Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə2/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.

Differensial (lotincha so'zdan olingan bo’lib, tabaqalashgan, farq degan ma'noni anglatadi) renta o'rta va yaxshi yer uchastkalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga sarflangan xarajatlar bilan, уоmоn yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulot uchun qilingan xarajatlar o'rtasidagi farq sifatida namoyon bo'ladi. Qishloq хо'jalik mahsulotlarining bahosi ana shu unumdorligi past yerlarda etkazilgan mahsulotlarga qilingan xarajatlar asosida shakllanadi.
Sababi, unumdor yerlar cheklangan. Aholining talabini qondirish uchun уоmоn yer uchastkalaridan ham foydalanishga to'g'ri keladi. Differensial renta faqat yer uchastkalarining unumdorligini turlichaligi tufayligina emas, balki ularning iste'molchilarga uzoq-yaqin joylashishi tufayli ham kelib chiqadi. Уоmon yerlardan differensial renta olinmaydi.
Differensial renta o'zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo'linadi.
Yerning tabiiy unumdorligi va iste'molchilarga nisbatan joylanishiga (sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo'llariga uzoq-yaqinligi) ko'ra farq natijasida hosil bo'lgan differensial renta, differensial renta I deb ataladi.
Yerga egallik qilish - tarixan tarkib topgan an'analar yoki qonuniy asosda belgilangan tartibda yerga egalik huquqining tan olinishini bildiradi.
Yerdan foydalanish huquqi - bu o'rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.
Renta munosabatlari - qishloq xo'jaligida vujudga keltirilgan qo'shimcha sof daromadning yer egalari va undan foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlanishi va o'zlashtirilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirishning shaklidir.
Differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.

Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin