Agressiya va agressiv xulq-atvorning turli shaxs
nazariyalaridagi talqini
Xumora Zavqiyevna Tohirova
olimovlaziz82@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada agressiya va agressiv xulq-atvorning turli shaxs
nazariyalaridagi talqini haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
agressiya, agressiv xulq-atvor, ochiq va latent shakllar, Biologik
nazariya, ekologik yondashuv
Interpretation of aggressive and aggressive behavior in
different personal theories
Xumora Zavqiyevna Tohirova
olimovlaziz82@gmail.com
Bukhara State University
Abstract:
This article discusses the interpretation of aggression and aggressive
behavior in different personality theories
Keywords:
aggression,
aggressive behavior, open and latent forms, Biological
theory, ecological approach.
Psixologiyada agressiya deganda, boshqalarni o‘ziga bo‘ysindirish yoki ularning
ustidan hukmronlik qilish maqsadida, fantaziyasida (xayol surish) yoki real xulq-
atvorda namoyon bo‘ladigan tendensiyani (intilishni) tushunadilar. Ushbu tendensiya
universal xarakterga ega bo‘lsada, ammo “agressiya” atamasining o‘zi
umuman
neytral ma’no kasb etadi. Aslida agressiya hayot va yashash qiziqishlariga xizmat
qiladigan, pozitiv, hamda o‘zinig agressiv xohishini qoniqtirishga yo‘naltirilgan,
negativ ahamiyat kasb etishi mumkin.
Agressiya psixik reallik sifatida aniq xarakteristikalarga ega: yo‘naltirilganligi,
namoyish etish shakllari, intensivlik. Agressiyaning maqsadi - xususan
jabrlanuvchiga azob (zarar) yetkazish (dushmanlik agressiyasi), hamda agressiyani
boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash (instrumental agressiya)
hisoblanadi. Agressiya tashqi ob’ektlarga insonlar va predmetlar yoki o‘ziga
yo‘naltiriladi. Boshqa insonlarga yo‘naltirilgan agressiya
jamiyat uchun maxsus
xavfni tashkil etadi. A.Bandura va R.Uolter uni asotsial agressiya deb ataganlar va
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1736
uni ijtimoiy-destruktiv xarakterli xarakatlar bilan bog‘laydilar, buning natijasida
boshqa shaxs yoki mulkka zarar yetkazilishi mumkin, biroq bu harakatlar qonuniy
nuqtai nazaridan jazolanmasligi ham mumkin.
Agressiya ochiq va latent shakllarga ega bo‘lishi mumkin. “Agressiya”
atamasini vayron etish niyatlarini belgilash uchun qo‘llanilishiga
qaramasdan, uni
pozitiv namoyishlarini baholash uchun masalan, manmanlikdan kelib chiqqan faollik
uchun keng qo‘llaydilar, Bunday harakatlarni o‘z mavqeini o‘rnatish deb
belgilaydilar, shu bilan bu harakatlar do‘stona motivatsiya yordamida paydo
bo‘lganini ta’kidlaydilar. Ular raqobat, yutuqlarga intilish, hazil, sport musobaqalari
va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi.
Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi: nizo chiqarish,
bosim o‘tkazish, majburlash, tilining yomonligi, negativ baholash, hamla qilish yoki
jismoniy kuchni qo‘llash bo‘lsa, yashirin shakllari aloqadan qochish, kimgadir zarar
yetkazish maqsadiga befarqlik, o‘ziga ziyon yetkazish va o‘z joniga qasd qilish
kabilarda namoyon bo‘ladi.
Agressiyaning ichki reprezentatsiyalari turli
agressiv affektlar orqali, xususan
asabiylashish, hasad, nafrat, g‘azab, chidamlilik, vahshiylik, jinnilik va qutirish
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin,. Agressiv affektlar
intensivligi ularning
psixologik funksiyasi bilan hamjihatlikda, agressiya individ uchun avtonomiyani
saqlab qolish, azob yoki xavf manbaini yo‘qotish, ehtiyojlarini qondirish yo‘lida
to‘siqlarni yo‘q qilish, ichki nizoning yechimi, o‘zini baholashning o‘sishi kabi
muhim funksiyalarni bajarishi va bunday vaziyatda agressiyani shaxs to‘la-to‘kis
yoki qisman anglamasligi mumkin.
Nafrat - eng murakkab agressiv va intensiv affektlardan biri bo‘lib, nafratga
chalingan insonning asosiy maqsadi agressiya ob’ektini yo‘qotishga
qaratilib
shubhasiz, nafrat jiddiy xavfni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, g‘azabning normal
reaksiyasi bo‘lishi ham mumkin. Ma’lum sharoitda nafrat va qasoskorlik noadekvat
tarzda kuchayishi mumkin. Nafrat ob’ekti bilan munosabatlar agressor shaxsiyati
uchun muhim qadriyatga ega. U nafrat ob’ektini chin dildan yo‘qotishni istaydi va
shu bilan birga u bilan munosabatlarni saqlab qolishga intiladi.
Quyida turli
psixologik nazariyalarda agressiv xulq-atvor muammosining tadqiqi bilan bog‘liq
tahlillarni keltirib o‘tamiz.