Agrokimyo fanidan hisobot



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə2/8
tarix19.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#65474
1   2   3   4   5   6   7   8
Agrokimyoviy xaritanomalar

Agrokimyoviy tekshirish bitta xoʻjalikning oʻzida har-hil chuqurlikda oʻtkaziladi: bogʻ va sabzavotlarni almashlab ekishda eng batafsil tekshirish, dala almashlab ekishda - kamroq, yaylovda yana kamroq, dashtda esa eng kam batafsillikda oʻtkaziladi. Agrokimyoviy tekshirishga tayorgarlik ishlari.

31-rasm. Agrokimyogarlar tuproqni tekshiradilar
3.2.Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish va tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish ishlari boʻyicha umumiy qoidalar.
1.1. Tuproq agrokimyo tekshiruv ishlari ekin maydonlarini haydalma qatlamidan aralash tuproq namunalarini olish, ularni agrokimyoviy taxlil qilish, olingan maʼlumotlar va taxlil natijalariga koʻra, agrokimyoviy xaritanomalar tuzish va ular asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.
Agrokimyoviy xaritanomada tuproqlarning oziqa moddalar bilan taʼminlanganligi yaʼni oziq elementlar taʼminlanganlik darajasi boʻyicha shartli belgilarda ifoda etiladi.
Agrokimyoviy xaritanomalar yirik va kichik masshtabli boʻlib, mahalliy va mineral oʻgʻitlarni samaradorligini oshirishda, hamda tabaqalashtirilgan holda kiritishda, agrokimyo xizmatida foydalaniladigan muhim ilmiy asoslangan hujjat hisoblanadi.
Agrokimyoviy xaritanomalar fermer xoʻjaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilarning oʻsimliklarni oziqlantirishda, kiritilayotgan mahalliy va mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabini aniqlash va yillik oʻgʻit meʼyorini belgilashda, hamda agrotexnik va agrokimyoviy chora tadbirlarni toʻgʻri qoʻllash imkonini beradi.
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasida tasdiqlangan 2017-yil 14-fevralda 03/1-771 sonli “Agrokimyoviy taxlillar asosida agrokimyoviy xaritanomalar ishlab berish hamda bajariladigan ishlarning moliyalashtirish taqsimoti” ga muvofiq, bir davr (tur) uchun yaʼni 2017-2020-yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlari (oraliq va takroriy ekinlar bilan) ekiladigan jami 3623,5 ming gektar, jumladan, 2017-yilda, 894,3 ming gektar, 2018-yilda, 922,7 ming gektar, 2019-yilda, 900,6 ming gektar va 2020-yilda, 906 ming gektar maydonlarda tuproq agrokimyo tekshiruv ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
“Agrokimyo stansiyasi” MCHJ va uning xududiy filiallari hamda shartnoma kelishuv asosida bajaruvchi boshqa tashkilotlarda fermer xoʻjaligi va yerdan foydalanuvchilarga uchun tuproq agrokimyo tekshiruvlar oʻtkazish va agrokimyoviy xaritanomalar tuzish boʻyicha bajariladigan ishlari yagona qabul qilingan uslubiyatda yaʼni, 5 bosqichda amalga oshiriladi:
1.3.1. Tuproq agrokimyo tekshiruv tayorgarlik bosqichi.
1.3.2. Tuproq agrokimyo tekshiruv dala izlanish bosqichi.
1.3.3. Laboratoriya agrokimyoviy taxlil qilish bosqichi
1.3.4. Agrokimyoviy xaritanoma tuzish va rasmiylashtirish (kameral va kompyuter-kartografiya) bosqichi.
1.3.4. Agrokimyoviy xaritanoma asosida xulosa va tavsiyalar berish va topshirish bosqichi.
1.4. “Agrokimyo stansiyasi” MCHJ va uning xududiy filiallari shuningdek, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi, “Agrokimyohimoya” HAJ, viloyat yer resurslari davlat qoʻmitasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda, rejalashtirilgan tumanlar va ularning sugʻoriladigan maydonlarida “tuproq agrokimyo tekshiruv ishlarini oʻtkazish boʻyicha” takliflar tayyorlaydilar.
Ushbu takliflarga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar xokimlari shuningdek, rejalashtirilayotgan tuman xokimlarining “tuproq agrokimyo tekshiruv ishlarini oʻtkazish boʻyicha” qarorlari qabul qilinadi.
Tuman xokimlari qarorida xududlardagi fermer xoʻjaliklari va boshqa erdan foydalanuvchilarning soni va maydonlari, shuningdek, tuproq agrokimyo tekshiruv ishlarini oʻtkazish muddatlari belgilanadi.
1.5. Tumanlardagi barcha paxta va gʻalla yoʻnalishidagifermer xoʻjaliklari va boshqa erdan foydalanuvchilar bilan Adliya vazirligidan 2017-yilning fevralida roʻyxatdan oʻtgan loyixasi asosida shartnomalar tuziladi.
Tuzilgan shartnomalar oʻrnatilgan tartibda tuman fermerlar kengashi va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimidan xuquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, 3 nusxada shartnomalar reestri tuziladi.
Shartnomalar reestri tuman fermerlar kengashi va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan tasdiqlanib bir nusxasi tuman monitoring markaziga, bir nusxasi tuman Agrobankiga taqdim etiladi va bir nusxasi viloyat “Agrokimyo stansiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat filiallari” saqlanadi.
1.6. Tuman Agrobanki reestr boʻyicha vazirligi va Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi korxonalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosilining 1 tonnasini etishtirish harajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kredit mablagʻlarini eng koʻp miqdori yuzasidan tavsiya” dagi “Harajat turlarining 4-bandi yaʼni, “Agrokimyo stansiyalari xizmti” da belgilangan miqdorlar boʻyicha, ekin turlariga koʻra, ajratiladigan mablagʻ talabini aniqlab, tuman Monitoring markazi orqali Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmaga taqdim etadi.
1.7. “Agrokimyo stansiyasi” MCHJ va uning xududiy filiallari Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarma tomonidan fermer xoʻjaliklariga “Agrokimyo stansiyalari xizmtlari” uchun ajratilgan mablagʻlarni tuzilgan shartnomalar asosida koʻrsatilgan miqdorlarini oʻrnatilagan tartibda oʻzlashtirib, fermer xoʻjaliklari ekin maydonlarida tuproq agrokimyo tekshiruv ishlarini boshlaydi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin