Agrokimyo fanidan hisobot


Tuproqlarni chirindi miqdori boʻyicha guruhlash



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə7/8
tarix19.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#65474
1   2   3   4   5   6   7   8
Agrokimyoviy xaritanomalar

Tuproqlarni chirindi miqdori boʻyicha guruhlash

Guruh nomeri

Taʼminlanganlik darajasi

Chirindi mikdori, % (Tyurin boʻyicha)

Xaritada belgilangan rangi

1

Juda kam

<0,4

Och sariq

2

Kam

0,4-0,8

Sariq

3

Oʻrtacha

0,8-1,2

Och yashil

4

Oshirilgan

1,2-1,6

Yashil

5

Yuqori

1,6-2,0

Jigar rang

6

Juda yuqori

>2,0

Toʻq jigar rang



KARTOGRAMMA



32-rasm.Tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini koʻrsatuvchi kartogramma

va toʻq jigarranggacha boʻyaladi. Chirindi miqdorining ortishiga qarab ranglar ham toʻqlashib boradi.


5.5. Muayyan tuproq tipi uchun tavsiya etilgan uslublardan biri boʻyicha fosfor miqdori aniqlangach, barcha tuproqlar harakatchan fosfor bilan taʼminlanganlik darajasiga koʻra 5 ta guruhga boʻlinadi: juda kam, kam, oʻrtacha, yuqori, juda yuqori.
Har bir guruh uchun alohida rang belgilangan boʻlib, agrokimyoviy xaritanomani boʻyashda ana shu rangdagi boʻyoqlardan foydalaniladi.
Fosfor miqdorining ortib borishiga qarab xaritanomalar och yashil, yashil, och havo rang, havo rang, binafsha ranglardan foydalanib boʻyaladi.
13-Jadval
Tuproqlarni harakatchan fosfor miqdori boʻyicha guruhlash

Guruh nomeri

Taʼminlanganlik darajasi

R2O5 miqdori,
mg/kg

Xaritada belgilangan rangi

1

Juda kam

<15,0

Och yashil

2

Kam

15,1-30,0

Yashil

3

Oʻrtacha

30,1-45,0

Och xavo rang

4

Yuqori

45,1-60,0

Havo rang

5

Juda yuqori

>60,0

Binafsha rang



KARTOGRAMMA

33-rasm.Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor darajasini koʻrsatuvchi

5.6. Tuproqlarni harakatchan kaliy miqdori taʼminlanganlik darajasiga koʻra beshta guruhga boʻlinadi: juda kam, kam, oʻrtacha, yuqori va juda yuqori.


Harakatchan kaliy miqdorining ortib borishiga qarab, ushbu guruhlar xaritada och sariq, zargʻaldoq, jigar rang va toʻq jigarranglardan iborat besh xil rang bilan belgilanadi. (14-jadval)
14-Jadval
Tuproqlarni harakatchan kaliy miqdori boʻyicha guruhlash

Gurux nomeri

Taʼminlanganlik darajasi

K2O mikdori,
mg/kg

Xaritada belgilangan rangi

1

Juda kam

<100,0

Och yashil

2

Kam

100,1-200,0

Sariq

3

Oʻrtacha

200,1-300,0

Zargʻaldok

4

Yuqori

300,1-60,0

Jigar rang

5

Juda yuqori

>400,0

Toʻq jigar rang

KARTOGRAMMA



34-rasm. Tuproq tarkibidagi almashinuvchi kaliy darajasini koʻrsatuvchi


3.2.5.Agrokimyoviy xaritanoma tuzishda bajariladigan ishlarning tartibi va texnikasi
6.1 Koʻchirilgan xarita nusxasiga maʼlum bir oziq elementi (chirindi, azot, fosfor, kaliy va x.k.) boʻyicha koʻrsatkichlarni analiz natijalari yozilgan jurnaldan olib koʻchiriladi. Analiz natijalari xaritadagi elementar uchastkaning oʻrtasiga oddiy qora qalamda aniq qilib yoziladi. Soʻngra, bir xil taʼminlanganlik darajasiga kiradigan kataklar agrokimyoviy kontur qilib birlashtiriladi.
Shundan soʻng 12-14-jadvallardagi maʼlumotlarga asoslanib, turli miqdorda harakatchan oziq elementlari boʻlgan maydonlar xaritanomada tegishli rang yoki belgilar bilan belgilanadi.
6.2. Tekshirilgan maydon konturlarga boʻlinib, kerakli ranglarga boʻyalgach, xaritanomaning nomi, masshtabi va eksplikatsiyasi yoziladi. Xaritanomaning yuqoridagi chap tomonida viloyat, tuman, xudud va fermer xoʻjalikning nomlari koʻrsatiladi. Uning tagiga esa xaritanomaning masshtabi yozib qoʻyiladi.
6.3. Xaritanomaning pastki qismida eksplikatsiya jadvali joylashtiriladi va agrokimyoviy xaritanomani tuzgan tashkilot nomi hamda tuzilgan yili yozib qoʻyiladi. Eksplikatsiyada guruhlarning raqami, tuproq larning oziq elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi va ularni ifodalovchi rang, oziq elementning miqdori va guruhlar boʻyicha maydonlarning yuzasi koʻrsatiladi.
3.2.6. Agrokimyoviy ocherk tuzish.
7.1. Agrokimyoviy ocherkning kirish qismida quyidagi maʼlumotlar, jumladan agrokimyoviy tekshirishlar oʻtkazilgan yili va oyi, kim tomonidan oʻtkazilganligi, tuzilgan shartnoma raqami va sanasi, toʻlangan mablagʻ, konturlar raqami koʻrsatilgan va ulardan olingan tuproq namunalari shu jumladan tayyorlangan aralash namunalar soni koʻrsatiladi. Bulardan tashqari, shu joyda tuproq namunalarini olish va tuproqlarni laboratoriyada taxlil qilish usullari, GOST va meʼyoriy xujjatlari nomi yoziladi.
Shu bilan birga ushbu ocherkda fermer xoʻjaligining ishlab chikarish yoʻnalishii, geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari (iqlim relefi), ekin turlari boʻyicha maydoni, tuproqlarining tavsifi, qoʻllanilayotgan almashlab ekish tartibi va maydonlari, ularning ohirgi 3 yildagi oʻrtacha hosildorligi, shu davrda qoʻllanilgan oʻgʻitlarning miqdorlari va turlari, oʻgʻitlarning qoʻllash agrotexnikasi maʼlumotlari koʻrsatib oʻtiladi.
7.2. Ocherkning asosiy qismida agrokimyoviy tekshirishlar natijasi beriladi, unda fermerning konturlaridagi tuproqlarning oziqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi keltirilib, ushbu maʼlumotlar asosida fermerning ekin maydonlari gumus, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy bilan taʼminlangan darajasiga qarab guruhlarga ajratiladi.
7.3. Agrokimyoviy tekshirishlar natijasi asosida fermer xoʻjaliklari uchun ularning ekin maydonlaridagi tuproqlarining unumdorligiga umumiy baho beriladi va ekilishi rejalashtirilayotgan ekin turlari boʻyicha mineral va mahalliy oʻgʻitlardan tejamli va samarali foydalanish toʻgʻrisida tavsiya taqdim etiladi.
7.4. Agrokimyoviy xaritanomalar va tuproqlarni oziq elementlari bilan taʼminlanganlik darajasiga koʻra, belgilangan oʻgʻit meʼyorlari asosida oʻgʻitlardan foydalanish rejasini tuziladi. Bu rejada har qaysi maydon boʻyicha barcha ekinlarga beriladigan turli shakldagi oʻgʻitlarning miqdori, ishlatish muddati va usullari aks ettiriladi. Oʻgʻitlardan foydalanish rejasi har bir fermer xoʻjaligi uchun alohida tuziladi.
7.5. Yuqoridagi maʼlumotlar yigʻma jild holida tayyorlanadi. “Agrokimyo stansiyasi” MCHJ va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari rahbarlari tomonidan imzolanadi va filial muhri qoʻyiladi, oʻrnatilgan tartibda fermer rahbarlariga taqdim etiladi, shu bilan tadbir yakun topadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin