Agrokimyo kirish


FOSFORLI O’G’LTLARNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə43/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

6.5. FOSFORLI O’G’LTLARNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI
Bir almashingan fosfatlar
(Suvda eriydigan fosfatlar)

  1. Donadorlangan superfosfatning bahosi kukunsimondan baland va donador o’g’itning ta’siri kukunsimonga qaraganda, ayniqsa ekish vaqtida urug’, ko’chat va tuganakka yaqin solinganda ancha yaxshi samara beradi.


  2. Donador superfosfatni eng yaxshi xomashyodan tayyorlanadi, u kam miqdorda namlikka ega (1—4%) va o’zlashtiriladigan P2O5 ning miqdorini ko’pligi — 19,5—22,0%, nordonligi, namligi—1—2,5 % (kukunsimonda 5—5,5% o’rniga) va eng yaxshi fizik xossalari bilan ajralib turadi, bu kabi xususiyatlari o’g’itning yaxshi sepiluvchanligini ta’minlaydi.


  3. Donador superfosfatni urug’, kartoshka tuganaklari va ko’chatlarning ildizi atrofiga solish yaxshi samara beradi. Bir sentner donador superfosfat 3 sentner kukunsimon superfosfatning o’rnini bosadi.




  4. Konsentrlangan superfosfat (ikkilamchi va uchlamchi). Oddiy superfosfat tarkibida 40% kalsiy sulfatning bo’lishi uning transportga sarflashi xarajatlarini oshirib yuboradi. Gipsni hamma tuproqlar uchun ballast (oshiqcha) deb tushinish to’g’ri emas. Gips ta’sirida yaxshilanadigan sho’rxak tuproqlar, chimpodzol va ayniqsa sulfatlari hamda umuman oltingugurti kam bo’lgan hamma tuproqlar uchun, sulfat-ionlarga ega bo’lgan o’g’itlar, nisbatan samarali hisoblanadi. Ba’zi ekinlar masalan, ko’p miqdorda oltingugurt o’zlashtiradigan dukkaklilar va butguldoshlar uchun superfosfat tarkibidagi gips juda foydali. Lekin boshqa xil ko’p tuproqlar va ekinlar uchun gips deyarli foydasizdir. Shuning uchun superfosfat ishlab chiqarishda hamisha gipsdan qutilishga harakat qilinadi. Oldin fosfat kislota olish uchun fosforitga sulfat (past konsentratsiyali bo’lsa ham bo’ladi) kislota bilan ishlov beriladi (bu to’g’rida oldinroq to’xtalib o’tilgan edi). Keyin filtrlash yo’li bilan H3PO4 ni gipsdan ajratib olinib, u bilan yuqori foizli fosfat xomashyoga ishlov beriladi: shu yoi bilan konsentrlangan superfosfat, ya’ni xomashyoda mavjud bo’lgan bir oz chiqindili kalsiy monofosfat olinadi.
  5. Oddiy va konsentrlangan superfosfatlar fosfor miqdorini ekvivalent holida olganda hosilga deyarli bir xil ta’sir qiladi. Shuning uchun konsentrlangan superfosfat afzalligi uni idishlarga solish, tashish, saqlash va tuproqqa solishda namoyon bo’ladi. Lokal ravishda (uya-uyacha) solib o’g’itlashda konsentrlangan superfosfatning donador shakldagisini qo’llash lozim.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin