitda takror ishlab chiqarish mumkin emas.
Yerning yana bir muhim xususiyati uning ko'chmasligidir. Yer uchastkalarini bozorga, iste'molchilarga yoki suv manbalariga yaqin bo'lishini qanchalik xohlamaylik uni ko'chira olmaymiz.
Yer foydalanish jarayonida yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha agar undan to'g'ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
12.
Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: