Ammiakli selitraning tuproq bilan o’zaro ta’siri. Oson eruvchan ammiakli selitra tuproq namligi ta’sirida to la eriydi. D.N. Pryanishnikov laboratoriyasida o’simliklar tomonidan ammiakli selitra eritmasidan nitrat (NO3) anioniga qaraganda ammoniy (NH4) kationini tezroq o’zlashtirishi aniqlangan, shu sababli u fiziologik jihatdan nordon o’g’it hisoblanadi. Lekin uning fiziologik nordonligi boshqa o’g’itlarga nisbatan ancha kuchsiz. Ammiakli selitra tuproqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashganda, NH4 kationi tuproq kalloidlariga yutiladi, NO3 anioni esa tuproq eritmasida qolib, o’z harakatchanligini saqlaydi. Serkarbonat (bo’z va qora) tuproqlar eritmasida mo’tadil tuzlar (kalsiy va magniy nitratlar hosil bo’ladi va o’g’it yuqori me’yorda kiritilganda ham tuproq eritmasi nordonlashmaydi. Bunday tuproqlar uchun ammiakli selitra eng yaxshi azotli o’g’itlardan biri hisoblanadi. Tarkibida H+ ionlari mavjud nordon tuproqlar (masalan, chimli podzol tuproq) eritmasida esa HNO3 hosil bo’ladi, natijada ularning nordonligi yanada ortadi; Nordonlikning ortishi vaqtinchalik mavqega ega, lekin tuproqqa muttasil ravishda yuqori me’yorda ammiakli selitra kiritilsa, nordonlik oshib boradi va o’g’itning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi.
Nishonlangan ato’llar usuli asosida azotli o’g’itlar tarkibidagi azotning 40—50% i o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi aniqlangan. Nitratlar o’g’itlar tarkibidagi azotning 10—20% i, ammiakli o’g’itlar tarkibidagi azotning 20—40% i organik holatga o’tishi va mos ravishda 20—30 va 15—20% i tuproqdan gazsimon holatda yo’qolishi aniqlangan.
Ammiakli selitraning samaradorligini oshirish yo’llari va qo’llash usullari. Ammiakli selitra keng qo’llaniladigan azotli o’g’itlardan biri hisoblanadi. U, ayniqsa, mo’tadil muhitli serkarbonat tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. D.N. Pryanishnikov o’g’itlar samaradorligini oshirish uchun birinchidan, berilgan o’g’it tarkibidagi oziq elementlaridan foydalanish koeffitsenti yuqori bo’lishiga erishish, ikkinchidan, o’g’itlarni o’simlik uchun eng zarur davrlarda qo’llanilishi lozimligini ta’kidlagan edi.
Ammiakli selitra tarkibidagi azotning bir qismi serharakat (NO3) va bir qismi kam harakat (NH4) shaklda bo’lgani bois uni keng miqyosda, tabaqalashtirilgan holda o’g’itlashning barcha muddatlarida qo’llash mumkin.
Nam iqlimli sharoitlarda, ayniqsa, yengil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda uni kuzda, asosiy o’g’itlashda qo’llash yaxshi natija bermaydi, chunki bunda nitrat shaklidagi azot yuvilib ketadi.
Ammiakli selitrani kam dozalarda (10—15 kg/ga) qand lavlagi va g’alla ekinlari qator oralig’iga, kartoshka va sabzavot ekinlarining uyalariga qo’shimcha beriladi. Paxtachilikda hozirgi kunda ham ammiakli selitraning oldiga tushadigan azotli o lg’it yo’q.
Dostları ilə paylaş: |