turga hujum qiladi. Bo‘ri quyonga hujum qilsa, agressiya emas, ov hisoblanadi. Shu
kabi, ovchining o‘rdak otishi yoki baliqchining qarmoq tashlashi agressiya emas.
Chunki ular o‘ljaga nisbatan qo‘rquv, g‘azab yoki nafrat hissini tuymaydi. Agressiv
xulq-atvorni esa, ushbu tuyg‘ular yuzaga keltiradi. Bir hayvon ikkinchisining jahlini
chiqarsa yoki xavf tug‘dirsa (o‘ziga, hududiga, uyiga, bolalariga) yoki shunchaki
notanish hamda shubhali ko‘rinsa, agressiyaga duch keladi. Agressivlik hayvonlarda
hudud bilan bog‘liq ravishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu holat Govard
tomonidan 1920 yilda kashf qilinganidan so‘ng, ma’lum bo‘ldiki, bu holat juda keng
tarqalgan ekan. Ko‘p hayvonlar o‘z hayotlarining bir bo‘lagi sifatida o‘z hududlarini
qattiq himoya qiladilar. Hududlar ayrim hayvonlarda, ko‘proq yovvoyi hayvonlarda,
individual bo‘lsa, aksar hayvonlar to‘da yoki podaning umumiy hududiga egadirlar.
Agar biron bir hayvonga tegishli hududga boshqasi, o‘sha turning vakili bo‘lsa ham,
tashrif buyuradigan bo‘lsa, xo‘jayinning qarshiligiga uchraydi va bu qarshilik
hududning markaziga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Aksincha, boshqa hayvon
hududida agressivlik pasayib, begona hayvon qochishga harakat qiladi (Buni yaxshi
bilgan hayvon o‘rgatuvchilar qafasga birinchi bo‘lib o‘zlari kiradilar. Ikkinchi bo‘lib
kirgan hayvon qafasni hayvon o‘rgatuvchining hududi sifatida qabul qiladi va uning
agressivligi yo‘qoladi). Aslida esa, hayvonlarda hudud agressiya natijasida yuzaga
keluvchi tushunchadir. Lorensning fikriga ko‘ra, agressivlik oddiy instinktdir (barcha
biologlar ham bu fikrga qo‘shilavermaydilar). Buni isbotlash uchun u va uning
xodimlari bir qator tajribalar o‘tkazganlar. Ular hayvonlarni turdoshlaridan alohida
saqlab, ularda agressivlik o‘rganish orqali emas, tug‘ma mavjud bo‘lishini
isbotlaganlar. Masalan, alohida saqlangan sichqonlar va kalamushlar o‘zlarini
turdoshlariga qaraganda agressivroq tutishgan. Ular o‘z turdoshlariga ham darhol
hujum qilganlar, bunda ular o‘z turiga xos usullarni qo‘llaganlar. Agressiya doimo
qo‘rquv bilan birga yuradi, qo‘rquv har doim agressiyani yuzaga keltiradi. Buni turli
hayvonlarda olib borilgan tajribalar ko‘rsatib bergan. Agar hayvonlar qo‘rqitiladigan
bo‘lsa, ular agressivroq bo‘lib qolishgan. Bu insonlar to‘dasi yoki butun jamiyatda
ham kuzatilishi mumkin. Agressivlik eng xavfli holatdir.
Dostları ilə paylaş: