Agrokimyo kirish


FOSFORLI O’G’ITLARDAN FOYDALANISH



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə46/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

6.7. FOSFORLI O’G’ITLARDAN FOYDALANISH

FOSFORLI O’G’ITLARNI ASOSIY TARZDA SOLINISHI
  1. Superfosfatning uya-uya tarzida solinishi o’simliklarning dastlabki o’sishini tezlashtirish uchun lozim bo’lsa, asosiy tarzda solinadigan o’g’it uzoq vaqt davom etgan vegatatsiya davri davomida oziqlanishdagi fosfor tanqisligini bartaraf etish maqsadida solinadi. Bu tanqislikning yuzaga chiqishi tuproq tarkibidagi tabiiy zaxiralarini o’simlik tomonidan o’zlashtirilmaydigan holatdan o’zlashtiriladigan holatga o’tishida har xil omillarning ta’siri sekin va yetarli bo’lmasligidandir.


  2. Asosiy tarzda solinadigan o’g’itning to’g’ri tashkil etilishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: 1) solish muddati; 2) solish chuqurligi; 3) shakli (eruvchanlik); 4) me’yorva 5) boshqa oziqa moddalari bilan mutanosibligi.


  3. Neytral reaksiyaga yaqin tuproqlar uchun suvda eruvchi fosfat kislota tuzlarini solish muddati uncha ahamiyatga ega bo’lmaydi, chunki ularning ishqorlanishi natijasida yo’qolishi kuzatilmaydi, kimyoviy bog’lanish esa kalsiy difosfat hosil bo’lishi bilan chegaralanadi, bu modda esa o’simliklar tomonidan o’zlashtirilaveradi. Superfosfatni qora tuproqqa ekishgacha 5—7 kun oldin solish o’simliklar (makkajo’xori, suli, tariq, boda) ning hosilini pasaytirmaydi.


  4. Nordon tuproqlarda ikki almashingan kalsiy fosfat qatori aluminiy va temir fosfatlari ham hosil bo’ladi, ularning o’simliklar tomonidan o’zlashtirilish ko’rsatkichi yanada past. Bu narsani e’tiborga olgan holda, o’simlik bo’lmagan vaqtda, superfosfatning nordon tuproqlar bilan uzoq muddatda ta’sirlashuvining oldini olish lozim. Asosiy tarzda solinadigan superfosfatni solishda uni qancha chuqurlik oralig’iga solish ahamiyat kasb etadi, chunki tuproqda fosfat kislota anionlari juda kuchsiz ravishda harakatlanadi.


  5. O’simlikning yoshiga qarab uningo’g’it tarkibidan o’zlashtiradigan fosfor ulushi kamaya boradi. Xususan, bu narsa makkajo’xori o’simligi bilan olib borilgan tajribada isbotlandi. Ekish vaqtida birinchi holatda superfosfatning urug’dan 5 sm chuqurlikka, ikkinchi holatda 5 sm atrofidagi masofaga solindi. O’sishning boshlanish fazalarida o’simlik fosforni butun fosforli o’g’itlardan o’zlashtiradi. Pishish fazasida bu faqat 0,1 qismini tashkil qilib, qolgan 0,9 qismini o’simlik tuproqdan oladi. Ildiz tizimi tuproqning butun hajmini egallagan sharoitida, fosforning tuproqqa solinish chuqurligi o’z ta’sirini ko’rsatadi. Faqat 10 sm va undan ko’proq chuqurlikka solingandagina o’g’it o’simlikning fosforli oziqlanishida muhini ahamiyatga ega bo’lishi aniqlandi.


  6. Dalada tuproqqa solinadigan asosiy fosforli o’g’itning qancha chuqurlikka solinishi, ayniqsa namligi kam bo’lgan zonalarda o’simlik tomonidan foydalanilish darajasiga kuchli ta’sir etadi. O’simlik suvni ham, ozuq moddalarini ham ildiz tuklari orqali qabul qiladi, lekin ildiz tuklari quruq tuproqda rivojlanmaydi va unda o’iadi. Aynan haydalanadigan yerning yuqori qatlami hatto namligi yetarli zonada ham bir necha bor yozda qurib qoladi. Bu davrlarda uncha chuqur bo’lmagan qatlamga solingan fosfatli o’g’it ildiz tomonidan o’zlashtirilmaydi. Superfosfatni ancha chuqurroqqa solishning ahamiyatini K.A. Timiryazov Simbirsk guberniyasida 1867-qurg’oqchilik yilida o’tkazgan tajribasi orqali isbotlagan edi. U qurg’oqchilik yillarida superfosfatning g’allasimon ekinlarining qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishini qayd etadi. Bu narsa keyinchalik ko’p olimlarning ishlari tufayli takror-takror isbotlandi.


  7. Hatto sug’oriladigan sharoitda ham fosfatlar tuproqda juda sekin harakatlanadi: Virjiniya (AQSH) da olib borilgan to’rt yillik kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, changli-qumoq tuproqlarning yer yuzasiga har gektarga 112—224 kg P2O5 hisobida superfosfat berilganda, uning tarkibidagi fosfat-ionlar faqat 5 sm ga harakatlangan. Sug’orilmaydigan sharoitda fosfat kisiotaning kaliyli va kalsiyli tuzlari og’ir tuproqlarda 0,5—1,5 sm ga, yengil tuproqlarda biroz chuqurlikkacha harakatlangan.


  8. Tuproqning uncha chiiqurbo’lmagan qismiga solingan o’g’it uning chuqurroq qismi bilan haydash jarayonida aralashadi, bu holat keying ekiladigan ekinlarga ijobiy ta’sir etadi. Muayyan ekin uchun qo’llaniladigan haydash chuqurligi asosiy tarzda solinadigan fosforli o’g’itning solinish chuqurligini ham belgilaydi. Uning me’yoriy chegarasi tuproqning unumdorligiga, birinchi ekin, undan oldin ekilgan ekin, qo’shilib solinadigan boshqa o’g’itlar miqdoriga bog’liq holda, har gektar yerga P2O5 ga hisoblanganda 30—45 dan 90—120 kg gacha bo’lgan miqdorni tashkil qiladi. Fosforli o’g’itlarning vuqori me’yorlari mevali va texnikaviy ekinlar uchun, ayniqsa unumdorligi kam bo’lgan tuproqlarda, o’rtacha miqdorlar—makkajo’xori, kartoshka, sabzavot va yem-xashak o’simliklari uchun, kam miqdorlar — don g’allasimonlari va don dukkaklilari uchun qo’llaniladi.


  9. Birinchi ekin tomonidan fosforning o’zlashtirilish koeffitsiyenti 5—15% bo’lishi, qulay sharoitlarda esa 25% gacha yetishi isbotlangan. Ancha yuqori o’zlashtirish koeffitsiyenti pichanzor va yaylovlarda kuzatilib uning miqdori 21—40% gacha yetib boradi. O’simliklarning o’g’it tarkibidagi fosforni o’zlashtirish samaradorligini oshirishning yana bir usuli uni zaxira holda tuproqqa solishdir. Fosforli o’g’itlarning samaradorligi uni joy-joyiga (uya-uya qilib) solganda oshadi.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin