Agrokimyo fanidan hisobot


Tuproq agrokimyo tekshiruv ishlari



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə3/8
tarix19.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#65474
1   2   3   4   5   6   7   8
Agrokimyoviy xaritanomalar

3.2.1 Tuproq agrokimyo tekshiruv ishlari.
2.1. “Agrokimyo stansiyasi” MCHJ va uning xududiy filiallarida tuproq agrokimyo tekshiruv ishlari rejalashtirilayotgan tumanlar ekin maydonlarining katta-kichik miqdoriga qarab, tayyorgarlik va dala izlanish ishlarini oʻtkazish guruhlari tuziladi.
2.2. Guruhga yetakchi tuproqshunos-agrokimyogar rahbarlik qiladi va unga 4 ta yaʼni, 1-2 toifali tuproqshunos-agrokimyogar, muxandis va texnik biriktirib beriladi.
2.3. Yetakchi tuproqshunos-agrokimyogar, guruh rahbari sifatida tuproq agrokimyo tekshiruv oʻtkaziladigan tumanning tuproq –iqlim sharoitini, sugʻoriladigan yerlari maydoni va holatini, shuningdek, fermer xoʻjaligi va boshqa yerdan foydalanuvchilarning soni, yoʻnalishi, oʻzlashtirilganlik muddatini, yerdan foydalanish tarixini, keyingi yillardagi ekinlarni almashlab ekilishini, shu jumladan oraliq va takroriy ekinlarni ekilishini, tuproqlarini eroziyaga uchraganlik va shoʻrlanganlik darajasini, toshliligini va boshqa maʼlumotlarni jamlaydi, rasmiylashtiradi va ishni tashkil etadi.
Ish jarayonida har bir tuproqshunos-agrokimyogar, muhandis va texniklar uchun ish joyi va tuproq agrokimyo tekshiruv ishlari boʻyicha ish hajmini, dala izlanish tuproq aralash namuna olish ketma-ketligini, dala elementar uchastkalarga boʻlingan holda namunalar olishni oʻrnatilgan tartib boʻyicha nazoratini olib boradi.
2.4. Fermer xoʻjaliklari ekin maydonlari tuproqlarida agrokimyoviy tekshirish oʻtkazish va agrokimyoviy xaritanoma tuzish uchun fermer xoʻjaliklarining ekin maydonlarining chegarasi tushirilgan yerdan foydalanish rejasi boʻlishi kerak. Ana shu reja asosida, tekshirish obyekti (alohida almashib ekish maydonlari boʻyicha haydalma erlar, bogʻlar, oʻtloqlar, yaylovlar va hokazo), bajariladigan ish hajmi va namuna olish tartibi belgilanadi.
Agar fermer xoʻjaliklarining ekin maydonlarida ilgari tuproqlarning yirik masshtabli tekshirish ishlari olib borilgn boʻlsa hamda tuproq xaritasi yoki boshqa materiallar mavjud boʻlsa, ular batafsil oʻrganib chiqiladi. Shuningdek, oʻgʻit qoʻllash va kimyoviy melioratsiya oʻtkazish maʼlumotlari, keyingi 3-4 yil davomida amalga oshirilgan agrotexnika va olingan hosildorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan ham tanishib chiqish kerak.
Xoʻjalikning tuproq tavsifi boʻyicha tarixi, oʻgʻitlarning qoʻllanilishi va shu kabilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Agrokimyoviy tekshirishning dala kundaligi” deb nomlanuvchi maxsus daftarga yoziladi.
Kundalikda quyidagilar qayd qilinadi:
Viloyat, tuman va xoʻjalikning nomi,
Tekshiriladigan maydonning joylashgan oʻrni, uning yoʻllar va relefga nisbatan joylashishi,
Dalaning tuproq qoplami, uning granulometrik tarkibi, toshliligi, eroziyaga uchraganlik darajasi, oʻzlashtirilgan muddati,
Haydalma qatlam qalinligi, unumdorligining tavsifi,
Oʻsimliklarning turlari, yerdan foydalanish tarixi,
Keyingi yillardagi ekinlarni navbatlab ekish,
Oʻgʻit va kimyoviy melioratsiya tadbirlarini qoʻllash.
2.5. “Agrokimyo stansiyasi” MCHJ va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi yergeokadastr davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari uchun tuproq agrokimyoviy xaritanomalarini tuzish maqsadida tumanlar va fermer xoʻjaliklari kesimida ekin maydonlarining 1:10 000 masshtabdagi xaritalarini shartnomalar asosida xarid qilinadi.
2.6. Xarid qilingan xaritalar asosida dala ishlarini bajarish uchun kartografik asos tayyorlanadi. Buning uchun, yerdan foydalanish rejasidan konturlarni ifodalagan holda, bir necha nusxa koʻchirib olinadi. Shulardan bir nusxasi dala ishlarini oʻtkazishda, qolganlari esa oziq elementlarining harakatchan miqdori va chirindi boʻyicha agrokimyoviy xaritanoma tuzishda ishlatiladi.
Shundan soʻng agrokimyogar yerdan foydalanish rejasidan koʻchirilgan nusxa va agrokimyoviy tekshirishning dala kundaligini olib, fermer xoʻjaligi rahbari bilan birgalikda xoʻjalikning tuproq namunasi olinadigan yerlarini koʻzdan kechirib chiqadi, yaʼni rekognossirovik koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda kartografik asosda almashlab ekish maydonlari doirasidagi alohida ekin turlarining chegaralari aniqlanadi, yangi paydo boʻlgan oriyentirlar (qurilishlar, yoʻllar va xokazolar) belgilanadi. Dala kundaligida almashlab ekish dalalari, relyef, dalalarning shudgorlanganligi va eroziyaga uchraganligi, ekilgan ekin turlari, ularning holati va begona oʻtlar bilan ifloslanganlik darajasi toʻgʻrisidagi kuzatish natijalari yoziladi.
2.7. Maydonlar rekognossirovik koʻrikdan oʻtkazilgach, agrokimyoviy tekshirishishlarining rahbari yigʻilgan barcha maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi va shu asosida dala ishlarining kalendar rejasini tuzadi, alohida maydon va almashlab ekish dalalari uchun agrokimyoviy tekshirish oʻtkazish tartibi, relyef, tuproq qatlami va fermer xoʻjaliklari yer sharoitlariga bogʻliq holda alohida maydonlardan olinadigan tuproq namunalarining sonini belgilaydi.
Shundan soʻng, dala ishlarini oʻtkazish uchun kartografik material tayyorlashga kirishiladi. Buning uchun rekognossirovik koʻrik natijalari boʻyicha, ishchi xarita tayyorlanadi. Ishchi xaritadagi agrokimyoviy tekshirish oʻtkaziladigan fermer xoʻjaliklari dalalari elementar uchastkalar deb nomlanuvchi katakchalarga boʻlib chiqiladi. Uchastkalarning shakli imkon qadar toʻgʻri toʻrtburchak yoki kvadrat koʻrinishida boʻlinadi.
Soʻng har bir elementar uchastka tartibli ravishda raqamlab chiqiladi.
Tekshirish ishlarida qulay boʻlishi uchun, hudud boʻyicha barcha fermer xoʻjaliklari va yerdan foydalanuvchilar uchun yagona umumiy raqamlashni qabul qilish kerak. Xaritada raqamni ifodalovchi son elementar uchastkaning oʻng tomondagi yuqori burchgiga yoziladi. Uchastkaning tartib raqamiga keyinchalik shu uchastkadan olinadigan oʻrtacha tuproq namunasining raqami mos kelishi kerak.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin