Agrar munosabatlar va agrobiznes


Yerdan foydalanish huquqi



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə5/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Yerdan foydalanish huquqi - bu o'rnatilgan urf-odat1ar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Real хо'jalik hayotida yerga egalik qilish vа yerdan foydalanishni ko'pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer хо'jaliklari amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq хо'jaligi ishlab chiqarishida ham to'rt omil - yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati vа ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi.


  1. Renta munosabatlari


Yer vа undagi mavjud tabiiy boyliklar ishlab chiqarish omillaridan biri bo’lib, o'z egasiga daromad keltiradi. Вu daromadning nomi renta. Renta so'zi lotincha "redut" so'zidan olingan
bo’lib, qaytarilgan, to'langan degan ma'noni bildiradi. Bunda renta
yer omilining egasiga undan foydalanganlik uchun haq sifatida to'lanishi nazarda tutiladi.
Renta munosabat1ari agrar munosabatlarining negizini tashkil qilib, u qishloq хо'jaligida vujudga keltirilgan qo'shimcha sof daromadning yer egalari vа undan foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlanishi va o'zlashtirilishi jarayonida vujudga keladi.




1 O’zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi. – T.: “O’zbekiston”, 1999, 20 – modda.

Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohot1arning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulot1ari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash vа xizmat ko'rsatuvchi tashkilot1ar faoliyatini ana shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer хо'jaliklarini rivojlantirish muhim yo'nalish etib belgilandi.
Shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklariga ishlab chiqarish faoliyatida yanada keng erkinlik berildi, bir vaqtning o'zida yer- suv resurslaridan unumli foydalanish va shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarning javobgarligi va mas'uliyati oshirildi. Farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan bosh maqsad islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud tabiiy, iqtisodiy, tashkiliy va mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, pirovard natijada aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan.
Farmonda shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklarining teng huquqligini saqlab qolgan fermer хо'jaliklarini ustuvor rivojlantirishga alohida urg'u berildi.

Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin