Agrokimyo kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə60/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Rux (Zn). Ruxning umumiy miqdori qora tuproqlarda 1 kg tuproqqa nisbatan 24,90 mg, tundra tuproqlarida 55,76 mg ni tashkil etib, uning kam miqdori chim podzol tuproqlarida 20,67 mg ga teng bo’ladi. Rux tanqisligi ko’pincha neytral va kuchsiz ishqoriy karbonat tuproqlarda uchraydi. Nordon tuproqlarda rux ko’proq harakatchan va o’simliklar tomonidan o’zlashtiradigan holatda bo’ladi. Yana rux tanqisligi nordon, kuchli podzollangan, yengil tuproqlarda harn, ruxi kam karbonatli tuproqlarda va yuqori darajadagi chirindili tuproqlarda ham namoyon bo’lishi mumkin. Ruxli o’g’itlarni noqoratuproq zonasining tuproqlarida harakatchan ruxning miqdori har bir kg tuproq hisobiga 0,2—1,0 mg, qora tuproq zonasida 0,3—2,0 mg va Markaziy Osiyoning bo’z va kashtan tuproqlari uchun esa 1,4—1,8 mg dan kam bo’lgan holatlarda qo’llash lozim. O’ita Osiyoning mo’tadil va kuchsiz ishqoriy tuproqlarida ruxning tanqisligi kuzatiladi. Mintaqamiz tuproqlarida rux miqdori 1,4—1,8 mg/kg dan kam bo’lganda ruxli o’g’itlar qo’llashga to’g’ri keladi.


  • Kobalt (Co). Kobalt tutuvchi o’g’itlarni noqora tuproqlarda har bir kg tuproqda 1,0—1,1 mg, qora tuproq zonasida 0,6—2,0, Markaziy Osiyoning bo’z va kashtan tuproqlarida 1,0— 1,5 mg bo’lganda qo’llash yaxshi samara beradi. Bo’z tuproqlar tarkibida kobalt miqdori 1,0 mg/kg dan kam bolsa, kobaltli mikroo’g’itlar qo’llanishi mumkin. Lekin chorva mollari uchun sifatli oziqa yetishtirish maqsadida tuproq tarkibidagi kobalt miqdori 2,0—2,5 mg/kg bo’lganda ham kobaltli mikroo’g’it qo’llash mumkin. Yem-xashak tarkibida kobalt miqdori 0,07 mg/kg dan kam bo’lsa, chorva mollarida akobaltos xastaligi yuzaga keladi.



      1. QISHLOQ XO’JALIGIDA QO’LLANILADIGAN MIKROO’G’ITLAR



    1. Borli o’g’itlar. Borli mikroo’g’itlar har xil tuproqlardagi turli o’simliklar uchun juda zarur o’g’itlardan biri hisoblanadi. Bunda bor birikmalari juda kam miqdorda (1 gektar yerga 1 — 1,5 kg) solinib, ko’pincha juda yaxshi natijalarga erishiladi.
    2. V.R. Vilyams nomidagi yem-xashak instituti xodimlari azot, fosfor, kaliyli o’g’itlar solingan qumoq—ohakli tuproqlarda tajriba o’tkazdilar. Bor birikmalari ishlatilmaganda, 1 gektar yerdan 0,5 sentner beda urug’i olindi. Gektariga 1,5 kg bor birikmasi solingan daladan esa 3 barobar ko’p, ya’ni 1,7 sentnergacha hosil olindi. Xuddi shunday sharoitda 2 marta ziyodroq bor solinganda, gektaridan 0,8 sentner o’rniga 4,7 sentner, ya’ni 6 marta ko’proq beda urug’i olindi.


    3. Ohakli va ohaklangan tuproqlarga borli o’g’itlar juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, zig’ir ekilgan tuproq ohaklanganda ko’pincha u bakterioz kasalligi bilan zararlanadi (ohak tarkibida kalsiy bo’lib u bakteriyalarning rivojlanishini kuchaytiradi). Olimlar o’simlik bor mikroelementiga kuchli muhtoj bo’lganda bakterioz kasalligi sodir bo’lishini aniqladi. Bor bakterioz kasalini qo’zg’atuvchilarga qarshi kurashib, o’simliklarga yordam beradi.


    4. Urug’ hosili 2 martadan ziyodroqqa ko’paydi, tola sifati yaxshilandi. Bundan tashqari, mikroelement qo’llangan uchastkalarda zig’ir erta gulladi va tezroq pishib yetildi. Keyinchalik bunday tajriba ko’pchilik xo’jaliklarga tarqaldi va oldingi yillarga qaraganda zig’ir urug’i va tolasidan yuqori hosil olina boshlandi.


    5. Borning yana bir ajoyib xususiyatlaridan biri tuproqqa oziq elementlar (N:P:K) noto’g’ri nisbatlarda solinsa, bor birikmalari bu tengsizlikni barobarlashtiruvchi sifatida ta’sir etadi. Azotli almashinish tiklanadi. Shu narsa juda muhimki, bor birikmalari va ohak solingan uchastkalarda o’stirilgan zig’irning urug’i birinchi yildagina emas, balki bundan keyingi yillarda ham yuqori hosil berish imkoniyatiga ega bo’ldi. Zig’irdan boshqa ekinlarga ham bu mikroo’g’it ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pgina hollarda qand lavlagisi “o’zak chirishi” kasalligi bilan kasallanib turadi. Bu kasallik boshlanish paytida o’simlikning o’rta qismida joylashgan yosh barglar so’liydi va o’rala boshlaydi, so’ng qorayib qurib qoladi. Natijada barg bandining o’zi qoladi. Ko’pgina hollarda tuproqda o’simliklar oson o’zlashtira oladigan bor birikmasi kamayib ketsa, bu kasallik yuzaga keladi.


    6. Bor yetishmasligi natijasida kartoshka o’simligi ham “parsha” deb nomlangan kasallikka chalinadi. Borli o’g’itlar qo’llanilganda esa bunday kasallik batamom yo’qoladi.


    7. Borli mikroo’g’itlar jumlasiga borat kislota, bor-magniyli o’g’it va borli superfosfatlar kiritiladi (8.4.1 - jadval).






    Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin