Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə14/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Ikkinchi sohaga bevosita qishloq хо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi korxonalar, birinchi navbatda, shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklari kiradi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasining ikkinchi sohasiga, pillachilik, asalarichilik, qisman o'rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o'simliklar yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi. Bu soha agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini tashkil etadi. Majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu soha mahsulotlari asosida faoliyat yuritadilar yoki ushbu sohaga xizmat ko'rsatadilar.

  • Agrosanoat majmuasining uchinchi sohasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib beruvchi tarmoqlar va korxonalarni o'z ichiga qamrab oladi. Paxta, go'sht va sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog'-moy kombinatlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash korxonalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug'ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.

  • Tarmoq va korxonalar moddiy ishlab chiqarish faoliyatiga ta'sir etuvchi, uni tashkil etishda bilvosita ishtirok etuvchi shunday muassasalar mavjudki, ular mohiyatan infratuzilma tushunchasi va atamasi tarzida talqin etiladi hamda ishlab chiqarish shart - sharoitlarini yaratuvchi tarmoqlar majmuidan

    iborat bo'ladi. Bular yo'l-transport xo'jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulot1arni saqlash tizimi, ombor va tara хо'jaligi va boshqalar. Infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirmasdan turib, agrosanoat majmuasining barcha sohalarida samaradorlikni oshirishga erishib bo'lmaydi va uning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularga ajratilgan kapital quyilmalar nafaqat bevosita egasiga, balki ASMning boshqa sohalaridagi korxonalarning daromadlarini ko'paytirishga ham imkoniyat yaratib beradi.
    tayyor mahsulotning bozor talablariga moslashish vazifasini hal etadi va mahsulot raqobatbardoshligini ta'minlaydi.


    Yüklə 191,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin