Agrokimyo fanidan hisobot Reja:
3.1.Agrokimyoviy xaritanomalar va ulardan oʻgʻitlarni qoʻllashda foydalanish.
3.2.Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish va tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish ishlari boʻyicha umumiy qoidalar.
3.2.1.Tuproq agrokimyoviy tekshiruv ishlari
3.2.2.Dalada bajariladigan tekshiruv ishlari
3.2.3.Laboratoriya sharoitida bajariladigan analitik ishlar
3.2.4.Agrokimyoviy xaritanoma tuzish
3.2.5.Agrokimyoviy xaritanomalar tuzishda bajariladigan ishlarning tartibi va texnikasi
3.2.6.Agrokimyoviy ocherk tuzish
3.2.7.Oʻgʻit meʼyorini dala tajribalarining natijalari va agrokimyoviy xaritanoma maʼlumotlari asosida belgilash.
Tayanch soʻzlar:Agrokimyoviy xaritanoma, differensial qoʻllash, xarita, masshtab, yirik, oʻrta, kichik, toʻgʻirlash koyeffitsiyenti, dala pasporti. Xarita, Xaritaioma. Tuproq xaritasi. Agrokimyoviy xaritanoma. Masshtab. Yirik. Oʻrta. Kichik masshtab. Elementar uchastka. Xaritografik asos. Pasport, dala pasporti, kontur, kontur chegaralari, adres qismi, operativ (amaliy) qism, tuproq-agrokimyoviy qism, pasportlashtirish.
3.1.Xaritanoma bu har bir xududiy birlik chegarasidagi qandaydir bir hodisaning intsensivligini (har xil toʻyinganlik darajasini) shtrih yoki ranglar yordamida koʻrsatuvchi xaritadir.
Tuproqlarni mufassal ravishda agrokimyoviy tekshirish, haydalma qatlamdan aralashgan tuproq namunasini olish, ularni bir qator agrokimyoviy koʻrsatkichlarni aniqlash uchun analiz qilish va olingan natijalar asosida agrokimyoviy xaritanomalar tuzishni oʻz ichiga oladi.
Agrokimyoviy xaritanoma- xoʻjalikning yerdan foydalanish xaritasi boʻlib, unda tuproqlarning alohida oziq elementlar boʻyicha taʼminlanganlik darajasi shartli belgilar tarzida ifoda etilgan boʻladi.
Agrokimyoviy xarita- bu tuproqning oziq elementlar bilan taʼminlanganligini yoki uning nordonlik, ishqoriylik, shoʻrtoblik, shoʻrxoqlik, shoʻrlanganlik darajasini va ohak, gipsga boʻlgan talabini koʻrsatuvchi xarita.
Hozirgi paytda hosildorlikni oshirish juda muhim hisoblanadi. Chunki yer maydoni chegaralangan. Aholi soni esa tez oʻsmoqda. Shuning uchun ham qishloq xoʻjaligini rivojlantirish asosiy masalalardandir. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalalaridan biri bu qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish, shu jumladan oʻgʻitlarni oqilona qoʻllash hisoblanadi.
Oʻgʻitlarni qoʻllash esa qishloq xoʻjalik ekinlarining oziq elementlarga boʻlgan talabini va tuproqdagi oziq elementlar miqdorini aniq bilishga asoslangan boʻlishi kerak. Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarini toʻgʻri xal etish uchun tuproqning agrokimyoviy xossalarini oʻrganish zarur. Tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish va kartografiyalash ishlari avvalo, organik va mineral oʻgʻitlardan toʻgʻri foydalanish imkonini beradi. Tuproqlar oldindan agrokimyoviy jihatdan tekshirib koʻrilmasa, oʻgʻitlardan foydalanishda, albatta xatoga yoʻl qoʻyiladi, ehtiyoj boʻlmagan joyga ortiqcha miqdorda solinadi yoki aksincha. Oziqlanish rejimini yaxshilash nihoyatda zarur boʻlgan maydonlarga yetarli miqdorda solinmaydi
Dunyo olimlarining koʻpchilk kuzatishlari tuproqdagi asosiy oziq moddalarning miqdori bilan oʻsimliklarning oʻgʻitlarini qoʻllashga boʻlgan talabi oʻrtasida aloqa borligi koʻrsatdi.
Agar tuproq, harakatchan fosforga boy boʻlsa, fosforli oʻgʻitlarni qoʻllash yuqori qoʻshimcha hosil olishga imkon bermaydi. Shu bilan birga harakatchan fosfori kam boʻlgan tuproqlarda fosforli oʻgʻitlarni qoʻllash hosilni ancha oshiradi. Shunday qilib tuproqni harakatchan oziq elementlar bilan taʼminlanganlik darajasini bila turib qishloq xoʻjalik ekinlarining oʻgʻitlarga boʻlgan talibini aniqlash mumkin.
Shuning uchun ham tuproqni agrokimyoviy tekshirish va xaritagrafiyalashdan maqsad - ushbu tuproqlarning oziq elementlari bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish hamda yuqori hosil olishga oʻgʻitlar va kimyoviy meliorantlardan samarali foydalanshi uchun zarur boʻlgan agrokimyoviy xaritanomalarni tuzishdir.
Xaritanomalar imkoni boricha koʻp miqdordagi oziq elementlarga tuzilshi kerak, chunki dehqonchilikning omillarni almashtirib boʻlmaslik qonuniga muvofiq, bir element yetishmasligi boshqa element bilan toʻldirib boʻlmaydi va bu esa oʻsimliklar tomonidan boshqa elementlarni samarali oʻzlashtirilishiga imkon bermaydi.
Oʻgʻitlarniig hosilga boʻlgan ijobiy taʼsiri ayniqsa ulardagi oziq elementlarning optimal nisbatida eng yuqori boʻladi. Oziq elementlar nisbatnning buzilishi oʻgʻitlar samaradorligini pasayishiga olib keladi. Misol uchun kam madaniylashgan tuproqlarda fosforli oʻgʻitlarsiz azotli oʻgʻitlarni bir tomonlama qoʻllash foydasiz hisoblanadi.
Oʻgʻitlardagi oziq elementlar nisbatini yoki qoʻllanilayotgan oʻgʻitlar
(N:P:K) nisbatini asosli yoki toʻgʻri ekanligini tuproqdagi oziq elementlar miqdori maʼlum boʻlganda bilish mumkin. Bu maqsadda tuproqda katta masshtabli kartografiyalash oʻtkaziladi. Uning bir qismi boʻlib agrokimyoviy xaritanomalar tuzish hisoblanadi.
Tuproq unumdorligini baholash uchun muhim hisoblangan uning asosiy morfologik va genetik xossalari tuproq xaritasida tasvirlanadi. Bu tuproq avlodi, turi, tipi, tipchasi, mexanik tarkibi, chirindi qatlamining qalinligi va uning miqdori, madaniylashtirilganlik va eroziyalanganlik darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Lekin bu koʻrsatkichlar oʻgʻitlash tizimini ishlab chiqish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp masalalarni yechish uchun koʻpincha yetarli boʻlmaydi.
Tuproqning koʻpchilik muhim agrokimyoviy xossalarini tuproq xaritasida taʼsvirlab boʻlmaydi. Alohida oʻgʻit turlariga boʻlgan talabni aniqlashda haydov qatlamidagi asosiy oziq elementlar harakatini azot, fosfor, kaliy, miqdorini bilish kerak.
Ohaklashga talabchan boʻlgan nordon tuproqlarda ularning kislotalik darajasini, gipslash kerak boʻlgan shoʻrtob va shoʻrxoq tuproqlarda singdirilgan natriy miqdorini va uning shoʻrxoqlik darajasini bilishimiz kerak. Ayrim hollarda kerakli agrokimyoviy koʻrsatgichlar tarkibini kengaytirishimiz kerak boʻladi, chirindi, harakatchan shakldagi ayrim mikroelementlar miqdori hisobiga (torfli tuproqlarda mis ohaklangan tuproqlarda bor va x.k). Kislotali qumloq va qumoq tuproqlar uchun oson harakatchan magniy miqdori muhim koʻrsatkich boʻlib hisoblanadi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatkichlarni aniqlash uchun xoʻjalikda mahsus agrokimyoviy tekshirish va tuproqni kartografiyalanshni oʻtgazish talab qilinadi.
Agrokimyo xizmat koʻrsatish tarmoqlari huzurida mineral oʻgʻitlarni qabul qilish punkti boʻlishi kerak. Bularni ihtiyorida oʻgʻitlarni tashib keltirish mehanizmi, umumiy hajmi 280 m3 ni tashkil etadigan bunkerlar boʻlishi kerak. Bu vaqtda oʻgʻitlarni toʻgʻridan – toʻgʻri xoʻjalikka yetkazib berish mumkin. Lekin, kuzgi-qishki vaqtlarda kelib turadigan katta miqdordagi oʻgʻitlar uchun ham omborhonalar boʻlishi kerak.
Tuproqni kartografiyalash xoʻjalikning oʻgʻitlarga boʻlgan talabini aniqlash uchun kerak boʻladi. Shuning uchun ham organik va mineral oʻgʻitlar qoʻllaniladigan yoqi keng kimyoviy melioratsiyalash oʻtkaziladigan xoʻjaliklarda tuproqni agrokimyoviy oʻrganish ishlari oʻtkazilgan va unga mos keluvchi agrokimyoviy xarita tuzilgan boʻlishi kerak.
Tuproqni agrokimyoviy tekshirishni va xaritagrafiyalashning maqsadi -tuproqdni asosiy oziq elementlar bilan taʼminlanganlik darajasini, qishloq xoʻjalik ekinlari rivojlanishining kimyoviy sharoitini (nordon, ishqoriylik, shoʻrlanganlik) oʻrganish va oʻgʻitlarni toʻgʻri qoʻllash uchun kerak boʻladigan agrokimyoviy xaritalarni tuzish hamda xoʻjalik dalalarida kimyoviy melioratsiya (ohaklash, gipslash, kislotalash, fosfatlash) ishlarini oʻtkazishdir.
Agrokimyoviy xaritalar tuproqni yuqori masshtabli xaritografiyalash materiallari asosida tuziladi. Tuproq xaritografiyasini bajarishda tuproqning umum kimyoviy va agrofizik tavsifi beriladi va uning mehanik tarkibi aniqlanadi.
Agrokimyoviy tadqiqotda xaritaografik asos boʻlib ikkita xujjat xizmat qiladi: tuproq xaritasi va xoʻjalikning yerdan foydalanish rejasi, yuqori masshtabli agrokimyoviy xarita oʻgʻitlarini taqsimlash va qoʻllash ilmiy asoslari uchun muhum xujjatlardan biri boʻlib xizmat qiladi. MDH da tuproqning agrokimyoviy tekshirishni va agrokimyoviy xarita tuzish ishlarini davlat agrokimyoviy xizmati tizimining yagona uslubi boʻyicha zonal agrokimyoviy laboratoriyalar oʻtkazadi.
Tuproqni agrokimyoviy tekshirish asosida xaritadan tashqari agrokimyoviy qissa tuziladi. Unda tuproqni agrokimyoviy tavsifi va oʻgʻitlarni samarali qoʻllash va tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha tavsiyanomalar boʻladi.
Yirik masshtabli agrokimyoviy xaritanomalar oʻgʻitlrdan ilmiy asoslangan holda foydalanish uchun muhim hujjat boʻlib xizmat qiladi.
Agrokimyo xizmati va xaritalar tuzish (yaylov va pichanzorlarda 10-12 yil) ishlari har 4-5 yilda oʻtkazib turish kerak. (lalmikor yerlarda 8-10 yil)
Agrokimyoviy xaritalar masshtabi tuproq xaritasi masshtabiga mos keladi.
-yuqori tuproq tumanlari uchun masshtab 1: 10 000
-oʻrmon dasht zonasiga 1: 10 000 va 1: 25 000
-choʻl zonasiga 1: 25 000
-yeroziyaga uchragan tuproqlarda 1:10 000
-togʻli tumanlarda xaydaladigan yerlarni tekshirish 1:10 000 va 1: 5 000
-dehqonchilik tizimi intensiv boʻlgan xoʻjaliklarda agrokimyoviy va tuproq xaritalari masshtabi 1:5 000 va 1:2 000 ni tashkil qiladi.
-yirik masshtabli 1:50 000 - 1:10 000 detal 1:5 000 - 1:200;
-oʻrta masshtabli 1:300 000 - 1:100 000,
-kichik masshtabli <1:300 000.