Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə8/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Ijara haqi - yerdan foydalanish huquqini olishning bozor bahosi bo'lib, yerga talab vа taklifga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Ijara haqining iqtisodiy asosi bu yer rentasi. Shu bilan birga miqdoran rentadan farq qiladi. Birinchidаn, barcha renta ijara haqiga kirmasligi mumkin, masalan, differensial renta П. Ikkinchidan, ijara haqi renta bo'lmagan to'lovlarni, masalan, yer uchastkadagi mavjud ombor, inshoot vа boshqalar uchun haqni ham o'z ichiga oladi.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijaraga berilmay sotiladi va sotib olinadi. Yerga xaridor uni yer keltiradigan daromad uchun sotib oladi. Ya'ni noaniq uzoq vaqt davomida doimo barqaror ravishda daromad olishga bo’lgan huquq sotib olinadi.
Sotiladigan yer uchastkalarning bahosi bevosita u keltiradigan ijara haqi bilan bog’liq. Ssuda protsentiga ham bog’liq.
Agrosanoat birlashmalari vа kombinatlari agrobiznesning yana bir turlaridir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi vа unga bog'liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi bir necha хо'jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog'dorchilik vа uzumchilik bilan shug'ullanuvchi хо'jaliklar, ular mahsulotni qayta ishlovchi sex vа zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlаshmа ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo'jalik vа moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq хо'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash vа iste'molchiga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi хо'jalik vа korxonalarning ma'lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko'ngilli vа paychilik mablag'lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma vа ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Qishloq хо'jaligida davlat korxonalari, jamoa хо'jaliklari vа shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko'shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko'rsatadi.

  1. Yüklə 191,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin