Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə7/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

DIFFERENSIAL RENTA IIning hosil bo’lishi

Yer uchastkasi

Umumiy qiymat (so’m)

Yalpi hosil (tonna)

Mahsulot birligi bahosi (so’m)

Bozor bahosi (so’m)

Yalpi sotilgan tushum (so’m)

Differensial renta II

1 – yil

12000

60

200

200

12000

-

2 – yil

15000

100

150

200

20000

5000

Misolimizda past unumli yerni unumdorligini ko'tarish maqsadida yerga qo'shimcha 3000 so'm xarajat qilindi. Sarf qilish natijasida esa qo'shimcha 5000 so'm daromad olindi. Вu daromad differensial renta IIni tashkil qiladi.



    • Absolyut renta - qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.

Ma'lumki, yerga bo’lgan monopol egalik natijasida eng sifati past yerlar ham bepul ijaraga berilmaydi. Yer uchastkalarining sifati qanday bo’lishidan qat'iy nazar, yer mulk bo’lganligi uchun uning egalari absolyut renta oladi. Absolyut yer rentasi eng unumdor, o’rtacha unumdor va unumdorligi past bo’lgan yerlardan ham olinadi. Barcha uchastkalardan olinadigan renta miqdori teng bo’ladi. Sifatli yerlardan undiriladigan absolyut renta, umuman olganda, renta miqdoridan kam bo’ladi.
Shuningdek, yer tanqisligi sharoitida uning mulk bo’lishi va band etilishi undan olinadigan mahsulotlarga talabning ortib borishi natijasida absolyut renta olish imkoni tug’iladi. Talab oshgan sayin yomon, hatto, eng o’ta yomon yerlardan ham foydalaniladi. Sifatsiz yerlardan olingan mahsulot narxi sarflangan xarajatni qoplashi kerak. Chunki uning tarkibida tadbirkorning normal foydasi va renta ham bo’ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot qimmatga tushsa-da, bozor shu mahsulotni ko’taradi. Negaki, u bozor ehtiyojini qondiradi. Sifati past yerdan olingan mahsulotning odatdagidan yuqori narxda sotilishi absolyut rentani hosil qiladi, binobarin, yer egasi uni o’ziga o’zlashtiradi.
Bunday yer uchastkalarining egalari absolyut renta bilan bir qatorda differensial renta ham oladilar.
Qishloq хо'jalik korxonalarida soliq tizimi takomillashtirilib, 1999 yil 1 yanvardan boshlab, uning mavjud bir nechta turlari o'rniga yagona yer solig'i joriy etildi. Вu tadbir MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib qo'llanila boshlanganligi va hozirgacha amaldaligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agrar islohotlarning uchinchi bosqichi 2000 yildan boshlandi. Вu bosqich:

  • qishloq xo'jaligida tovar ishlab chiqaruvchilar haq- huquqlarini himoya qilish ustuvorligi;

  • tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurtmasi bo'yicha yetishtirilayotgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakllantirish;

  • shirkat хо'jaliklarini, birinchi navbatda past rentabelli vа zarar ko'rib ishlayotgan korxonalarni fermer хо'jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmi joriy etilishi;

  • qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan xarakterlanadi.

Xizmat ko'rsatish sohalari ob'ektlarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida tashkil etish boshlandi. Ular birinchi navbatda yangi fermer xo'jaliklari tuzilayotgan hududlarda barpo etilmoqda. Shunday qilib, qishloq хо'jaligi o'tish davrining murakkab bosqichlarida o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajara oldi.
Q'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to’g’risida"gi Farmoni qishloq xo'jaligida tarixiy ahamiyatga ega hujjat bo'lib, tarmoq rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.
Farmon ayrim idora vа vazirliklarning shirkat hamda fermer xo'jaliklari erkin faoliyatiga to'g'anoq bo’lib kelgan buyruqbozlik vа taqsimot funksiyalariga chek qo'ydi.
Ushbu hujjat qishloq хо'jaligida mana shunday kamchilliklarni bartaraf etish yo'llarini hamda yaqin kelajakda agrar sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo'nalishdagi vazifalarni aniq belgilab berdi.







  • Yer maydonlarining shahar markazlari, bozorlar, yo'llar vа suv manbalariga joylashishining uzoq-yaqinligi;

  • Yerlarda ekin turlarini joylashtirish imkoniyatlari darajasi.



Shunday qilib, renta o'z turlaridan qat'iy nazar, u to'lovchilar uchun xarajat, yer egalari uchun esa daromad hisoblanadi. U, bir tomondan, doimiy xarajatlarni shakllantirsa, ikkinchi jihatdan, qat'iy belgilangan daromadni tashkil etadi.
Mulkdan haq to'lash sharti bilan ma'lum muddat foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar ijara munosabatlari deb ataladi.

Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin