Agrokimyo kirish


TUPROQNI GIPSLASH UCHUN MATERIALLAR



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə25/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

4.1.1. TUPROQNI GIPSLASH UCHUN MATERIALLAR
  1. Maydalangan gips gipsni tabiiy zaxiralarini maydalash yo’li bilan olinadi. U oq yoki unsimon massa bo’lib, 71—73% CaSO4 saqlaydi. Suvda 1 litrda 1 gramm eriydi. Unsimon massaning 70—80% 0,25 mm li elakdan o’tgan bo’lishi, qolgani 0,1 mm li elakdan o’tgan bo’lishi kerak. Namligi 8% dan oshmasligi kerak, aks holda quriganda kattakatta kesak va bo’laklar hosil qiladi. Fosfogips-fosforli o’g’itlar (superfosfat, prisepitat, fosfor kislotasi) ishlab chiqarishda qoladigan qoldiq oq yoki kul rang unsimon massa, o’zida 70—75% CaSO4 saqlaydi. Undan tashqari tarkibida 2—3% P2O5 ham bor. Gips va fosfogips quruq xonada saqlanadi.




4.1.2. GIPS QO’LLASHNI ME’YORI, MUDDATI VA USULI
  1. Tuproqqa solinadigan gips miqdori tuproqdagi singdirilgan natriyning ortiqchasini siqib chiqarishga yetishi kerak. Gips me’yori tuproqdagi singdirilgan natriy miqdoriga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi:


CaSO4 (t/ga) = 0,086 (Na-KT) Hd,


bunda H — tozalanishi kerak bo’lgan qatlam (sm);
d — tozalanadigan qatlam tuprog’ining hajm og’irligi;
Na — almashinadigan natriyning umumiy miqdori (mg—ekv 100 g tuproqda);
T — tozalanadigan qatlam tuprog’ining singdirish sig’imi (100 g tuproqda mg—ekv);
K — tuproqda qolishi mumkin bo’lgan almashinadigan natriy miqdori (T ning qismi);

KT — tuproqda qolishi mumkin bo’lgan natriyning miqdori (mg— ekv 100 g tuproqda).


  1. Gipslashda tuproqdagi almashinuvchi natriyning to’liq siqib chiqarilishi talab qilinmaydi.


  2. I.N. Antipov — Karatayevning tadqiqotlariga muvofiq almashinuvchi natriyning tuproq singdirish kompleksida tuproqning xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan miqdori umumiy singdirish sig’imining 10% ni tashkil qiladi.


  3. Singdirilgan natriyning umumiy miqdori bilan tuproq xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan miqdori o’rtasidagi farq kalsiy bilan almashinishi kerak bo’lgan miqdorni tashkil qiladi. 1 g tuproqdagi almashinadigan natriyning o’rnini olish uchun: gramm gips kerak bo’ladi.


1 gektar maydonning 1 sm qalinligidagi tuproqda oshiqcha natriyni siqib chiqarish uchun (1 ga maydonga tonna hisobida):


yoki (qisqartirgandan keyin)
0,86 (Na—KT), melioratsiya qilinmaydigan tuproq qatlamidagi ortiqcha almashinuvchi natriyni chiqarish uchun uning d hajmiy massasiga solinadigan gipsning miqdori ( 1 ga maydonga tonna hisobida) 0,086 (Na—KT) Hd ga teng bo’ladi. Masalan, sho’rtob tuproqning melioratsiyasi uchun gipsning me’yori agar melioratsiya qilinadigan qatlam singdirish sig’imi T = 20d mg/ekv, yutilgan natriyning (Na) miqdori 4 mg/ekv, melioratsiya qilinadigan qatlam N = 20 sm uning hajmiy massasi d = 1,8 bo’lganda, sarhisob qilish natijasida aniqlanadi: 0,086 (4 - 0,1 • 20) 20 • 1,8 = 6,2 t/ga bo’ladi.
  1. Agar tuproqdagi yutilgan natriyning miqdori noma’lum bo’lsa, unda gipsning quyidagi taxminiy me’yori (1 ga maydonga tonna hisobida) kashtan va qo’ng’ir sho’rtob tuproqlarida 1—3 tonna, o’rta va chuqur ustunchali sho’rtob tuproqlarda 3—5 tonna va qatqaloqli xlorid-sulfatli sho’rtoblarda 3—8 tonnadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


  2. Sug’oriladigan maydonlarda me’yorni 25—30% ga kamaytiriladi. Sho’rtob tuproqlar boshqa tuproqlar o’rtasida dog’-dog’ shaklini olgan orolchalar tarzida uchraydi. Agar bu maydonlar umumiy maydonning 30% dan kam miqdorni tashkil qilsa, gipsni faqat dog’larga solinadi va agar sho’rtob maydonlar 30% ziyod maydonni egallasa va sho’rtob tuproqlar bilan o’ralgan bo’lsa, butun maydon gipslanadi, lekin maydon oralari uchun har xil me’yor belgilanadi.


  3. Gipsni melioratsiyalovchi ta’siri uning tuproq bilan aralashib ketish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun gipsni shudgor paytida chuqur haydash va uning tuproq qatlami bilan yaxshi aralashuvini ta’minlashni e’tiborga olib amalga oshiriladi. Mayda qatqaloqli sho’rtob maydonlarga jami gipsni haydagandan keyin va kultivator yordamida solinsa, sho’rtob gorizonti 7—20 sm da joylashgan o’rta va chuqur ustunchali sho’rxok maydonlarga gipsni ikki marta — me’yorni bir qismini haydashdan oldin, qolgan qismini esa haydagandan so’ng kultivator yordamida solinadi. Haydash jarayonida sho’rtob gorizont yuza qismga tomon qancha ko’p ag’darilsa, haydalgandan keyin shuncha ko’p miqdorda gips solinadi. Chuqur ustunchali sho’rtob gorizonti 20 sm dan ziyodda joylashgan maydonlarga gipsni butun me’yorini haydashdan oldin solib, so’ng shudgor qilinadi.


  4. Sho’rtob tuproqlarning melioratsiyasi uchun gips bilan bir qatorda boshqa uslublardan ham foydalaniladi. Ba’zi sho’rtob tuproqlarda sho’rtob gorizontning 30—45 sm chuqurligida gipsga boy qatlamlar ham uchraydi. Bunday hollarda sho’rtob tuproqlarda shudgorni maxsus plug (omoch) lar yordamida chuqur (35—50 sm) haydaladi va bunda gips qatlami ag’darilib (to’liq yoki qisman), sho’rtob gorizont bilan aralashadi. Hosil bo’lgan Na2SO4 sug’orish yo’li bilan chiqanb yuboriladi. Cho’lning kashtan zonasining o’rta va chuqur ustunchali sho’rxoklarini melioratsiya qilish uchun, sho’rtob gorizont osti qismida joylashgan kalsiy karbonatdan foydalanish tavsiya qilinadi. Lekin CaCO3 CaSO4 ga nisbatan suvda ancha yomon eriydi. Uning eruvchanligi va melioratsiya qiluvchi ta’siri tuproq eritmasi tarkibida karbonat angidrid miqdorining ortishi, ya’ni bu jarayonga tuproq mikroorganizmlarini faollashuvi va o’simlik ildizlaridan CO2 ning ajralishi bilan bog’liq bo’lgan ta’sir tufayli kuchayadi. Kalsiy karbonat karbonat angidrid ta’sirida eruvchan kalsiy bikarbonatga aylanadi va kalsiy sho’rtob tuproqdagi yutilgan natriyni siqib chiqaradi. Kalsiy karbonatning meliorativ ta’sirini kuchaytirish uchun agrouslublar majmuasidan kompleks foydalanish lozim. Bunga tuproqqa chuqur ishlov berish (35—40 sm gacha chuqur qilib haydash), tuproqda namlik zaxirasini ko’paytirishga qaratilgan tadbirlarni ko’rish, organik va mineral o’g’itlardan foydalanish hamda yo’ng’ichqa va boshqa qurg’oqchilikka chidamli o’simliklarni yoqib tuproqdagi organik moddalarni ko’paytirib va mikrobiologik faollikni oshirish kabilar kiradi.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin