Agrokimyo kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə18/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Tuproq eritmasi — tuproqning eng harakatchan va faol qismi bo’lib, unda o’simliklaming oziqlanishi uchun bevosita xizmat qiladigan turli turnan jarayonlar sodir bo’ladi. Tuproq eritmasida HCO3 , OH, Cl , NO3 , H2PO4 kabi anionlar, H+, Na+, K+ NH4+, Ca2+, Mg2+, Al3+, Fe3+ kabi kationlar va suvda eruvchan organik moddalar mavjud. Bulardan tashqari, unda kislorod, karbonat angidrid, ammiak kabi gazlar ham erigan bo’ladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasini ortishi asosan minerallarni nurashiva parchalanishi, mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalarning minerallashishi, mahalliy va mineral o’g’itlarni qo’llash asosida sodir bo’ladi. O’simliklarning oziqlanishi uchun tuproq eritmasida K + , NH4+, Ca2+, NO3 , SO42 ─, H2P4 kabi ionlarning bo’lishi va doimiy ravishda to’ldirilib turilishi muhimdir. Tuproq eritmasidagi tuzlar rniqdori foizning yuzdan bir ulushidan (chimli podzol tuproqlarda) bir necha foizgacha (qora tuproqlarda) o’zgaradi. Odatda, tuproq eritmasidagi tuzlar rniqdori 0,05% atrofida bo’lib, konsentratsiyaning 2% dan oshib ketishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi o’g’it qo’llash, tuproq namligining kamayishi, organik moddalarning minerallashishi natijasida oshadigan bo’lsa, o’simliklarning oziqlanishi, oson eriydigan moddalarning tuproqni quyi qatlamlariga yuvilishi yoki erimaydigan shaklga o’tishi natijasida kamayadi. Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi tuproqning qattiq fazasi, eritmasi va kolloidlari o’rtasidagi almashinish reaksiyalari bilan uzviy bog’liqdir.


  • Tuproqning qattiq fazasi. Tuproqning qattiq fazasi o’simliklar uchun asosiy zaxira moddalarni tutadi. Tuproq qattiq fazasining 90─99% ini mineral moddalar, faqatgina bir necha foizini organik moddalar tashkil qiladi. Organik moddalarning rniqdori juda kam bo’lsada, tuproq unumdorligini belgilashda muhim o’rin tutadi. A. P. Vinogradov ma’lumotiga ko’ra (21─jadval), tuproq qattiq fazasining deyarli yarmini kislorod, uchdan bir qismini kremniy, 10% dan ko’prog’ini aluminiy va temir tashkil qiladi. Atigi 7% ga yaqini boshqa elementlar hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur elementlarning barchasi tuproqning mineral qismida, turli mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Uglerod, vodorod, kislorod, fosfor, oltingugurt tuproqning ham mineral va ham organik qismi tarkibida uchragani holda, azot faqat organik moddalar tarkibiga kiradi.




    Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin