3.2.2. Dalada bajariladigan tekshirish. 3.1. Tuproqlarni agrokimyoviy tekshirishning dala ishlari 2 bosqichdan iborat:
a) maydonni elementar uchastkalarga boʻlish;
b) elementar uchastkalardan oʻrtacha tuproq namunalarini olish.
3.2. Maydonni elementar uchastkalarga boʻlishda, eng avvalo, joydagi mavjud oriyentir (belgi) larga ahamiyat berish kerak. Atrofda koʻp miqdorda oriyentirlar (simyogʻochlar, daraxtlar va x.k.) joylashgan dala ishchi xarita asosida elementar uchastkalarga boʻlib chiqiladi.
3.3. Dala elementar uchastka hajmidagi kataklarga boʻlib chiqiladi.
Bu ish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Dastlab, dalaning bir tomonidagi chegarasi boʻylab ruletka yordamida yoki kalam bilan elementar uchastkaning joydagi boʻyiga teng boʻlgan masofasi oʻlchanadi va koziq qoqiladi. (3.3.1-chizma).
Soʻngra, birinchi koziqdan xuddi shuncha masofada ikkinchi va x.k. qoziqlar oʻrnatib chikilib, dalaning chegarasi boʻylab AV toʻgʻri yoʻnalishi oʻtkaziladi. Oʻtkazilgan AV yoʻnalishiining A va V nuqtalarida ekker yordamida toʻgʻri burchaklar hosil qilinadi va tekshirilayotgan dala chegarasi boʻylab AV yoʻnalishiiga perpendikulyar boʻlgan AD va VS yoʻnalishilar boʻyicha qoziqlar oʻrnatib chiqiladi.
Bunda birinchi qoziqlar A va V nuqtalardan elementar uchastka enining yarmiga teng masofaga, keyingi qoziqlar esa birinchi qoziqdan elementar uchastka eniga teng boʻlgan masofaga oʻrnatib chiqiladi.
V x x x x x S
A x x x x x D
3.3.1-chizma.Maydonni elementar uchastkalarga boʻlish X - qoziqlar → - namuna oluvchining yoʻnalishi
AD va VS yoʻnalishilari boʻylab qarama qarshi joylashgan qoziqlar oraligidan uchastkada yoʻnalishi boʻyicha namuna oluvchining marshrut yoʻli oʻtadi. Buning uchun namuna oluvchi AD yoʻnalishiidagi birinchi qoziqdan dalaning qarama-qarshi tomonidagi VS yoʻnalishi oʻrnatilgan birinchi qoziqni moʻljalga olib harakatlanadi.
Elementar uchastkaning chegaralari dalaning yon tomonlaridagi AV va DS yoʻnalishilari boʻyicha oʻrnatilgan qoziqlarga nigoh tashlab, vizual ravishda belgilanadi. Oʻrtacha tuproq namunasini tashkil qiluvchi xususiy namunalar olinadigan nuqtalar orasidagi masofani aniqlash uchun elementar uchastkaning uzunligi unga boʻlinadi. Relyefi tekis boʻlgan maydonlarda namuna olish yoʻnalishii maydonning istalgan tomoniga parallel qilib tanlab olinishi mumkin, nishab joylarda esa yoʻnalishi faqat qiyalikka koʻndalang qilib belgilanadi.
3.4. Oʻrtacha tuproq namunasini olish texnikasi ishlatiladigan bir xiliga bogʻliq. Haydalma qatlamdan tuproq namunalari koʻp hollarda Osipov buri yoki Germaniyada tayyorlangan bur yordamida olinadi.
3.5. Elementar uchastkaning haydalma qatlamidan olingan 30-40 gr ogʻirlikdagi 10 ta xususiy namunani xaltacha, paket yoki qogʻoz qutiga solib birlashtiriladi va oʻrtacha tuproq namunasi hosil qilinadi. Agar bir elementar uchastka doirasida mikrorelefi, tuproq rangi va ekin turi boʻyicha keskin farqlanuvchi maydonchalar mavjud boʻlsa, ulardan olingan xususiy namunalar aralashtirib yuborilmay, alohida oʻrtacha namunalar olinadi.
3.6. Har bir olingan oʻrtacha namuna yorliq bilan birga idishga solib qoʻyiladi. Yorliqda quyidagilar koʻrsatiladi: xoʻjalik nomi, namuna olingan joy (almashlab ekish yoki boshqa maydon), vaqti, namuna oluvchining familiyasi. Olingan namunalar elementar uchastka raqamiga mos ravishda raqamlanadi. Kundalik daftarga iqlim, tuproq qoplami, ekinlarning holati haqidagi maʼlumotlar yoziladi.
3.7. Yetakchi tuproqshunos-kimyogar olingan tuproq namunalarni koʻzdan kechirib, ularni quritilishini tashkil qiladi. Tuproq namunalari quyosh nuri tushmaydigan, havo almashinuvi yaxshi boʻlgan xonada quritiladi. Buning uchun tuproq namunasi qogʻoz ustiga yupqa qatlam qilib yoyiladi va vaqti- vaqti bilan aralashtirib turiladi.
Quritilgan namunalar yorliq qogʻozlari bilan birga yana haltacha yoki qutichaga solinadi, vedomosti tuzilib analiz qilish uchun laboratoriyaga yuboriladi.
3.8.Yetakchi tuproqshunos-kimyogar fermer uchun agrokimyoviy xaritanomalar tuzilishi va tavsiyanoma-ocherklarni yozilishida faol qatnashadi.
3.9. Yetakchi tuproqshunos-kimyogar oʻziga biriktirilgan tuproqshunos –agrokimyogarlar bilan birgalikda tayyor boʻlgan agrokimyoviy xaritanoma va tavsiyalarni fermer va boshqa yerdan foydalanuvchilarga yetkazib beradi, ular bilan bajarilgan ishlar yuzasidan dalolatnomalar tuzadi, mablagʻlarni tushumi boʻyicha taqqoslash dalolatnomalari tuzib, imzolangan holda reestrini jamiyat hisobxonasiga taqdim etadi.