Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohot1arning yangi bosqichida mulkchilikning
ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulot1ari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash vа xizmat ko'rsatuvchi tashkilot1ar faoliyatini
ana shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer хо'jaliklarini rivojlantirish muhim yo'nalish etib belgilandi.
Shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklariga ishlab chiqarish faoliyatida yanada keng erkinlik berildi, bir vaqtning o'zida yer- suv resurslaridan unumli foydalanish va shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarning javobgarligi va mas'uliyati oshirildi. Farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan bosh maqsad islohotlarni
yanada jadallashtirish, mavjud tabiiy,
iqtisodiy, tashkiliy va mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, pirovard natijada aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan.
Farmonda shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklarining teng huquqligini saqlab qolgan fermer хо'jaliklarini ustuvor rivojlantirishga alohida urg'u berildi.
Dostları ilə paylaş: