Agrar munosabatlar va agrobiznes



Yüklə 191,7 Kb.
səhifə3/15
tarix24.12.2023
ölçüsü191,7 Kb.
#193274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Differensial renta I - yerning tabiiy unumdorligi va iste'molchilarga nisbatan joylashuviga ko'ra farq natijasida hosil bo'lgan differensial renta.
Differensial renta П - yerga qo'shimcha kapital sarf1ab olingan daromaddagi farq.
Absolyut renta - qishloq xo'jaligida yerga bo'lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o'rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta - alohida tabiiy iqlim sharoitiga ega bo'lgan, noyob qishloq хо'jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undirma sanoatda renta - foydali qazilma konlarining joylashuvi va konlarning boyligidagi farqlar natijasida vujudga keladi.
Ijara munosabatlari - mulkdan haq to'lash sharti bilan ma'lum muddat foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar.
Ijara haqi - yerdan foydalanish huquqini olishning bozor bahosi bo’lib, yerga talab va taklifga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.
Agrosanoat integratsiyasi - qishloq хо'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat majmuasi - qishloq хо'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ish1ash, saqlash va tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq tarmoqlar yig'indisidir.
Bozor infratuzilmasi - barcha xo'jalik sub'ektlari o'rtasida sodir bo'ladigan bozor munosabatlarining shakllanishida bevosita ishtirok etuvchi, ularni muvofiqlashtiruvchi, maqsadli yo'naltiruvchi va ishlab chiqarishdan iste'mol qilishgacha bo'lgan jarayonlarning uzluksizligini ta'minlashga qaratilgan muassasalarni o'z ichiga oluvchi butun bir yaxlit majmuadir.

Agrobiznes - tadbirkorlik faoliyatining qishloq хо'jaligi va u bilan bog'liq sohalardagi namoyon bo'lish shakli.

Yüklə 191,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin