Agrokimyo kirish


Biologik singdirish qobiliyati



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə21/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Biologik singdirish qobiliyati. Singdirishning bu turi o’simlik va tuproq mikroorganizmlarining hayot faoliyati bilan bog’liq. Ular tuproq eritmasidan oziq moddalarini tanlab singdiradi, o’z tanalarida organik birikmalarga aylantiradi va shu yo’l bilan yuvilib ketishdan saqlaydi. O’simlik va mikroorganiznilar nobud bo’lgach, tanasidagi birikmalar asta-sekin minerallashadi va o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tadi. Tuproq tarkibida mikroorganizmlarning miqdori 1 ga maydonning haydalma qatlamida bir necha o’n tonnaga yetadi. Ular tuproq tarkibidagi organik moddalarni oziq va energiya manbayi sifatida parchalab, o’s imliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tkazish bilan bir qatorda tuproqdan ancha miqdorda azot, fosfor, oltingugurt va boshqa moddalarni olib, o’simliklarga nisbatan raqib rolini ham bajaradi. Mikroorganizmlar tomonidan oziq moddalarning biologik singdirilishi jadal kechsa, bu jarayon o’simliklarning oziqlanishiga va o’z navbatida hosiliga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
  • Tuproqqa kiritiladigan o’g’itning ham ma’lum bir qismi tezda mikroorganizmlar tanasiga o’tadi. Azotning barqaror 15N izotopi yordamida olib borilgan kuzatishlar asosida tuproqning biologik singdirishi natijasida o’g’it tarkibidagi nitrat shaklidagi azotning 10—20, ainmiak shakldagi azotning 20—40% i mikroorganizmlar tanasida organik holatda muqimlanib qolishi aniqlangan. Nitrat shaklidagi azot mikroorganizmlar tomonidan ammiak shakldagi azotga nisbatan 1,5— 2,0 marta kam singdirilsada, juda katta amaliy ahamiyatga ega, chunki nitratlar boshqa bironta singdirish yo’li bilan tuproqda saqlab qolinmaydi. O’simliklar va mikroorganizmlar tomonidan nitratlar tez fursatda yuvilib ketadi. Nitratlarning biologik yo’l bilan yutilishi ayniqsa sug’oriladigan dehqonchilik mintaqasining yengil granulometrik tarkibli tuproqlarida muhim ahamiyatga ega.




  • Biologik singdirish jadalligi tuproq aeratsiyasi, namligi va boshqa xossalariga hamda geterotrof mikroorganizmlar uchun oziq va energiya manbayi hisoblanadigan organik moddalarning miqdori va tarkibiga bog’liq. Tuproqqa sellulozaga boy, lekin tarkibida azot kam bo’lgan organik moddalarni kiritish (masalan, somon yoki serto’shama go’ng) mikroorganizmlar sonining keskin oshib ketishiga olib keladi. Ular tuproqdagi mineral holatdagi azot va fosforning bir qismini o’zlashtirib oladi, natijada o’simliklarning oziqlanish sharoiti yomonlashadi va liosil miqdori kamayadi. Shu kabi jarayonlar fosfor, oltingugurt va o’simlik uchun zamr bo’lgan boshqa oziq elementlarida ham kuzatiladi.



  • Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin