Agrokimyo kirish


YARIM ERIYDIGAN FOSFATLAR



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə44/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

6.6. YARIM ERIYDIGAN FOSFATLAR
(Ikki almashingan fosfatlar)



  1. Presipitat. Superfosfatni lokal (uya-uyacha) ham asosiy o’g’it sifatida ham, zaruriy bo’lganda hatto oziqlantirish uchun ham (tuproqqa chuqur qilib solish) ishlatiladi. Presipitat esa asosiy o’g’itlar sifatida dalaning yuza qismiga tekis sochish va kerakli chuqurlikka kultivator yordamida kiritiladi. O’simlik asosiy o’g’itning fosforidan kuchli ildiz tizimini hosil qilib olgandan keyingina oziqlana boshlaydi. Lokal (uya-uyacha) solinadigan o’g’it ildiz tizimi uncha taraqqiv etmagan yosh maysalarning oziqlanishi uchun xizmat qiladi. Peresipitat ko’p xil tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatilganda superfosfat kabi samarali bo’ladi. Nordon tuproqlarda u hosilga ta’siri jihatidan hatto superfosfatdan ham yuqor samara beradi, chunki nordon tuproqlarda superfosfat retrogradatsiyaga duch keladi va presipitatga nisbatan uning ko’proq miqdori polutor oksidlarning fosfatlariga aylanadi. P2O5 ning presipitatdagi miqdori dastlabki xomashyoning sifatiga bog’liq holda 25—27 dan 30—35% gacha bo’ladi. U ammoniyning limon kislotali tuzida eriydi va o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Uni superfosfatni yerga solish me’yori qancha bo’lsa, shuncha miqdorda solinadi. Presipitat yaxshi fizik xossalarga ega, yopishib qolmaydi yaxshi sochiladi. Tashqi ko’rinishidan oq yoki och kulrang kukun.


  2. Ftorsizlantirilgan fosfat. Apatitga ishlov berganda olingan o’g’it tarkibida 30—32% P2O5 bo’ladi, fosforitni qizdirilganda esa 20—22%. Bu fosfatlarning 70—92% qismi 2% li limon kislotasida eriydi. P2O5 ning miqdorini bir xil qilib hisoblab olganda superfosfat va ftorsizlantirilgan fosfat asosiy o’g’it sifatida solinganda bir xil samara berishi aniqlangan. Ftorsizlantirilgan fosfat oziqa tarkibidagi P2O5 ning miqdori yetarli bo’lmay qolganda hayvonlarning mineral oziqasiga qo’shib beriladi.


  3. Tomasshlak. Aniqlanishicha, bu o’g’itlardan foydalanish mikroo’g’itlarga bo’lgan talabni ancha kamaytiradi. Tomosshlakning andozaviy tarkibga ega emasligining sabablaridan biri undagi limon kislotada eruvchi P2O5 ning miqdori 7—8 dan 16—20% gacha bo’lishidir. Tomasshlak- to’q rangli og’ir kukun, undan faqat asosiy o’g’it sifatida foydalanish muinkin. Nordon tuproqlarda yaxshi ta’sir etadi, chunki ishqoriy reaksiyaga ega. Tomasshlak, fosfatshlak, ftorsizlantirilgan fosfatlarda P2O5 , miqdori 2% limon kislotada eritib aniqlanadi. Fosfatning bu shakldagisini limon kislotada eruvchi fosfat deb yuritiladi. Eritmaga kalsiy mono-di-tetrafosfatlar, shuningdek tomasshlak tarkibiga kiruvchi silikofosfatlar, fosfatshlak va boshqa termofosfatlar

(CaP2 ∙ SiO2 yoki Ca4P2O4 ∙ CaSiO3) o’tadi.





  1. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin