Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə11/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Agrosanoat majmuasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulami tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq tarmoqlar yig'indisidir.
Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi aholining oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste'moli tovarlariga bo'lgan ehtiyojlarini to'laroq va samaraliroq qondirishdan iborat.
Mamlakatimiz agrosanoat majmuasi agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining mahsuli bo’lib, o'tgan asrning 70- yillaridan boshlab yagona tizim sifatida shakllana boshladi.
Agrosanoat majmuasining pirovard mahsulotini yaratishda ishlab chiqarish va muomala sohasining turli bosqichlarida bevosita va bilvosita 70dan ortiq tarmoqlar ishtirok etadi. Agrosanoat majmuasi tarkibiga texnologik va iqtisodiy jihatdan o'zaro bog'liq va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oxirgi iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan jarayonda bevosita ishtirok etuvchi tarmoqlar kiradi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan tarmoqlar o'rtasidagi nisbat agrosanoat majmuasining tarmoq tarkibini tashkil etadi.
Agrosanoat majmuasi 4ta sohani o'z ichiga oladi.
Chunki iqtisodiy jihatdan erkin bo'lgan fuqaro, haqiqiy mulkdorgina o'z mol-mulkini samarali tasarruf etishdan, o'z boyligini ko'paytirishdan manfaatdor bo'libgina qolmay, balki butun mamlakatni, boyitishga ham qodir bо'lаdi."3
Fermer хо'jaliklarini tashkil etish tanlov asosida, oshkoralikni ta'minlagan holda amalga oshirilmoqda. Fermer xo'jaliklari mamlakatimiz sharoitida ham xo'jalik yuritishning eng samarali shakli ekanligini qisqa muddat ichida isbotlay oldi. Buni 2006 yilning boshida tugatilgan shirkat хо'jaligi negizida tashkil etilgan 125,7 ming fermer хо'jaliklarining ilk natijalari yaqqol ko'rsatib turibdi. Ularning soni o'tgan yilga nisbatan 21,7 mingga ko'paygan. Fermer хо'jaliklarning qishloq хо'jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 18,6%dan 24,5%ga oshdi.
Yangidan tashkil etilgan fermer хо'jaliklarida birinchi yilning o'zidayoq paxtaning hosildorligi 6,4 sentnerga, donning hosildorligi 5,3 sentnerga oshdi. Rentabellik darajasi paxtada - 12,8 foizdan 18,9 foizga, donchilikda - 1,9 foizdan 19,8 foizga yetdi. Fermerlarda mahsulot birligiga ketadigan moddiy resurslar sarfi sezilarli darajada kamaydi. Moddiy xarajatlar har gektariga mineral o'g'it bo'yicha 46 kilogramm, yonilg'i-

I soha



Infratuzilma

    1. soha


    1. soha

moylash materiallari bo'yicha 67 kilogrammga kam bo'ldi. Ularda mahsulot miqdorining ko'payishi asosan ekinlar hosildorligi va chorva mahsuldorligining oshishi evaziga yuz bermoqda.
Ilk bora yuqorida qayd etilgan o'sish sur'atlariga оb- havoning qulay kelishi natijasidagina emas, balki zarar bilan ishlayotgan shirkat xo'jaliklari o'rnida fermer xo'jaliklarini tashkil etish, korxonalarni kreditlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazish, zarur miqdordagi mineral o'g'itlar bilan o'z vaqtida ta'minlash va shartnoma munosabatlarini takomillashtirish evaziga erishildi.


Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin