Agrokimyo kirish


TUPROQ TOMONIDAN YUTILADIGAN ALMASHINUVCHI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə40/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

6.3. TUPROQ TOMONIDAN YUTILADIGAN ALMASHINUVCHI

FOSFAT KISLOTA ANIONLARI
  1. Shunday qilib, tuproqlarda fosfat anionlarining almashinuvli yutilishining mavjudligiga shubha yo’q. Bu narsa o’simliklarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ladi, chunki o’stiriladigan ekinlar uchun o’zining o’zlashtirilish darajasi jihatidan tajribalar ko’rsatishi bo’yicha adsorbsiyalangan fosfat kislota ionlari, suvda erigan fosfat miqdoriga yaqinlashadi. Lekin suvda eriydigan fosfatlarning tuproqdagi miqdori juda kam va tuproq tomonidan adsorbsiyalangan fosfat anionlarining o’simlik oziqlanishi uchun yutilishi bo’lmagan sharoitda, ularning yaxshi o’sishi va yuqori hosil yetishtirishi uchun yetarli bo’lmas edi. Shuni qayd etish joizki, bikarbonat va organic kislotalar anionlari tuproqning qattiq fazasi tomonidan yutilgan fosfat anionlarini eritmaga oson siqib chiqaradi. O’simliklarning tuproq tomonidan adsorbsiyalangan fosfat-ionlar hisobiga oziqlanishi gumon tug’dirmaydi, chunki doirniy ravishda ildizlar tomonidan (nafas olish tufayli), karbonat angidrid chiqarib turiladi, u suvda erish natijasida H+ va HCO3ionlarga dissotsiyalanadigan karbonat kislota hosil qiladi va tuproq kolloidlari orqali H2PO4 bilan almashinadi Bundan tashqari, o’simliklarga organik kislotalar (olma, limon va h.k.) ning ekzoosmosi ham xosdir. Tuproqning o’zida eruvchi gumus moddalarini topish mumkin, ularning tarkibiga gumin va boshqa kislotalar kirib, ular tuproq tomonidan fosfatlarni eritmaga siqib chiqarish orqali yutilishi ham mumkin organik kislotalar tuproqda mikroorganizmlar faoliyati tufayli ildiz va o’simlikning turlicha qoldiqlarini va solingan organik o’g’itlarning parchalanishi tufayli ham hosil bolishi mumkin. Demak, tuproqda fosfatlarning desorbsiyasini ta’minlovchi agentlar bo’yicha tanqislik yo’q, bu narsa ularning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishiga yaxshi zamin bo’ladi. Lekin almashinuvchi adsorbsiyalangan fosfat ionlar tuproqda astasekin kimyoviy cho’kma holatiga o’tganligi uchun fosforli o’g’itlar tuproqqa solinganda ularni o’simlik tomonidan iloji boricha o’zlashtirila oladigan (suvda eriydigan almashinuvchi adsorbsiya) holatida davo’lli ravishda bo’lishini ta’minlashni hisobga olgan holda qo’llash lozim.


  2. Ma’lumki, qishloq xo’jalik ekinlari o’sishning dastlabki bosqichlarida fosfatlarni keyingi bosqichdagiga nisbatan jadalroq yutadi. O’simliklar bu moddaning zaxirasini yuzaga keltirib, keyinchalik uni organik moddalarni (konstitutsion va zaxira) sintezlashda kerak bo’ladigan fosfat miqdoriga bo’lgan talabni qoplashga bog’liq holda organlar o’rtasida taqsimlaydi.




  3. Arpa bilan o’tkazilgan fiziologik tajribalar shuni isbotladiki, o’simlikning 5 haftalik me’yorl o’sishidan keyin, hatto fosforning oziqa tarkibidan umuman chiqarib tashlansa ham hosilning miqdori va donning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Donning shakllanishida talab qilinadigan fosfor miqdori vegetativ organlardan reproduktiv organlarga ko’chishi tufayli qoplangan. Xuddi shunday natija bahorgi bug’doyda ham kuzatilgan bo’lib, boshoq hosil bo’la boshlaganda fosfor oziqasidan mahrum qilish o’simlikka ziyon yetkazmagan, ammo ildiz tizimi hali nimjon, o’zlashtirish qobiliyati past sharoitda fosforli oziqlanishga nisbatan o’simlik juda sezgir bo’ladi. Timiryazev nomidagi qishloq xo’jalik akademiyasining agrokimyo laboratoriyasi xodimlari tomonidan shu narsa aniqlandiki, agar bug’doy dastlab fosforsiz sharoitda o’stirilsa, keyinchalik (to’planishdan keyin) fosfor bilan oziqlantirilsa (me’yorl fosforli oziqlangan o’simlikka nisbatan) donning miqdori kamayibgina qolmay, balki undagi oqsilning miqdori keskin kamayadi, somon va don tarkibida anorganik fosfor (foydalanilmay qolgan) ning miqdori esa oshib ketadi. Fosfatlarning yetishmasligi karbonsuvlardan organik kislotalarning hosil bo’lishini to’xtatib qo’yadi, bu narsa esa ildiz orqali kirib keladigan ammiakli azotning bogianishini to’sib qo’yadi. Demak, fosfor tanqisligi o’simlik tomonidan azot va boshqa oziqa elementlarin o’zlashtirilishini susaytiradi. Rivojlanishning dastlabki bosqichidagi fosfor tanqisligi shunday nomutanosiblikka olib keladiki, uning asoratini keyinchalik fosforli oziqlanishni to’liq ta’minlab ham yo’qotib bo’lmaydi. Bunga qo’shimcha, ekinlar o’z rivojlanishini dastlabki bosqichidagi fosforning yetishmasligi asoratini, keyinchalik bu element bilan oziqlanishni kuchayishiga salbiy ta’siri bilan javob beradi, bu narsa O’zbekistonda g’o’za o’simligi bilan o’tkazilgan tajribalarda to’liq isbotlangan. Hatto yirik urug’li ekinlar (makkajo’xori, g’o’za) ham unib chiqqandan so’ng ancha tez fosfor zaxiratarini o’zlashtirib qo’yadi va agar ekinning ekilishidan oldin uni oson o’zlashtiriladigan shaklidagi o’g’it bilan o’g’itlanmagan b o’lsa, bu paytda tuproq va fosfat kislotaning faqat suvda erimaydigan tuzlari qolganiigi tufayli maysalar o’sishini susaytirishi yoki hatto fosfat tanqisligining tashqi belgilarini namoyon qilishi mumkin. G’o’za o’zining urug’i (chigit) tarkibidagi fosfor zaxiralarini, o’sishning dastlabki 10—20 kunidayoq, makkajo’xori esa dastlabki ikki hafta ichidayoq sarflab qo’yadi. Xuddi shu vaqtda ular ba’zan tuproqda o’zlashtiriladigan fosfatning zaxiralari bo’lishiga qaramay fosfat tanqisligi alomatlarini namoyon qiladi. Urug’ turgan joyga yaqin masofada tuproqqa o’g’it sifatida ekishdan oldin solingan oson o’zlashtiriladigan nordon fosfat tuzlari bo’lgan taqdirdagina fosfat tanqisligi simpto’llari unchalik ham sezilmaydi. Odatda, shunday maqsadni ko’zlab makkajo’xori uchun biroz miqdorda granullangan superfosfat makkajo’xoriga 1 ga ga 7,5—10 kg, g’allasimonlarga — 15 kg, kartoshkaga — 20 kg solinadi. Fosforning makkajo’xori o’simligi tarkibidagi miqdori 0,3 — 0,35 % ni tashkil qiladi, agar bu miqdor 0,20 % ga tushib qolsa, unda burglar kul rangga kiradi va o’sishi susayadi shu bilan birga fosfatli tanqislikning yuzaga chiqishiga sabab bo’ladi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida esa makkajo’xorining pishib yetilishining susayishiga olib keladi.




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin