Agrar munosabatlar va agrobiznyes



Yüklə 100 Kb.
səhifə6/11
tarix16.03.2023
ölçüsü100 Kb.
#88086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Agrar munosabatlar va agrobiznyes

Ijara haqi. Renta munosabatlarining qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e‘tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdori bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi qo’yidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to’langan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (F), yer uchastkasini ijaraga berguncha qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada qo’yidagicha yozish mumkin:
IX = R+ F+ A (1)
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob‘ekti emas, balki oldi-sotdi ob‘ekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi?
Ma‘lumki, yer inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in‘omlari narxini irratsional narxlar deb aytaydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishdan olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog’liq:
1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan yer rentasi miqdoriga;
2) ssuda foizi me‘yoriga.
SHundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Yeb = R × 100% (2).
F
Bunda: Yeb – yerning bahosi, narxi; R – renta; F’- ssuda foizi me‘yori.
Misol keltiramiz: R – 15 ming dollar, F’- 5% bo’lsa, bunda yerning narxi Yeb – 300 ming dollarga teng bo’ladi. Yerning egasi faqat shu narxdagina yerini sotish mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi.
Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me‘yori passayib borgan taqdirda yerning narxi o’sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta‘sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, yerga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yer narxining o’sishiga olib keladi.



Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin