Agrokimyo fanidan hisobot


Laboratoriya sharoitida bajariladigan analitik ishlar



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə6/8
tarix19.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#65474
1   2   3   4   5   6   7   8
Agrokimyoviy xaritanomalar

3.2.3.Laboratoriya sharoitida bajariladigan analitik ishlar
4.1. Barcha tuproq namunalari quritilgach, maydalanadi va elakdan oʻtkaziladi. Tuproq namunalari “Yemlix” tipidagi (bir kunda 600-700 ta namuna), IPP-1-2 mexanik maydalagich (bir kunda 200-250 ta namuna) maydalanadi. Agar tuproq maydalovchi va elakdan oʻtkazuvchi mashina boʻlmasa, bu ishlar qoʻlda bajariladi. Bunda tuproq namunalari chinni kosachada chinni yoki yogʻoch toʻqmoqcha bilan maydalanib, teshiklar diametri 1 mm boʻlgan elakda elanadi. Elangan va yaxshilab aralashtirilgan tuproq qogʻoz qutiga solinadi va barcha analizlar tugaguncha saqlanadi.
4.2. Namunalar VTK-500 texnik tarozida oʻlchanadi.
4.3.Tuproqlardagi chirindi mikdorini Tyurin usuli boʻyicha aniqlanadi.
Chirindi miqdorini aniqlashning Tyurin usuli tuproq organik moddasini 1:1 nisbatidagi konsentrlangan sulfat kislota va 0,1 n. kaliy bixromat aralashmasidan iborat kuchli kislotali eritmada kuydirib, ortib qolgan kaliy bixromat eritmasini fenilantranil kislota indikatori ishtirokida Mor tuzi bilan titrlashga asoslangan. Tuproqdagi organik uglerod termostatda 150-160 oS haroratda 20 minut davomida kuydiriladi.
4.4. Tuproqdagi harakatchan fosfor va kaliy miqdori Machigin-Protasov usuli boʻyicha aniqlanadi.
Kabonatli, kashtan va boʻz tuproqlardagi harakatchan fosfor va kaliy mikdori Machigin-Protasov usuli boʻyicha 1% li ammoniy karbonat eritmasida, tuproq bilan eritmaning 1:20 nisbatida aniqlanadi.
Harakatchan fosfor fotoyelektrokalorimetrda, kaliy esa alangalifotometrda aniqlanadi. Toʻgʻri va ishonchli natijalarga erishish uchun, analiz qilinayotgan namunalarning har bir partiyasida ularning 10%i miqdorida takroriy namunalar olinib, aniqlab borilishi kerak.


3.2.4.Agrokimyoviy xaritanoma tuzish
5.1. Agrokimyoviy tekshirishga tayyorgarlik bosqichida erdan foydalanish rejasidan koʻchirilgan xarita nusxalari ikkinchi nusxa asosida umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanoma tuziladi.
Buning uchun analiz natijalari yozilgan jurnaldan chirindi miqdori, harakatchan fosfor va kaliy miqdorlari boʻyicha koʻrsatkichlar quyidagi tartibda yozib chiqiladi: elementar uchastka katakchasining yuqoridagi oʻng tomon burchagiga tuproq namunasining raqami, chap tomonidagisiga esa fosfor boʻyicha analiz natijasi, markaziga harakatchan kaliy mikdori, pastdagi chap tomoniga esa chirindi miqdori yoziladi. (Chizma-2)

R2O5 17

K2O


Gumus
N

Chizma-2. Analiz natijalarini xaritaga koʻchirish tartibi.


5.2. Umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanoma tuzib boʻlingach, alohida oziq elementlari boʻyicha xaritanomalar tuzishga kirishiladi. Buning uchun koʻchirilgan xarita nusxalarining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchilariga chirindi, fosfor va kaliy boʻyicha analiz natijalari yozib chiqiladi.
5.3. Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish uchun barcha tuproqlar oziq elementlar bilan taʼminlanganlik darajasiga koʻra guruhlarga boʻlinadi. Agrokimyoviy xaritanoma tayyorlashda har bir guruh maʼlum rang shkalasi qabul qilinadi.
5.4. Tuproqlar chirindi bilan taʼminlanganlik darajasiga koʻra olti guruhga boʻlinadi: juda kam, kam, oʻrtacha, oshirilgan, yuqori va juda yuqori darajada taʼminlangan. Agrokimyoviy xaritanoma ushbu guruhlar yagona qabul qilingan uslubiyatga koʻra och sariq, sariq, och yashil, yashil, jigar rang
12-Jadval

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin