Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə1/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES


1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri - bu bozor munosabatlariga asoslangan agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy negizini shakllantirish, mulkiy munosabatlarni takomillashtirish, faol tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishdir. Bu esa qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur'atlarini ta'minlashga, qishloqda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga, mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi.


Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda agrar sektor muhim rol o’ynaydi. YaIM tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 25 %ni tashkil etdi. Agrar sektor oxirgi yillar davomida barqaror sur’atlarda rivojlanib kelmoqda. Barcha mulk shakllarida yaratilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarning umumiy hajmi 5395,5 mlrd so’mni tashkil etdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 % o’sish taminlandi.



Qishloq xo’jaligi
mahsulotlari

Yillar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

Paxta xom ashyosi,
ming t.

3002

3265

3122,4

2803,3

3536,8

3749,0

Don, ming t.

3929

4072

5792,6

6319,2

6000,8

6540,9

Kartoshka, ming t.

734,1

744

777,2

834,4

895,7

924,2

Sabzavot, ming t.

2644

2778

2935,6

3301,4

3336,1

3517,5

Mevalar, ming t.

791

801

842,9

765,8

851,7

949,3

Uzum, ming t.

624,2

573

516,4

401,5

589,1

641,6

Poliz mahsulotlari,
ming t.

451,4

466

479,1

587,3

572,5

615,3

Go’sht (tirik vaznda), ming t.

842

854

865

935,7

998,3

1060,4

Sut, ming t.

3633

3665

3721,3

4031,1

4280,5

4554,7

Tuxum, mln dona

1254

1288

1368,9

1632,4

1860,3

1966,4



O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari


13. Quyidagilarning qaysi biri agrobiznesning asosiy shakli hisoblanadi?

  1. Fermer xo’jaligi

  2. Konserva zavodi

  3. Agrofirma

  4. Agrosanoat kombinatlari

  5. Yuqoridagilarning barchasi

MASALALAR


  1. Differensial renta Ining hosil bo’lishi jadvalini to’ldiring.




Yer sifati

Yer miqdori, ga

Yalpi hosil, s

Umumiy xarajatlar, ming so’m

1s hisobidan o’rtacha xarajatlar,
ming so’m

1s mahsulotning bozor narxi, ming so’m

1s mahsulot uchun differensial renta I, ming so’m

1 ga uchun hisoblangan differensial
renta I, ming so’m

O’ta
yomon

1

15

120













Yomon

1

18

120













O’rta

1

20

120













Yaxshi

1

22

120













Juda
yaxshi

1

25

120
















  1. Differensial renta IIning hosil bo’lishi jadvalini to’ldiring.


Sifati bir xil yer uchastkalari

Yer miqdori, ga

Yerga boshlang’ich sarflar, ming so’m

Yerga qo’shimcha sarflar, ming so’m

Hosildorlik, s/ga

Yalpi hosil, s

Umumiy xarajatlar, ming so’m

1s. mahsulotning xarajati, ming so’m

1s. mahsulotning bozor narxi, ming so’m

Umumiy differensial renta II, ming so’m

1 ga uchun hisoblangan differensial renta II, ming so’m

А

8

800

-

20



















Б

6

600

200

30



















В

5

500

300

40



















Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo'lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o'zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o'simlik "oziqlanishi" mumkin bo'lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta'siri natijasida, ya'ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun'iy yo'l bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.



  1. Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang

  1. Yerga bo'lgan talab

  2. Shu yerda yetishtiriladigan mahsulot bahosi

  3. Yerning unumdorligi

  4. Qo'llaniladigan boshqa resurslar bahosi

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

  1. Yerni iqtisodiy resurslarning boshqa turlari (kapital, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati)dan farqlovchi asosiy omil nima?

  1. Miqdorning nisbatan cheklanganligi

  2. Tabiat mahsuli ekanligi

  3. Miqdori doimiyligi (qayd qilinganligi)

  4. Bahoga ega emasligi

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

  1. Agrar munosabatlarning xususiyatlarini nima belgilab beradi?

  1. Yerning asosiy mehnat vositasi vа predmeti hisoblanishi

  2. Iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlari bilan bog'lanib ketishi

  3. Ishlab chiqarish vaqti bilan ish davri o'rtasidagi farqning nisbatan kattaligi

  4. Ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterda bo'lishi

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

  1. Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlaridan kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi?

  1. Absolyut renta

  2. Differensial renta I

  3. Differensial renta II

  4. Monopol renta

  5. Yuqoridagi barcha nom bilan.

  1. Quyidagi yer uchastkalarining qaysi birida differensial renta hosil bo'lmaydi?

  1. Unumdorligi juda yuqori

  2. Unumdorligi yuqori

  3. Unumdorligi o'rtacha

  4. Unumdorligi past

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

  1. Yerdan intensiv foydalanish, ya'ni ularning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan renta qanday nom bilan ataladi?

  1. Absolyut renta

  2. Differensial renta I

  3. Differensial renta II

  4. Monopol renta

  5. To’g’ri javob yo’q

  1. Yerga bo’lgan xususiy mulkchilik, ularning unumdorligidagi farqlardan qat'iy nazar yer egalariga qanday rentani olish imkonini beradi?

  1. Monopol renta

  2. Differensial renta I

  3. Differensial renta II

  4. Absolyut renta

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

  1. Yerning tabiiy sharoitida noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish imkonini berganda qanday renta hosil bo’ladi?

  1. Absolyut renta

  2. Differensial renta I

  3. Differensial renta II

  4. Monopol renta

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

  1. Differensial renta qaysi sohalarda hosil bo’ladi?

  1. Qishloq xo’jaligida

  2. Qurilishda

  3. Undirma sanoatda

  4. Qazib oluvchi sanoatda

  5. Yuqoridagilarning barchasida.

  1. Quyidagi omillardan qaysi biri yer bahosining o’sib ketishiga olib keladi?

  1. Renta miqdorining o’sishi

  2. Ssuda foizi normasining pasayishi

  3. Inflyatsiyaning kuchayishi

  4. Noqishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yerga bo’lgan talabning o’sishi

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

  1. Agrosanoat integratsiyasi nima?

  1. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari majmuasi

  2. Ishlab chiqarishning to’planishi va kapitalning markazlashishi

  3. Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi

  4. Qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni

  5. To’g’ri javob yo’q.

Oxirgi besh yilda ilk marotaba paxtadan eng ko'p 3,5 mln tonna hosil yetishtirildi. Bunga qulay ob-havo sharoitlari, ekin maydonlarining ko'payishi, agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi, hosildorlikning oshganligi hamda fermer хо'jaliklarida paxta yetishtirishning ortganligi natijasida erishildi. Joriy yilda o'tgan yilga nisbatan don mahsulotlari 532,1 ming t., kartoshka 28,5 ming t., sabzavotlar 181,4 ming t., poliz mahsulotlari 42,8 ming t., mevalar 97,6 ming t., uzum 52,5 ming tonnaga ko'paydi. Chorvachilikda ham o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ko'rinib turibdiki, qishloq хо'jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari vа sanoat tarmoqlari uchun хоm ashyo ishlab chiqariladi. Aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq хо'jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy aloqa vа munosabatlar sodir bo'ladi.
Agrar sektorda iqtisodiy faoliyat jarayonida yuz beradigan barcha munosabatlar eng asosiy omil bo'lgan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish vа undan unumli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlar ob'ekti yer, sub'ekti esa yer egalari, хо'jalik yurituvchi va mehnat qiluvchilar hisoblanadi. Agrar munosabatlarining xususiyatlari, birinchi navbatda, yerga bo'lgan mulkchilik bilan bog'liqdir. Bizning mamlakatimizda yer davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatga foydalanishga berilmoqda.
Yer maxsus resurs. U boshqa omillardan tubdan farq qiladi.
Tengi yo'q ishlab chiqarish vositasi ekanligi tufayli uni boshqa biror narsa bilan almashtirib bo'lmaydi.
Yer miqdori cheklangan, shuning uchun yer taklifi noelastik hisoblanadi. Yerni xohlagan sharoitda takror ishlab chiqarish mumkin emas.
Yerning yana bir muhim xususiyati uning ko'chmasligidir. Yer uchastkalarini bozorga, iste'molchilarga yoki suv manbalariga yaqin bo'lishini qanchalik xohlamaylik uni ko'chira olmaymiz.
Yer foydalanish jarayonida yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha agar undan to'g'ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.

12.



Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:




Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin