Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə6/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Asosiy tushunchalar


Agrar munosabatlar - agrar sektorda iqtisodiy faoliyat jarayonida yuz beradigan barcha munosabatlar eng asosiy omil bo'lgan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan unumli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardir.
Yerning tabiiy unumdorligi - uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o'zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o'simlik "oziqlanishi" mumkin bo'lgan turli moddalarning yujudga kelishi.
Yerning iqtisodiy unumdorligi - tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta'siri natijasida, ya'ni tuproq tarkibi vа dehqonchilik usullarini yaxshilash sun'iy yo'l bilan amalga oshirilishi.
DIFFERENSIAL RENTA Ining hosil bo’lishi

Yer uchastkasi

Ishlab chiqarish xarajatlari (so’m)

O’rtacha foyda (so’m)

Umumiy qiymat (so’m)

Yalpi hosil (tonna)

Individual qiymat (so’m)

Bozor bahosi (so’m)

Yalpi sotilgan tushum (so’m)

Differensial renta I

Yaxshi

10000

4000

14000

30

467

700

21000

7000

O’rtacha

10000

4000

14000

25

560

700

17500

3500

Yomon

10000

4000

14000

20

700

700

14000

-

Jadvalda bir miqdorga ega bo'lgan, lekin hosildorligi turlicha, uch hil yer uchastkalari misol qilingan. Misolda bu uch hil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir hil, ya'ni 14000 so'mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik yaxshi yer uchastkasida ЗО tonna, o'rtacha yer uchastkasida - 25 vа yomon yer uchastkasida 20 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo’lib chiqadi. Qishloq хо'jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida sotiladi, ya'ni misolimizda bu narx 700 so'mni tashkil qiladi. Natijada yomon yer uchastkasi o'zining yakka ishlab chiqarish xarajat1arini qoplash vа foyda olish imkoniga ega bo'ladi. O'rtacha vа yaxshi yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasiga nisbatan З500 va 7000 so'm miqdorida qo'shimcha daromad olinadi.
Bu olingan qo'shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bo'g'liq bo'lgan differensial renta Ini tashkil qiladi.
Yerning tabiiy unumdorligidan tashqari iqtisodiy unumdorligi ham mavjud. Tadbirkor yerning hosildorligini oshirish maqsadida yerga kapital qo'yadi. Qo'yilgan kapital esa turli uchastkalarda turlicha natija beradi. Yerga ketma-ket qo'shimcha kapital sarf1ash natijasida hosil bo'lgan iqtisodiy unumdorlik ham farq qilishi mumkin. Natijada daromadlarda ham farq bo'ladi. Yerga qo'shimcha kapital sarflab olingan daromaddagi farq differensial renta II deb ataladi.


Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin