Agrar munosabatlar va agrobiznyes


Yerdan foydalanish huquqi



Yüklə 100 Kb.
səhifə2/11
tarix16.03.2023
ölçüsü100 Kb.
#88086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Agrar munosabatlar va agrobiznyes

Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi. Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita bog’liqdir. Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo’lgan ishchi kuchi yaratadi. Aytish mumkinki, ishchi kuchi - moddiy vositalarni harakat keltiruvchi ishlab chiqarishning ustuvor omilidiр.


2-savol. Renta munosabatlari
Yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shaklida bo’lgan barshina (ishlab berish), obrok berish (natura soliq) va pul solig’i shakllaridan feodal rentalaridan iboratdir. Hozirgi vaqtda renta quyidagi turlarga bo’lingandir:
1. Absolyut yer rentasi;
2. Differentsial (tabaqalashgan) renta I va II;
3. Monopol renta;
4. Qazilma boyliklar rentasi;
5. Qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik - tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob‘ekti yoki xo’jalik yuritish ob‘ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya‘ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi. Yerning miqdori va uning sifati (tabiiy unumdorligi) cheklanganligi sababli, yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan foydalaniladi, renta hosil qilinadi.
Yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoiti qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllantirishni tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijasida o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Demak, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi)dagi farqlardir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlariga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bo’linadi.

Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin