Analitik seleksiya
|
-
|
|
Tanlash uchun tabiiy populyasiyalardan dastlabki material sifatida foydalanib, ularni liniyalarga ajratib o‘rganishga asoslangan seleksiya
| | |
Aneuploidlar
|
-
|
bir yoki bir necha gomologik xromosomalari kamaygan yoki ko‘paygan organizmlar
|
ATF
|
-
|
Adinozintrifosfat kislota-hujayrada kechadigan barcha jarayonlar uchun umumiy energiya manbai
|
Arxespora
|
-
|
Gulli o‘simlikda meyoz paytida chang donachalari yoki murtak xaltasini hosil qiluvchi tana hujayralari
|
Autbriding
|
-
|
bir-biriga irsiy jihatdan yaqin qarindosh bo‘lmagan organizmlarni chatishtirish
|
Autosomalar
|
-
|
Jinsiy bo‘lmagan (oddiy) xromosomalar
|
Aprobasiya
|
-
|
(nav nazorati)-urug‘lik uchun ekilgan paykallardan olinadigan hosilning urug‘likka yaroqliligini belgilash (nav tozaligini aniqlash)
|
Biotexnologiya
|
-
|
Tirik hujayrada kechadigan jarayonlardan va shu hujayraning genetik tarkibidan foydalanishga asoslangan mahsulot etishtirish usullarining yig‘indisi
|
Biotip
|
-
|
O‘simlik turining tashqi ko‘rinishi bilan farqlanmaydigan, lekin biologik va fiziologik xususiyatlari boshqacha va o‘zgarmas bo‘lgan guruhi
|
| |