Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə4/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Fermer xo'jaliklari - o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi, fermer хо'jaligi a'zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'ektdir.
Dehqon хо'jaliklari - oilaviy mayda tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi mustaqil хо'jalik sub'ekti bо'lib, oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish uchun oila boshlig'iga berilgan tomorqa yer maydonida qishloq xo'jalik mahsulotini yetishtiradilar va sotadilar.
Shirkat хо'jaligi - qishloq хо'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun pay usulida va asosan oila (jamoa) pudratida fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega, mustaqil хо'jalik yurituvchi sub'ektdir.
Agrofirmalar - muayyan turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat usulida qayta ishlashni qo'shib olib boradigan korxonadir.
Agrosanoat birlashmalari - qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishining bir necha o’zaro bog’langan turlari, ularga xizmat ko’rsatuvchi va tijorat ishi bilan shug’ullanuvchi korxonalar birlashmalaridir.
Agrosanoat kombinatlari - qishloq хо'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste'molchilarga etkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi хо'jalik va korxonalarning ma'lum bir hududda birlashuvidir.

TEST SAVOLLARI





  1. Quyidagilardan qaysi biri yerga bo’lgan mulkchilik huquqini to’liq ta'minlaydi?

  1. Yerga egalik qilish

  2. Yerdan foydalanish

  3. Ishlab chiqarish natijalarini tasarruf etish

  4. O’z mulkidagi yerni tasarruf etish

  5. Yuqoridagilarning barchasi.

O'zbekistonda "yer - davlat mulki, umummilliy boylik..." bo'lganligi sababli yerga bo'lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. O'zbekiston Respublikasining Yer Kodeksida "Er uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy vа muddatli egalik qilish hamda foydalanish uchun berilishi mumkin"1, - deb ko'rsatilgan. Demak, yerdan foydalanuvchi yer egasi bo'lishi shart emas.
Yerga egallik jismoniy vа huquqiy shaxslarning ma'lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan an'analar yoki qonuniy asosda belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda, avvalo, yerga bo'lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko'zda tutiladi. Yerga egalikni yerga bo'lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi.

Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin